O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 230 Kb.
bet2/74
Sana25.04.2020
Hajmi230 Kb.
#46955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
SITOLOGIYA

So'z boshi

“Ta'lim to'g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g’risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, Oliy ta'limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta'lim mutaxassisi talablariga, o'zi tanlagan yo'nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o'z hissasini qo'shadigan, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.Oliy ta'lim- ning asosiy vazifalaridan biri davlat ta'lim standartiga muvofiq zamonaviy dasturlar asosida tuzilgan davlat tilida yozilgan zamonaviy o'quv adabiyotlarini yaratishdir.

Shunga ko'ra mazkur uslubiy qo'llanma ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va Kadrlar tayyorlash Milliy modelini shakllantirish maqsadlariga xizmat qiladi deb hisoblaymiz. O'quv qo'llanma M. Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetida “Sitologiya” kursi bo'yicha ko'p yillar mobaynida turli ta'lim yo'nalishlari uchun o'qib kelinayotgan ma'ruzalar asosida yozilgan bo'lib o'z ichiga namunaviy o'quv dasturdagi mavzularni qamrab olgan.

Oxirgi 50 yil mobaynida biologiya fanining molekulyar biologiya, molekulyar genetika, hujayra va gen injeneriyasi kabi bo'limlari sohasida erishilgan yutuqlar xozirgi kunda amaliyotda va sanoatda tadbiq etilmoqda. Bu sohada izlanish ishlarining ortib borishi, hujayra biologiyasini o'rganishda yangi uslublarni yaratish, uni molekulyar va genetik nuqtai nazardan o'rganishni taqozo etmoqda.

«Sitologiya» kursi talabalarga hujayra haqidagi bilimlarini shakllantirishi va amaliy faoliyatga yo'naltirishga xizmat qilishi lozim.

Mazkur qo'llanmada turli hujayra komponentlariga alohida tuzilmalar ko'rinishida emas, balki butun bir tizim sifatida qarab, bu esa o'z navbatida ularni bir-biridan ajratmagan holda, tiriklikning yagona elementar birligi – hujayrada o'rganishga yordam beradi

Mazkur kursning muhim xususiyati shundaki, u talabalarga kelib chiqishi jihatidan turlicha bo'lgan hujayralarning tuzilishi haqida bilim beradi: bakteriya, hayvon, o'simlik. Bu juda muhimdir, chunki bo'lajak zoologlar, botaniklar, mikrobiologlar, virusologlar, biokimyo-garlar va biofiziklar hujayraning tuzilishini bilibgina qolmasdan, balki kelib chiqishi turli bo’lishiga qaramasdan hamma hujayralar uchun umumiy bo'lgan qonuniyatlarni bilmoqlari zarur. Shuning uchun keltirilgan mavzularda doimiy ravishda prokariot va eukariot hujayralar o'zaro taqqoslanadi.

Uslubiy qo'llanma bakalavrlar uchun mo'ljallangan. Lekin undan nafaqat bakalavr talabalari, balki o'z bilim va ko'nikmalarini oshiruvchi magistr, stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.

Mualliflar tomonidan yaratilgan mazkur qo'llanma “Sitologiya” fanidan asosiy nazariy bilimlarni olish uchun ilmiy manbaa bo'lib xizmat qiladi va o'zbek tilida ta'lim olayotgan talabalarga bilim olish samaradorligi va talabaning fanga bo'lgan qiziqishi ortishiga yordam beradi. Darsda talabalarni faollashtirish maqsadida turli topshiriqlarni qo'llagan holda har bir mavzu oxirida darsni o'zlashtirishga oid savollar keltirilgan bo'lib bu nafaqat mavzuni o'zlashtirishga, balki talabalarni mustaqil fikrlash, o'z ustida ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Ushbu qo'llanmaning yozilishida o'zlarining qimmatli fikrlarini bildirgan akademik J.A.Musayevga, O'zRFA Genetika va O'EB instituti biologiya fanlari doktori, professor S.M.Rizayevaga, M.Ulug’bek nomidagi biologiya-tuproqshunoslik fakulteti zoologiya va ixtiologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi S.A. Sodiqovaga samimiy minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.




Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish