Tayanch so’z va iboralar.
Sug’urta xuquqi.
Sug’urta marketingi.
Fuqarolik kodeksi.
Davlat sug’urta nazorati.
Sug’urta faoliyati xaqidagi qonun.
Asosiy adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Toshkent, 1992 y
O’zbekiston Respublikasining qonuni «Sug’urta faoliyati xaqida» Toshkent 2002 y,
Karimov I.A. «O’zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo’lida» T.: «O’zbekiston» 1995 y.
Karimov I.A.«O’zbekiston buyuk kelajak sari» T.: «O’zbekiston» 1998 y.
Karimov I.A. «O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li» T.: «O’zbekiston» 1998 y.
16. Karimov I.A. «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» T.:
«O’zbekiston» 1998 y.
Straxovoy marketing M.Ankel M.2000.
Organizatsiya straxovogo dela. A.B.Krutik 2000.
Qo’shimcha adabiyotlar
Sobirov X.R. «Xitoyda sug’urta» (Iqtisod va xisobot, 3, 1996)
Sobirov X.R. «Axmoniylar davrida solik isloxoti» «O’zbekiston soliqlari xabarnomasi» 1997 y.
Pulov K.I. «Straxovoe delo v Rossii» M-Edma 1999 g.
Kolomina E.V. V.V.SHaxova «Slovar’ straxovux terminov» M-«Finansu i statistika» 1998 g.
Reytmana L.I. «Straxovoe delo» M-«Finansu i statistika» 1998 g.
SHaxov V.V. «Vvedenie v straxovanie» M-Finansu i statistika» 1999
Straxovanie: ot A do YA (kniga dlya straxovateley). M-«Infra-M», 1996 g.
Juravlev YU.M. Sekerj I.K. «Straxovanie i perestraxovanie» (teoriya i praktika). M-«Anqil» 1996 g.
Zubets A.N. Straxovoy marketing Rassii, M.:2000.
6-Mavzu: Respublika sug’urta tashkilotlarini boshqarish Reja:
«O’zagrosug’urta» davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi.
«Kafolat» davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi
«Madad» sug’urta agentligi.
«O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi.
Respublika xususiy sug’urta kompaniyalari.
«O’zagrosug’urta» davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi
«O’zagrosug’urta» davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi ochiq turdagi jamiyati shaklida, yuridik shaxs sifatida tashqil qilinib, o’zining mustaqil balansi, xisob va valyuta raqamlariga ega.
Kompaniya faoliyatining asosiy yo’nalishlari-qishloq xo’jaligi soxasida tovar ishlab chiqaruvchilarning mulk va maxsulotlarini sug’urta yo’li bilan ximoya etish, banklardan olingan kreditlarni qaytarishga sug’urta kafolatlari taqdim etish, qishloq xo’jalik maxsulotlarini etishtirish uchun beriladigan avans mablag’larini
qaytarishni sug’urtaviy kafolatlash, yuridik va jismoniy shaxslarga xar tomonlama sug’urta xizmatlarini ko’rsatishdan iboratdir.
Sug’urta kompaniyasining vazifalari quyidagilardan iborat:
- sug’urtaning majburiy va ixtiyoriy turlarini amalga oshirish, sug’urtalanuvchilarning manfaatlarini to’laroq qondira oladigan sug’urtaning yangi turlarini ishlab chiqish va xayotga tadbiq qilish;
ogoxlantirish funktsiyasini bajarish asosida, sug’urta ob`ektlarini zararlanish va nobud bo’lishdan asrash tadbirlarini amalga oshirish;
o’z mablag’larini investitsiya va tijorat faoliyatini muxim tarmoqlarga joylashtirish asosida, shu bilan birga kredit berish asosida o’ziga tegishli fondlarni to’ldirib borish;
o’z faoliyatini amalga oshirishda Respublika Vazirliklari, idoralari va boshqa davlatlar sug’urta tashkilotlari bilan xamkorlikda ish olib borish;
sug’urtaning axborot funktsiyasi asosida reklama va maslaxat xizmatlarini ko’rsatish.
«O’zagrosug’urta» DASK tomonidan amalga oshiriladigan sug’urtaning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
qishloq xo’jaligi korxonalari va qishloq axolisini majburiy sug’urta qilish;
tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar qaytarilishi uchun qishloq xo’jaligi korxonalarining javobgarligini sug’urta qilish;
qishloq xo’jaligi maxsulotlarini etishtirish bo’yicha avans tarikasida beriladigan va fyuchers kontraktlari bo’yicha mablag’lar ko’tarilishini sug’urta qilish;
qishloq joylarida yashovchi fuqarolarga tegishli mol-mulkni sug’urta qilish;
qishloq joylarida garovga, qarzga qo’yilgan mol-mulkni sug’urta qilish;
qishloq joylarida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish.
Kompaniyada qishloq xo’jalik korxonalarini ixtiyoriy sug’urtalash turlari quyidagilardan iborat:
qishloq xo’jalik ekinlari xosilini sug’urta qilish;
qishloq xo’jaligi ekinlarini qayta va yoppasiga ekishni sug’urta qilish;
chorva mollarini sug’urta qilish;
asosiy vositalarni sug’urta qilish;
tabiiy pichanzorlar, yaylovlar xosilini va tut daraxtlari barglarini sug’urta qilish;
pillani sug’urta qilish;
bog’lar va uzumzorlar xosilini sug’urta qilish;
korxonalar, dexkon, fermer va ijara xo’jaliklarining mol-mulkini sug’urta qilish;
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan jo’natiladigan yuklarni sug’urta qilish.
Kompaniyaning ustav fondi 200 mln so’m miqdorida bqlib, ta`sislik badallari xisobidan tashqil topadi. Kompaniyada naqd pulsiz shakllaridagi oddiy va egasi yozilmagan aktsiyalar chiqariladi, u cheklanmagan miqdorda sug’urta fondlari tashqil qilish xuquqiga ega. Ustav fondining 25 foiz miqdorini zaxiraviy fondlar tashqil qiladi. U kompaniya daromadlari xisobidan tashqil qilinadi. Kompaniya o’z faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa fondlar xam tashqil qilishi mumkin.
«O’zagrosug’urta» aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasining ijro tuzilmasini quyidagi chizmadan ko’rish mumkin.
№
|
«O’zagrosug’urta» davlat aktsiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi tuzilmasi
|
1.
|
Boshqaruv raisi
|
2.
|
Raisning birinchi o’rinbosari
|
3.
|
O’rinbosari
|
4.
|
Sug’urta kreditlari. Avans to’lovlari va fermer
xo’jaliklari mol-mulkini sug’urtalash
|
5.
|
Qishloq xo’jaligi korxonalari va fermerlarni
sug’urtalash
|
6.
|
Axoli xayotini, salomatligini va mol-mulkni
sug’urtalash
|
7.
|
Prognozlash. Moliya va investitsiya faoliyati
boshqarmasi
|
8.
|
YUridik va kadrlar xizmati
|
9.
|
Kantselyariya
|
1
0.
|
Ma`muriy xo’jalik bo’limi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |