Tayanch so’z va iboralar
Sug’urta xususiyati
Asosiy fondlar sug’urtasi
Ixtiyoriy sug’urta
Sug’urta xavf-xatari
Garov shartnomasi
Sug’urta polisi
Mulk sug’urtasi
SHaxsiy sug’urta
Sug’urta badali
Sug’urta atamasi
Nazorat uchun savollar
Ixtiyoriy sug’urta qoplamalari qanday to’lanadi?
Imoratlarni sug’urtalash tartibi qanday?
Asosiy fondlar sug’urtasi qanday amalga oshiriladi?
Sug’urtaning guruxlanishini izoxlab bering
Ixtiyoriy sug’urtani tashqil etish tamoyillari qanday?
SHaxsiy sug’urtaning qanday turlari mavjud?
Asosiy adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Toshkent, 1992 y
O’zbekiston Respublikasining qonuni «Sug’urta faoliyati xaqida» Toshkent 2002 y.
Karimov I.A. «O’zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo’lida» T.: «O’zbekiston» 1995 y.
Karimov I.A.«O’zbekiston buyuk kelajak sari» T.: «O’zbekiston» 1998
y.
Karimov I.A. «O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li» T.: «O’zbekiston» 1998 y.
Karimov I.A. «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» T.:
«O’zbekiston» 1998 y.
Straxovoy marketing M.Ankel M.2000.
Organizatsiya straxovogo dela. A.B.Krutik 2000.
Qo’shimcha adabiyotlar
Sobirov X.R. «Xitoyda sug’urta» (Iqtisod va xisobot, 3, 1996)
Sobirov X.R. «Axmoniylar davrida soliq isloxoti» «O’zbekiston soliqlari xabarnomasi» 1997 y.
Pulov K.I. «Straxovoe delo v Rossii» M-Edma 1999 g.
Kolomina E.V. V.V.SHaxova «Slovar’ straxovux terminov» M-«Finansu i statistika» 1998 g.
Reytmana L.I. «Straxovoe delo» M-«Finansu i statistika» 1998 g.
SHaxov V.V. «Vvedenie v straxovanie» M-Finansu i statistika» 1999
Straxovanie: ot A do YA (kniga dlya straxovateley). M-«Infra-M», 1996 g.
Juravlev YU.M. Sekerj I.K. «Straxovanie i perestraxovanie» (teoriya i praktika). M-«Anqil» 1996 g.
Zubets A.N. Straxovoy marketing Rassii, M.:2000.
5-Mavzu: Sug’urta xuquqi Reja:
Sug’urta xuquqi va sug’urta munosabatlarini shakllantiruvchi xuquqiy xujjatlar.
Sug’urta xuquqi va bozor iqtisodiyoti sharoitida sug’urtani boshqarishni qayta qurilishi.
Sug’urta marketingi.
Sug’urta tashkilotlari ustidan davlat nazorati.
Sug’urta xuquqi va sug’urta munosabatlarini shakllantiruvchi
xuquqiy xujjatlar
Sug’urta xuquqi sug’urta tashkilotlari bilan sug’urtalanuvchilar, xamda kredit tashkilotlari o’rtasidagi xuquqiy munosabatlari ifodalaydi. Bunday munosabatlar mamlakatimiz Konstitutsiyasi asosida vujudga kelgan qator xuquqiy xujjatlarda o’z ifodasini topadi. Bu xuquqiy xujjatlarga quyidagilar kiradi:
Fuqarolik kodeksi
Sug’urta faoliyati xaqidagi Respublika qonuni 10.Davlat sug’urta tashkilotlari xaqidagi nizomlar 11.Xususiy sug’urta tashkilotlarining nizomlari 12.Sug’urta nazorati xaqidagi xukumat qarori.
Fuqarolik kodeksining 52-bobi 914-981-moddalar sug’urta masalalariga bag’ishlangan, bunda sug’urtaning eng muxim xuquqiy masalalari sug’urta shartnomalarini tuzish, ikki tomonlama sug’urtalash, xamkorlik sug’urtasi, qayta sug’urtalash masalalari yoritilib, bunda sug’urtani amalga oshirish, tomonlarning javobgarligi va boshqalar kodeks doirasida xuquqiy jixatdan tushuntirib berilgan.
Sug’urta xaqidagi qonun fuqarolar kodeksida bayon qilingan masalalarni takrorlasada, qonunda sug’urtaning iqtisodiy masalalarini bayon qilishga aloxida axamiyat berilgan.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida e`lon qilinganiga qadar respublikaning sug’urta xaqidagi aloxida qonun yo’q edi. Bu xududda Sobiq Ittifoq sug’urta qonunlari amal qilar edi. Bu qonunlarda respublika iqtisodiyoti va maishiy xususiyatlari etarli e`tiborga olinmagan edi. Sug’urta xaqidagi birinchi respublika qonuni O’zbekiston Oliy Majlisi tomonidan 1993 yil 6 mayda qabul qilindi.
Qonun 5 bob, 33 moddadan iborat. qonunda respublika iqtisodiyotida sug’urtaning to’tgan o’rni, bozor iqtisodiyotini amalga tadbiq qilishdagi roli, sug’urta bozorini shakllantirish masalalari, sug’urtaning tashqiliy va xuquqiy asoslari bayon qilinadi. Fuqarolar va yuridik shaxslarning sug’urta xizmatiga bo’lgan talablarini to’laroq qondirilishi kafolatlanadi, sug’urta munosabatlarida uning barcha ishtirokchilari manfaatlarini ximoya qilish masalalari ko’rsatiladi. qonunning 1-bobida sug’urta ta`rifi berilgan bo’lib, bunda sug’urta ob`ektlari,
sub`ektlari, shakllari, ta`riflari va to’lovlari, qayta sug’urtalash va birgalikda sug’urtalash masalalari bayon qilingan.
Ikkinchi bob sug’urta shartnomalarini tuzish, shartnomada tomonlarning xuquqlari va uni rasmiylashtirish va to’xtatish masalalariga bag’ishlangan.
Uchinchi bobda sug’urtalanuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta`minlash masalalari yoritilgan.
To’rtinchi bob sug’urta faoliyati ustidan davlat nazorati o’rnatish, beshinchi bob esa yakunlovchi masalalarga bag’ishlangan.
Sug’urta xaqidagi qonunda qator yangi tushunchalar, masalan, qayta va birgalikda sug’urtalash, sug’urta brokeri, sug’urta ruxsatnomalarini olish va boshqa masalalar yoritilgan.
1997 yilda sug’urta qonunchiligida muxim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Sug’urta xaqidagi qonunga qo’shimcha sifatida quyidagi 3 ta xujjat qabul qilindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |