O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 274,5 Kb.
bet1/4
Sana11.02.2017
Hajmi274,5 Kb.
#2327
  1   2   3   4
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Filologiya fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi


«Himoyaga ruxsat etilsin»

Fakultet dekani _______A.A.Haydarov

«___»__________________

4-kurs talabasi Gaffurova Gulnoza Ravshan qizining

“Ingliz va o`zbek adabiyotida milliy psixologizm”

(“Martin Iden” va “Sarob”asarlari misolida)

mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
5220100-Filologiya (ingliz tili) ta’lim yo`nalishi

Ilmiy rahbar: Qobilova N.S.

Taqrizchi: Tursunov.M.M.

Buxoro-2014



MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………….3-7

I BOB. PSIXOLOGIZM VA UNING BADIIY ASARDAGI O’RNI

I.1 Psixologizm tushunchasining paydo bo`lishi va adabiyotga kirib kelishi……………………………………………….………………………..8-13

I.2 Badiiy psixologizmning adabiy janrlarda ishlatilishi……………………4-18
II BOB. BADIIY ASARLARDA MILLIY PSIXOLOGIZMNING QO`LLANILISHI

II.1 “Martin Eden” asari qahramonlari talqini……………………………...19-26

II.2 “Sarob” asari qahramonlari talqini……………………………………..27-34

II.3 “Martin Iden” va “Sarob” romanlarida milliy psixologizm……………35-42
XULOSA.......................................................................................................42-47
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………48-49

KIRISH

O`zbekiston Respublikasi demokraktik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lidan bormoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi - har tomonlama rivojlangan barkamol insondir. Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimiga amal qilinishidir. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni amalga oshirishda uzluksiz ta`lim tizimining tuzilmasi va mazmunini, zamonaviy ilmiy fikrlar, yutuqlar va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlar ko`zda tutilgan. Buning uchun avvalo, uzluksiz ta`lim tizimining barcha shakldagi ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini ta`minlovchi ilg`or ilmiy-metodik jihatdan asoslangan metodikalarni amalda qo`llash lozim. Fan, texnika va ilg`or texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda yosh avlodgа ta`lim va tarbiya berishning maqsad, mazmuni, metod, vositalari va tashkil etilishini ilmiy jihatdan ta`minlash pedagogika fanining muhim va dolzarb muammolaridandir. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta`lim tizimi orqali shaxs, fuqaroning har tomonlama barkamol bo`lib yetishishini ko`zda tutadi.

Milliy tilimiz davlat maqomiga ko`tarilib, e’zozlanayotgan bir paytda taraqqiyotimizning poydevori, garovi bo`lmish xorijiy tillarni o`rganishga katta ahamiyat berildi, xususan, ingliz tiliga.

Bugungi kundagi ta`limning bosh maqsadi barkamol shaxsni shakllantirish ekan, bu g`oya xorijiy tillarni o`qitish maqsadlari bilan hamohangdir.

Hozirgi davrda ta`limni axborot texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi, mana shu sababli barchamiz "yangi pedagogik texnologiyalar" atamasini ishlata boshladik. Interaktiv metodlar asosida o`qitish zamonaviy pedagogik texnologiyannig asosiy masalasiga aylandi.

Inson tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamyatning ijtimoiy–iqtisodiy taraqiyyotini belgilaydigan omillardandir. Shunday farzandlarimiz borki, ular umumiy o`rta ta`lim jarayonida ma`lum yo`nalish bo`yicha o`zlarining iqtidorlarini, iste`dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona faydalanish, uni to`g`ri yo`naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Dunyo hamjamiyati bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy sohalarda o`rnatiladigan aloqalar, do`stona munosabatlar kun tarkibiga xorijiy tillarni mukammal o`rganish, yosh avlodni, eng kami, zullisonaylik (ikki tilda erkin muloqat qila olish) ruhida tarbiyalash vazifasini qo`ydi. Demak, umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus va kasb ta`limi, oliy ta`lim mutaxassisliklari oldiga qo`yilgan bu ulkan vazifani bajarish Vatanimizning kelajagini belgilashda muhim masala hisoblanadi.

Yosh avlodda o`z ona tilini mukammal bilgan holda yana birorta chet tilni, xususan, ingliz tilini chuqur o`rganish, bu tilda bemalol muloqat qila olish ko`nikma va malakalarini hosil qilish, yetuk mutaxasislarni tayyorlash bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlar olib borish, olingan natijalarni ommalash zaruriyati mazkur tadqiqot ishlarini amalga oshirishga turtki bo`ladi.

Mamlakatimizda mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning muayyan mutaxassisliklar bo`yicha mehnat qilishlari yoki qo`shimcha kasb ta’lim olishlariga imkonyat yaratiladi. Eng asosiysi, bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarni ijtimoiy himoya qilishga e’tibor kuchaytirildi.

Bo`lajak yoshlarimizni ham ta’limiy, ham tarbiyaviy jihatdan rivojlantirish ularni mehr-muruvvatga, ezgulik va to`g`rilikka o`rgatish muallimlardan katta mas’uliyat talab etadi. Ayni paytda, chet tillarni o`rganishga ishtiyoqi baland bo`lgan o`quvchi va talabalarning chuqur bilimga ega bo`lishlari va zaruriyat taqozo etgan vaziyatlarda erkin fikr yuritish malakalarini ta’minlash ishiga astoydil kirishishimiz zarur.

O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng, hayotimizning har jabhasida katta o`zgarishlar sodir bo’ldi. Avvalo, respublikamiz iqtisodiyotini isloh qilish jarayoni ildamlab ketdi, chunki iqtisodiyot har bir davlatning tamal toshi, asosi, poydevori sanaladi.1 Shuningdek, ta’lim sohasiga ham katta e’tibor qaratila boshlandi, istiqlol yillari davomida ta’lim to`laligicha isloh qilindi. Prezidentimiz I.A.Karimov ko`p marta ta’kidlaganidek, bizning avlodlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo`lmog`i lozim.2 O`zbekiston dunyoning ko`plab mamlakatlari bilan do`stona aloqalarni o`rnatdi, respublikamiz mustaqillikning ilk yillaridan bir qator xorijiy davlatlar bilan teng, ta’lim sohasida va iqtisodiy hamkorlik olib bormoqda. Bu esa o`z-o`zidan xorijiy tilda gaplasha olish ehtiyojini tug’diradi.

Mavzuning dolzarbligi. Barchamizga ma’lumki, Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrida “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to`g`risidagi qarori qabul qilingandan so`ng, chet tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o`rganish davr talabiga aylandi. Yoshlarga, ularning ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tiborni inobatga olgan holda asl ingliz tilida yozilgan asarlarni o`qib, shu asarlar orqali xalqning milliy psixologiyasini o`rganish va o`zbek xalqi bilan solishtirib ko`rish, asarlarning mazmun mohiyatini chuqur anglab yetish hozirgi kuning dolzarb vazifasidir.

Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, mazkur bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, chunki unda “Marin Iden” va “Sarob” asarlari misolida ingliz va o`zbek xalqining milliy psixologiyasini o`rganishga e’tibor qaratilgan.



Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu ilmiy ishimizda Jek Londonning “Martin Iden” va Abdulla Qahhorning “Sarob” asarlari misolida ingliz va o`zbek xalqining milliy psixologiyasini o`rganish, mualliflar tomonidan asar qahramonlari talqinida badiiy psixologizmning namoyon bo`lishini o`rganish va tahlil qilish asosiy maqsadimizdir. Amerika adabiyotining buyuk namoyondasi, realist yozuvchi Jek Londonning “Martin Iden” romanidagi bosh qahramon Martinning hayot yo’li bilan tanishish, uning ichki dunyosining, ruhiyatining hali ochilmagan yangi qirralarini tavsiflash, o`sha jamiyatda o`z o`rnini topish uchun qilgan intilishlari kabi jarayonlarni ochib berishdan va shu orqali tinglovchilarga Amerika xalqining o`ziga xos psixologiyasini tasvirlab berish, shu bilan birga, Abdulla Qahhorning “Sarob” asari bosh qahramoni Saidiyning ichki dunyosi, dunyoqarashi orqali o`zbek xalqi psixologiyasini tasvirlash kabi vazifani belgilab oldik.

Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi va yangiligi. Jek Londonning “Martin Iden” romani asosida hozirgi paytgacha juda ko`p tadqiqot ishlari olib borilgan, shu jumladan, mashhur amerikalik tanqidchi Sem Baskett 1976 yilda “Martin Eden: Jack London’s poem of the mind” mavzusida, Jeyms Byuril Anjel 1986 yilda “Martin Eden and the education of Henry Adams: the advent of existentialism in American literature”, P. Berman 2002 yilda ”Introduction to Martin Eden” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan va ularda Martin Iden xarakteriga har tomonlama tavsif berishgan. Shu jumladan, Abdulla Qahhorning “Sarob” asari ustida ham juda ko’lab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Abdulla Ulug’ov “Asl asarlar sehri”, Rahmon Qo`chqorov “Uch sarob” va “Sarobning tug`ilishi”, Matyoqub Qo`shjonov “Abdulla Qahhor mahorati” va “Sarobning o`tmishi va buguni” kabilar shular jumlasidandir. Biz esa ushbu bitiruv malakaviy ishimizda bu ikki asar orqali amerika va o`zbek xalqi psixologiyasining bir-biriga o`xshash va farqli tomonlarini topib, ularni tahlil qilish, bu xalqlarning hali ochilmagan xarakter xususiyatlarini topib ochishga harakat qildik.

Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti. Amerikalik mashhur adib Jek Londonning “Martin Iden” va o`zbek mashhur adibi Abdulla Qahhorning “Sarob” asarlari tadqiqotimiz uchun ob’yekt bo`lib xizmat qilsa, ushbu xalqlarning milliy psixologiyasi predmet bo`lib xizmat qiladi.

Tadqiqotning nazariy-amaliy ahamiyati. Mazkur ilmiy ishimiz akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy o`quv yurtlari o`quv dasturidagi adabiyot darslarida qo`shimcha material sifatida ham nazariy jihatdan, ham amaliy jihatdan qo`llanilishi mumkin. Shuningdek, ilmiy ishimizdan o`qituvchilar va magistr talabalar ham qo’llanma sifatida foydalanishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining nazariy asosi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda bizga Jek Londonning “Martin Iden”, M.A. Andreeva muharrirligi ostida chop etilgan «История литературы кoнцa XIX и нaчaлa XX вeкoв”, V.N.Bogoslovskiyning “Зaрубeжнaя литературa” va “Джeк Лoндoн”, K. Zverov “Джек Лондон”, A. Qahhor “Sarob”, A.Qahhor “Ozgina o`zim haqimda”, A.Qahhor “Yosh gvardiya”, O. Sharaffidinov “Abdulla Qahhor” asarlari nazariy asos bo’lib xizmat qildi.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Mazkur malakaviy bitiruv ishimiz kirish, 2 bob, 5 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I BOB. PSIXOLOGIZM VA UNING BADIIY ASARDAGI O`RNI

I.1 Psixologizm tushunchasining paydo bo’lishi va adabiyotga

kirib kelishi

Psixologiya fani inson shaxsi, uning ichki dunyosi haqidagi bilimlarning murakkab sohasidir. Psixologiya har kimga o`z tajribasidan ma’lum bo`lgan sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, his-tuyg`u va insonning qobiliyati, iste’dodi, temperamenti, xarakteriga xos ruhiy hodisalar haqidagi bilimlarni o`z ichiga olgan sohadir. Psixologiya o`zining uzoq o`tmishiga va qisqa tarixiga ega. Psixologiya haqidagi dastlabki fikrlar bundan ikki yarim ming yil avval paydo bo’lgan. Psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmigacha falsafa fanining tarkibida rivojlangan. Ilmiy psixologiyagacha bo`lgan davrda psixologiya dastlabki og`zaki fan sifatida, keyin esa yozma fan sifatida paydo bo`ldi.

Endi esa "Psixologizmning o`zi nima?" degan savolga kelsak.

Prof. X.Umurov haqli ravishda: "O`zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidida "psixologizm" va "psixologik tahlil" terminlari farqlanmay ishlatiladi, deb yozadi. - Bundan tashqari, yuqoridagi terminlarning o`zbekcha variantlari ham ko`p bo`lib, ularning hammasi ham bir xil ma`noda qo`llanadi. Masalan, "Adabiyot nazariyasi"da (quyidagi nashr nazarda tutilgan: Adabiyot nazariyasi. II tom. -T., 1979) "psixologizm", "ichki dunyo tasviri", "psixologik analiz"; M.Abdurahmonovaning broshyurasida - "ruhiy dunyo tasviri", "ruhiy tahlil", "psixologik tasvir"; N.SHodievning "Ruhiyat rassomi" risolasida - "psixologik tahlil", "ichki hayot tasviri" kabi". 1

Bizningcha, "ichki dunyo", "ichki hayot", "ruhiy dunyo", "psixologiya" terminlarni sinonim sifatida ishlatish mumkin. Chunki bularning barchasi insonning sub`ektiv dunyosini, shaxs hayotining boshqalarga ko`rinmaydigan nomoddiy, faqat shu shaxsning o`zigagina aniq ma`lum bo`lgan - boshqalarga esa ishora, belgi, ramz tarzida namoyon bo`ladigan ruhiy-ma`naviy tomonini ifodalaydi.

"Psixologik analiz", "psixologik tahlil", "ruhiy tahlil" atamalari ham o`zaro ma`nodosh. Ammo "psixoanaliz" terminini "psixologik analiz"ning qisqartmasi tarzida bu qatorga qo`shib bo`lmaydi. Chunki bu so`z XIX asr oxiri - XX asr boshlarida avstriyalik vrach-psixoterapevt Zigmund Freyd asos solgan nazariy qarashlar sistemasini anglatadi, psixoanaliz - termindir.

Psixoanaliz - meditsinaning psixiatriya va psixologiya sohalaridagi yangi yo`nalish. O`tgan asrda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda maydonga kelgan ko`pgina yangiliklar psixoanalizga borib taqaladi. Psixoanaliz inson va uning ruhiyati haqidagi shu paytga qadar qat’iylashgan ratsional qarashlarni sindirdi; inson ruhiy olamining aqlga sig`maydigan, tasavvurga sig`dirish esa qiyin bo`lgan murakkab farqlarini ochib berdi. Unga ko`ra, insonning xatti-harakatlari va intilishlari aql va ongdan ko`ra, irratsional - ya`ni aqldan tashqari unsurlar bilan - ong ostida yotgan xohish-istaklar bilan ko`proq bog`langandir. Mana shu jihati, ya’ni irratsional unsurlarga urg`u berishi bilan psixoanaliz - odamzod o`zining dastlabki asosiga aql bilan emas, ko`ngil bilan qaytadi, degan g`oyaga asoslangan tasavvufni eslatadi.

Mutaxassislar psixoanalizning tarixiy-madaniy kontekstdagi istiqbolini yuqori baholab, uni inson tafakkurining triumfi bo`la olgan kashfiyotlariga muhoyasa qiladilar: "... G`arbiy Yevropa va Amerika matbuotida Freydning g`arb odami psixologiyasiga kuchli ta’sir ko`rsatgan g`oyalarini Kopernik, Darvin va Eynshteyn g`oyalariga tenglashtirilganini juda ko`p martalab ko`rish mumkin".1 Bu kashfiyotlardagi mushtaraklik - inson va uning borliqdagi o`rniga yangicha yondashishdadir. Kopernik geotsentrik nazariyani rad qildi, geliotsentrik nazariyani boshlab berdi, shunga ko`ra, inson koinotdagi yagona ongli mavjudot emasligiga ishora qildi. Ch.Darvin esa inson va hayvonning kelib chiqishini bir manbaga bog`laydi, shunga ko`ra inson mavjudot olamining markazida turmaydi deb hisoblaydi. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi ham inson tafakkurining bir qadam olg`a ketganligi nishonasi bo`ldi.

Xo`sh, freydizmni yuzaga keltirgan ijtimoiy-tarixiy, madaniy omillar nimalardan iborаt edi? Ma`lumki, Zigmund Freyd yashagan XIX asr oxiri, XX asr boshlari butun Yevropada kapitalistik munosabatlarning qaror topish davri bo`lganligi bilan xarakterlanadi. Boshqacha qilib aytganda, bu davr ijtimoiy hayotdagi yangilanish davri bo`ldi. Ammo har qanday yangilikning oson joriy etilmasligi, eskilik hech hachon o`z o`rnini qattiq qarshiliksiz bo`shatib bermasligi ham ma’lum. Shuningdek, XIX asr oxiri, XX asr boshlarida yangicha ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi kuchli revolyutsion ko`tarilishilar, qon va qurbonlar evaziga amalga oshirildi. XVII asrda Angliyada boshlangan burjua revolyutsiyasi keyingi asrlarda Fransiya (XVIII asr oxiri), Italiya (XIX asr ikkinchi yarmi), Germaniya (XIX asr o`rtasi), Avstriya (XIX asr o`rtasi), Vengriya (XIX asr o`rtasi), Chexiya (XIX asr o`rtasi) singari Yevropa mamlakatlarida, AQSH (XIX asr ikkinchi yarmi)da bo`lib o`tdi; Rossiya inqilobiy ko`tarilishlar girdobiga mahkum etildi. Bir tarafdan, absolyut monarxiyani saqlab qolishga jon-jahdi bilan intilgan eski hukumat vakillari kuchaytirgan terror; ikkinchi tarafdan, ko`pchilik ommaning yangi ijtimoiy tuzilma talabi yo`lida har qanday kurashdan qaytmasligi turli mamlakatlarda odamlar o`rtasida dushmanlik kayfiyatini, qon to`kilishini behad avjga chiqardi. Deylik, Rossiyaning bir qancha liberal-demokratik islohotlarni amalga oshirgan ( krepostnoylik huquqining, tan jazosining bekor qilinishi, sudlarda xalq maslahatchiligining joriy etilishi kabi) imperatori Aleksandr II ham, revolyutsionerlar tomonidan o`nlab marta suiqasd uyushtirilishiga qaramay, demokratik islohotlarni mujassamlashtirgan konstitutsiyani imzolashga, ya`ni samoderjaviening qudratini rasman zaiflashtirshga uzoq vaqt ikkilanib turdi; pirovardida esa, inqilobchilar uyushtirgan suiqasdning qurboniga aylandi. Aleksandr III taxtga o`tirishi bilan absolyut monarxiya yana eski o`zanlariga qaytdi.

Shuningdek, tarixga oid manbalarning xabar berishicha, bu davrda dunyo miqyosida mustamlakachilik kayfiyati ham o`sib bordi; rivojlanmagan yurtlarga egalik qilish da`vosidagi mustamlakachilik istilolari Janubiy va Shimoliy Amerikani, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrika hamda Osiyoning ko`pgina mamlakatlarini qamrab oldi. Mustamlaka orttirish yo`lida turli yirik mamlakatlar o`rtasida ixtiloflar ham, mustamlaka mamlakatlardagi milliy-ozodlik harakatlari ham o`sib bordi.

Bir tarafdan, yangi kapitalistik munosabatlarni o`rnatishga qaratilgan revolyutsion xatti-harakatlar va ayni paytda burjuaziya va pomeshchiklarga qarshi xalq g`alayonlari bir mamlakat doirasida; ikkinchi tarafdan, o`z mustaqilligi uchun bosh ko`targanlar bilan mustamlaka hukmronligini saqlab qolish tarafdorlari o`rtasidagi keskin to`qnashuvlar, bundan tashqari, yirik mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro urushlar turli mamlakatlar doirasida insoniyatni ommaviy o`lim va ijtimoiy jazavalarga mahkum qildi. Butun dunyo haq-huquq, boylik va hokimiyat talashuvlari girdobida qoldi.

Mana shunday sharoitda g`arbiy Yevropada Karl Marksning materialistik ta`limoti paydo bo`ldi va turli mamlakatlarda ko`pchilik ommani o`ziga jalb qildi. Marksizm falsafasining chuqur analiziga berilishdan saqlanib, mavzuga aloqador birgina holatni ta`kidlash lozim: marksizm insoniyat hayotidagi barcha voqea-hodisalar, taraqqiyot va krizislarni ijtimoiy-iqtisodiy, mulkiy munosabatlarga bog`lab tushuntiradi. Tabiiyki, bu xil qarash Freydni befarq qoldirmagan. U o`zining "Dunyoqarash haqida" nomli ma’ruzasida marksizmning o`z davrida insoniyat hayotining barcha sohalarida istisnosiz obro` qozonganligini e’tirof etaturib, shunday deydi: "Odamlarning jamiyatdagi fe`l-atvorini tabiiy ravishda faqat iqtisodiy motivlar belgilaydi, deyish mumkin emas. Bir xil iqtisodiy sharoitlardagi turli shaxslar, irqlar, xalqlarning o`zlarini turlicha tutishlaridan iborat hech qanday shubha uyg`otmaydigan fakt iqtisodiy motivlarning yagona hukmron ekanligini rad qiladi.

Umuman, modomiki, so`z tirik odamlarning reaksiyasi haqida borar ekan, psixologik faktorlarni chetlab o`tishni tushunib bo`lmaydi; axir, gap faqat odamlarning mana shu iqtisodiy munosabatlarning shakllanishidagi ishtirokidagina emas..." 1

Sobiq sho`ro davrida freydizmga qattiq taqiq qo`yilishining bosh sabablaridan biri ham marksizmning psixoanalizda qattiq tanqidga uchrashi, bu ikki ta`limot metodologiyasining, psixik taraqqiyot mexanizmini izohlash prinsiplarining bir-biridan tubdan farq qilishidadir. XX asrning 20-yillari o`rtalaridanoq Z.Freyd asarlarini tarjima va nashr etish ham; shuningdek, amaliyotda Freyd nazariyasi va metodlarini qo`llash ham taqiqlab qo`yildi.

Shu tariqa, XIX asr oxiri, XX asr boshlarida dunyo miqyosida ro`y bergan ijtimoiy to`lqinlar, qonli kurashlarning avj olishi, turli tabaqaga mansub odamlar barchasining bu kurashlarga tortilishi va mana shu voqea-hodisalarning marksizm ta`limotida iqtisodiy bazaga asoslanib talqin qilinishini psixoanalizning maydonga keltirgan eng muhim ijtimoiy-siyosiy faktorlar deb hisoblaymiz.

“Adabiyot ham psixoanaliz kabi inson borlig`iga universal yondashish xususiyatiga ega”.1 Bu fikrda jon bor. Ayni paytda psixoanalizning badiiy adabiyot bilan aloqasi juda ko`p tomonlama bo`lib, uni konkret shakllarda quyidagicha ko`rsatish mumkin:

- psixoanaliz ruhiy jarayonlarni tekshiradi, badiiy adabiyot esa ruhiy jarayon hosilasi;

- badiiy asar - muallifning ong osti istaklari ro`yobi, muallifning reallasha olmagan xohishlarining boshqacha shaklda reallashuvi, sublimatsiyadir;

- yozuvchi o`z asarida psixoanalitik hodisalarni aks ettiradi, bu uning inson ruhiyati qavatlariga chuqur kira olganligini ko`rsatadi;

- ayrim yozuvchilar psixoanaliz yutuqlaridan xabardor, ular ataylab o`z asarlariga shunday ruhiy hodisalarni tasvir etadilar, yozuvchi ham o`z qahramoni ruhiyati qavatlarni ochib borar ekan, psixoanalitikka o`xshab ketadi;

- psixoanalitiklar juda ko`p hollarda badiiy adabiyotga murojaat hilganlar, o`z nazariyalari tasdihini badiiy adabiyotdan hidirganlar;

- badiiy asar tahlilida psixoanalitik metodlardan foydalanish mumkin;

- psixoanalitiklar ayrim yozuvchilar ijodi sirlarini uning shaxsiy hayoti, ruhiyati bilan aloqadorlikda ochib berganlar;

- Freyd o`z asarlarida quyuq obrazlilikdan foydalangan.

Bunday ko`p tomonlama aloqadorlik bir necha ilmiy ishlarga material bera oladi. Biz mazkur ishda, asosan, o`zbek yozuvchilarining ruhiyat bilimdoni sifatida psixoanalitik hodisalarni qay darajada aniq va real aks ettira olganlariga e`tibor qaratdik.

Umuman, har ikki sohani tadqiqot ob’ekti birlashtirib turadi. Chunki psixoanaliz ham, badiiy adabiyot ham inson, uning ruhiyati bilan qiziqadi. Adabiyot inson va uning hayotini badiiy umumlashtirish asosida aks ettiradi. Badiiy asarda psixologik jihatdan asoslanmagan voqea-hodisalarni aks ettirish kitobxonni ishontirmaydi, asarning san`at asari sifatidagi qimmatini tushiradi. Chunki badiiy adabiyotning muhim talablaridan biri hayot haqiqatlarini to`g`ri aks ettirishdir. Ammo hayot haqiqatlarini to`g`ri aks ettirishni hayotni naturalistik illyustratsiya qilish deb ham tushunish kerak emas. Chunki adabiyot hayotda aynan bo`lgan voqealarni emas, hayotda bo`lishi mumkin bo`lgan voqealarni hayotda bo`lishi mumkin tarzda (tipiklik) ifodalaydi. Chinakam san’atkorlar hamma davrlarda inson ruhiyatining chuqur bilimdonlari bo`lganlar. Shu boisdan ham psixoanalitiklar ayrim masalalarda badiiy adabiyotdan javob izlaganlar.

Umuman, "psixoanaliz"dan tashqari, yuqoridagi "psixologizm", "ichki dunyo tasviri", "psixologik analiz", "ruhiy dunyo tasviri", "ruhiy tahlil", "psixologik tasvir", "psixologik tahlil", "ichki hayot tasviri" kabi teminlarning barchasi bir jarayonning turli bosqichlari va mahsulini anglatadi. Ya`ni ijodkor dastlab inson psixologiyasini o`rganadi, uni idrokida tahlil qiladi. Keyin tanlash prinsipi asosida inson ruhiyatini badiiy matn talabiga ko`ra tasvirlaydi, aks ettiradi.

I.2 Badiiy psixologizmning adabiy janrlarda ishlatilishi

Badiiy psixologizm masalasi adabiyotshunoslik uchun yangilik emas. Professor X.Umurov kuzatishlariga ko`ra, inson psixologiyasi tasvirining badiiy adabiyotdan o`z qonuniy o`rnini egallashi nemis sentimentalizmi va ingliz "gotik romani"ning maydonga chiqishi bilan bog`liq; to bunga qadar - Aristotel davri uchun tashqi hodisalarni badiiy tasvirlash - mimesis; klassisizm davri uchun esa "tafakkur qonuni" birinchi o`rinda bo`lgan.1 Akademik Izzat Sulton fikriga ko`ra, badiiy adabiyot taraqqiyotining realizm va tanqidiy realizm bosqichi (XIX asrdan boshlab) odam tasvirida ikki muhim prinsip: sotsiologizm (yoki sotsial determenizm) va psixologizm(yoki psixologik determenizm)ni tasdiqlash bilan jahon adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdi; "psixologik determenizm insonning xulqi va harakatiga uning dunyosi, psixologiyasi ham sababchi ekanini tasdiq etdi va insonning ichki dunyosiga chuqur kira bilishni - mahoratning yana bir, juda muhim faktori va talabi sifatida olg`a surdi".2 Albatta, bu fikrlar chin haqiqat. Ammo Sharq adabiyotida, birgina o`zbek adabiyotining o`zida Alisher Navoiy tomonidan epik dostonlarda, lirik asarlarda inson ruhiyatining qavat-qavat sirlari ochilgani, Sharqning buyuk shoiri tomonidan badiiy psixologizmning xilma-xil usul va vositalari qo`llangani ham haqiqat.3

Badiiy psixologizmni so`z san`atining muhim kategoriyalaridan biri sifatida o`rganish rus adabiyotshunosligida XIX asrdayoq N.CHernishevskiyning tadqiqotlari bilan boshlangan bo`lsa, o`zbek adabiyotshunosligida bu bosqich XX asrning 60-yillariga to`g`ri keladi.4 So`z san`atida badiiy psixologizm hodisasi ancha chuqur ildizlarga ega bo`lgani singari, adabiyotshunoslikda ham bu masalani o`rganish yangilik emas. Shunday bo`lishiga va badiiy psixologizm masalasi ilmiy tadqiqotlarda ancha-muncha o`rganilganiga qaramasdan, badiiy psixologizmga munosabat nazariy adabiyotlarda aks etmagan.

Prof X. Umurov to 1983 yilgacha yaratilgan nazariy adabiyotlarda: "Badiiy psixologizm haqidagi fikr-mulohazalarga duch kelmaymiz. Bu esa o`z navbatida nazariya bilan praktika o`rtasida katta "uzilish"ni yuzaga keltirmoqda", - deb yozadi.1 Shuningdek, keyingi yillarda nashr qilingan nazariy adabiyotlarda ham bu masala nazardan chetda qolgan.2 Lug`atlar alifbo tartibida tuziladi, ularda "badiiy psixologizm" tushunchasini berish qiyin emas. Ammo badiiy psixologizm adabiyot nazariyasining qaysi masalasi ichida tavsiflanishi va o`rganilishi kerak?

Aslida badiiy psixologizm masalasiga obraz, ijodiy metod, yozuvchi uslubi, hayot haqiqati va badiiy haqiqat, badiiy mahorat kabi masalalar ichida duch kelaverish, shuning uchun bu masalani shu o`rinlarda qisman-qisman yoritaverish mumkin, lekin bitta masalani turli joylarga sochib yuborish ham durust emas. Bizningcha, badiiy psixologizm, garchi keng qirrali masala bo`lsa-da, uning ko`proq inson xarakteri bilan bog`liq ekanligidan kelib chiqib, "badiiy obraz" haqidagi bo`limda tavsiflash maqsadga muvofiq. Alisher Navoiy "Xamsa"sida badiiy psixologizm tiplarini o`rgangan olim Yoqubjon Ishoqov "Badiiy adabiyotda inson xarakterini yaratishda, inson ruhiy olami bilan bog`liq murakkab jarayonlarni tadqiq etishda psixologizmning roli katta. Psixologizm xarakter yaratishning muhim vositalaridan biri"3 deb hisoblaydi. Olamshumul adib L.Tolstoy dramaturgiyasini tadqiq qilgan rus adabiyotshunosi V.Osnovin qarashiga ko`ra esa, qahramon xarakteri uning ruhiyatining lahzalik voqelanishlarini ko`plab marta qayd etish (tasvirlash) vositasida hosil qilinadi. Shunga ko`ra, aytish mumkinki, badiiy psixologizm, asosan, badiiy obraz bilan chambarchas bog`langan hodisadir.

Badiiy psixologizm adabiy tur va janrlar kesimida ham farqli jihatlarga ega. Masalan, lirika bus-butun holda insonning ichki dunyosi, ruhiy olami tasviriga yo`naltirilgan. Lirik asarlarda kitobxon olamni sub`ekt - lirik qahramonning his-tuyg`ulari prizmasi orqali idrok etadi. Shunga ko`ra, lirikada badiiy psixologizm markaziy o`rinni ishg`ol qiladi, badiiy psixologizmsiz lirika mavjud bo`lolmaydi.

Badiiy psixologizm - lirikaning mavjudiligi sharti; lirikaning inson qalbi kechinmalarini tasvirlashdan, ichki dunyoning qavat-qavat sirlarini ochishdan boshqa vazifasi yo`q.

Badiiy psixologizm asosini inson ishtirokidagi hayotiy voqea tashkil qilgan epik va dramatik asarlarda xarakter yaratish vositasi sifatida amal qilsa-da, bu adabiy turlarning har birida o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Ya’ni dramatik asarda xarakter yaratishning asosiy vositasi qahramonning nutqi, monolog va dialoglardir. Shuning uchun ham dramatik asarlarda qahramon ruhiy dunyosini ochishning ham asosiy vositasi dialog va monologlar; voqealar rivojiga bog`liq ravishda maktubdan foydalanish mumkin. Badiiy psixologizmning portret, peyzaj psixologik detal, psixologik tafsilot kabi ko`rinishlarini qo`llash imkoniyatlari dramada juda cheklangan: tush, gallyutsinatsiya kabi vositalardan foydalanish ham o`ziga xos murakkabliklariga ega.

Epos - inson ruhiyatini tasvirlashning xilma-xil vositalari, usullaridan iborat keng imkoniyatlarga ega. Epik turda lirika va dramadagi barcha usul va vositalar o`ziga xos ravishda sintezlashadi. Yozuvchi lirikadagi singari o`z qahramonining ichki dunyosidan turib ham, qahramonning o`z nutqi vositasida ham, tashqi xarakteristika va holatlar tasviri orqali ham ruhiyat dunyosiga daxl qilaveradi.

Ayni paytda badiiy psixologizmdan foydalanish epik tur janrlari aro ham farqli xususiyatlarga ega.

Hikoya - hayotning kichik bir parchasini aks ettirganidan, unda bir yoki bir necha hayotiy voqea qalamga olinganidan bu janrda qahramon ruhiy dunyosi izchil ravishda batafsil yoritish, "qalb dialektikasi"ni bosqichma-bosqich berish imkoni biroz cheklangan. Hikoyaga xarakterlar tayyor holda kirib keladi, shuning uchun ham hikoya janrida psixologik tahlil ko`proq situativ xarakterga ega. Hikoyada tush, gallyutsinatsiya, maktub singari shakllarni qo`llash ham ko`p uchramaydi. Bu janrda psixologik detal, psixologik tafsilotdan foydalanish imkoniyati ko`proq; portret esa, asosan, shtrixlar tarzida ko`rinadi.

Qissa janri odatda lirik ibtidoga ega bo`ladi, ya’ni unda bir qahramon hayotiga taalluqli bir necha voqealar zanjiri qalamga olinadi, hikoya ko`pincha biror ishtirokchi, odatda, bosh qahramon tomonidan olib boriladi. Bu esa qissani badiiy psixologizm nuqtai nazaridan lirikaga yaqinlashtiradi, voqelik o`sha qahramon nuqtai nazaridan idrok etiladi, xuddi lirikadagi singari voqelik hikoyachi-qahramon ichki dunyosi prizmasidan o`tadi; faqat lirikadan farqli o`laroq hissada muayyan voqea bayon qilinadi. Qissada muallif uchun hikoyachi-qahramonning ruhiyatiga chuqur kirish imkoni paydo bo`ladi. Ammo bu boshqa qahramonlar ichki dunyosiga kirishni cheklab qo`yadi, boshqa qahramonlar esa faqat tashqaridan turib tasvirlanadi.

Roman - psixologik tahlil uchun imkoniyatlari eng keng janrdir. Romanga xos bo`lgan tarixiy davrning keng manzarasini, ma’lum ijtimoiy hayotning badiiy tarixini yaratish bilan xarakterlanadigan bosh xususiyat bu janrdagi asarlarda ma’lum qahramonlar xarakterida namoyon bo`ladigan ijtimoiy va milliy psixologiyani ham, xarakterning "qalb dialektikasi"ni ham keng, izchil, har tomonlama ochish va bunda turli usul va vositalardan foydalanish imkonini beradi.

Badiiy psixologizm - inson ruhiyatini idrok etish, tahlil qilish natijasi o`laroq, badiiy asarda aks ettirilgan ruhiy holatlar tasviri, yozuvchi psixologik tahlillarining mahsulidir. Yozuvchi bevosita badiiy matnda psixologik tahlil qilmaydi, balki o`z qahramonining ruhiy olamini, ruhiy holatlarini tasvirlaydi, aks ettiradi, "chizadi". Shuning uchun ham V.Belinskiy ijodkorga nisbatan "inson ruhining buyuk rassomi" iborasini ishlatadi. Psixologizm masalasini adabiyotshunoslikda birinchilardan bo`lib ko`tarib chiqqan rus tanqidchisi N.CHernishevskiy shuning uchun ham L.Tolstoy ijodini shu nuhtai nazardan tahlil qilaturib: "Biz graf Tolstoy albatta va hammavaqt shunday manzaralarni chizib beradi, demoqchi emasmiz; bu butunlay u tasvirlab ko`rsatadigan holatlarga va nihoyat, uning xohishiga bog`liq. Bir gal u hammasi shunday ichki tuyg`ular tasviridan iborat bo`lgan "qor bo`roni"ni yozib, ikkinchi gal "Markyor maktublari"ni yozdi, bu asarida birorta ham ichki tuyg`u tasviri yo`q..."1 Tanqidchi biror marta ham tahlil so`zini ishlatmaydi, gap faqat tasvir haqida boradi. Shunga ko`ra, aytish mumkinki, yozuvchining psixologik tahlili matndan tashqarida qoladi, yozuvchi badiiy matnda o`z tahlillarining natijasini ko`rsatadi, xolos. Ana shu natija, tasvir - badiiy psixologizmdir. Bu badiiy psixologizm, albatta, ijodkorning uzoq davom etgan chuqur tahlillari natijasida yuzaga keladi. Yozuvchi badiiy psixologizmni yaratishda dialog, monolog, portret, tush, gallyutsinatsiya, maktub, psixologik detal, psixologik tafsilot, psixologik parallelizm singari turli shakllardan foydalanadi.

Shunga ko`ra, badiiy psixologizm - mazmun bo`lsa, dialog, monolog, portret, tush, gallyutsinatsiya, maktub, psixologik detal, psixologik tafsilot, psixologik parallelizm kabilar shu mazmunning yozuvchi tomonidan voqealantirilgan shakllaridir.

Bundan tashqari, qahramon o`z ichki dunyosini, o`z his-kechinmalarini tahlil qilishi mumkin, yozuvchi esa buni tasvirlaydi (masalan, Anna Karenina, Dmitriy Nexlyudov, Rodion Raskolnikov, Miryoqub kabi).

Albatta, bu, ma’lum ma’noda, yozuvchining tahlili hamdir. Ammo bunday hollarda yozuvchi qahramon ichki olamiga o`z nuqtai nazaridan turib ochiq baho berolmaydi - tahlil qilolmaydi, u tahlilni faqat qahramon nuqtai nazaridan olib borishga, faqat qahramon xarakteridan kelib chiqibginа tasvirlashga majbur.


Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish