11-mavzu. Matn kategoriyasi turlari. (The category of the text and its types)
Badiiy detal turlari va vazifalari. Matn lingvistikasi asosiy tushunchalari, Matn kategoriyasi turlari: informativlik kategoriyasi, modallik kategoriyasi, matn bog‘likligi va yaxlitligi kategoriyasi, matn segmentasiyasi, o‘rin payt kategoriyasi, intertekstuallik kategoriyasi.
12-mavzu. Matn tahlili metodlari.(Methods and ways of interpretation)
Badiiy asar nomlari, turlari va uning informativligi. Badiiy asar nomining konseptual axborotni ochib berishdagi o‘rni. Matn tahlili metodlari. Matnning konseptual ahamiyati. Matnning milliy – madaniy xususiyatlari. Matnni stilistik, pragmatik, lingvokul'turologik jihatdan tahlil etish.
III. Seminar mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1-mavzu. Fan bilan tanishtirish. Ingliz tili tarixi fan sifatida va uning maqsadlari.
2-mavzu. Tillar tarixini davrlashtirish muammosi. Kelt qabilalari; Rimliklar istilosi
3-mavzu. Roman-German tillari morfologiyasi: Otning grammatik kategoriyalari
4-mavzu. Qadimgi roman-german davrida fe'l.
5-mavzu. Qadimgi roman va german tillarida sintaksis
6-mavzu. Qadimgi roman- german tillari lug’at boyligi
7-mavzu. O’rganilayotgan til tarixining o’rta davri. 12-14 asrlarda iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat
8-mavzu. O’rganilayotgan til tarixining o’rta davri. Morfologiya va 12-15 asrlarda morfologiyadagi o’zgarishlar
9-mavzu. O’rganilayotgan til tarixining o’rta davri.O’rta davrda Fe'l so’z turkumi.
10-mavzu. Tillar taraqqiyotining yangi davri
Stilistika
Uslubiyot predmeti, uning asosiy yo‘nalishlari va boshqa nazariy fanlar bilan aloqasi.
Ekpressiv vositalar va stilistik uslublar
Leksik ma’no turlari
O‘rganilayotgan til leksikasining uslubiy tarkibi. Uumiy va maxsus adabiy so’zlar.Uumiy va maxsus so’zlashuv uslubi.
Funksional uslub turlari, ularning vazifalari va lingvistik xususiyatlari. (badiiy, ilmiy uslub gazeta va publisistik uslub, rasmiy hujjatlar uslubi). Matn parchalarida funksional uslub turlarini tahlili
Leksik stilistik vositalar (metafora, metonimiya, ironiya, epitet oksyumoron, giperbola, antonomasiya, zevgma va so‘z o‘yini) ning lisoniy ahamiyati va vazifalari. Matn parchalarida leksik stilistik vositalar turlarini aniqlash va tahlil qilsh yuzasidan mashqlar.
Leksik-sintaktik stilistik vositalar (o‘xshatish, perefraza, litota, antiteza, gradasiya) ning lisoniy ahamiyati va vazifalari. Matn parchalarida leksik-sintaktik stilistik vositalar turlarini aniqlash va tahlil qilsh yuzasidan mashqlar.
Turg’un birikmalarning stilistik vosita sifatida qo’llanilishi
Sintaktik stilistik vositalar (inversiya, takrorlash, ritorik savol va parallel kostruksiya, ajratilgan bo’lak, ellipsis va boshqalar)ning lisoniy ahamiyati va vazifalari. Matn parchalarida leksik-sintaktik stilistik vositalar turlarini aniqlash va tahlil qilsh yuzasidan mashqlar.
Fonetik stilistik vositalar (yufoniya, alliteratsiya, onomotapiya)ning lisoniy ahamiyati va vazifalari. Asardan parchalarda fonetik stilistik vositalarni aniqlash va tahlil qilish uchun mashqlar
Matn tahlili vazifasi. Badiiy asar matn tahlilining ob'ekti sifatida badiiy matnning o‘ziga xosliklarini ko‘rsatish.
Matn kategoriyalari. Informativlik kategoriyalari. Matnni idrok etish va uning tahlili.
Matn implisitlik kategoriyasi. Matn yaxlitligi.
Badiiy detal, matn kompozisiyasi.Matn segmentatsiyasi.
Rus, o’zbek va ingliz adiblari asarlarining stilistik tahlili
Seminar mashg‘ulotlari mul'timedia vositalari bilan jihozlangan auditoriyada o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |