Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan dunyoning yetakchi olimlari D.Landberg, V.Xunziker, K.Krapf, M.Stavenga, M.Ansoff, K.Kaspar va boshqa ko’plab olimlar o’z ilmiy izlanishlarida sayyohlik rivojlanishiga atroflicha to’xtalib o’tishgan. Shuningdek rus olimlaridan B.Azar, B.Kistanov, A.Aleksandrova, N.Burgakov, V.A.Kvartalnov, E.Puzakova, V.Chestnikova, I.Zorin, J.Koz, A.Kondratyev va boshqa olimlar o’z ilmiy tadqiqotlarida sayyohlik rivojlanishidagi muammolarni hal etish to’g’risida o’zlarining ilmiy – amaliy fikr – mulohazalarini berganlar. Mamlakatimiz olimlaridan G.Nazarova, T.Tashmuratov, A.Saidov, N.Abdusalamova, A.Norchayev, N.Fayziyeva, O.Hamidov va boshqa ko’plab olimlar ham o’zlarining ilmiy takliflari bilan respublikamiz sayyohlikdagi muammolarni bartaraf etishning nazariy–amaliy asoslarini yaratilishiga muhim xissa qo’shishgan. Lekin tashqi iqtisodiy faoliyatda sayyohlikni tashkil etish va rivojlantirish usullari ustida xozirgi kunga kelib yaxlit ilmiy izlanish amalga oshirilmagandir.
Tadqiqotning maqsadi. Magistrlik dissertasiya ishining maqsadi tashqi iqtisodiy faoliyatda sayyohlikni tashkil etish va samaradorligini oshirish, jahon moliyaviy–iqtisodiy inqirozini bartaraf etish sharoitida O’zbekistonda turizmni rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqishga doir ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun dissertatsiya ishida quyidagi vazifalar bajarilishi belgilab olingan. Jahon iqtisodiyotida turizmni ahamiyatini va uning bugungi kundagi holatini tahlil qilish.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi malumotlarga tayangan holda ish olib borish itisodiy tahlilini olib borish va baholash investision faoliyatini viloyat turizm va sport boshqarmasi misolida rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish samarali natijalar bergan tahlillarni tajribalarda va ishlab chiqarish sharoitida sinovdan o‘tkazish ularni olish chora tadbirlarini amalga oshirishdan iboratdir. Sayyohlik tushunchasi va uning rivojlanish jarayonlarini aniqlash, O’zbekistondagi sayyohlik resurslarning sohani rivojlantirishdagi ahamiyatini o’rganish, sayyohlikni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlarni o’rganish, ,,O’zbekturizm” MK tashkil topishi va respublikamizda sayyohlarga ko’rsatilayotgan xizmatlarni tahlil etish, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish sharoitida sayyohlik sohasi roli va ahamiyatini belgilash, sayyohlik firmala faoliyatini rivojlantirishda marketing tadqiqotlarini amalga strategiyasini ishlab chiqish. O’zbekistonda sayyohlikni rivojlantirishda xalqaro tajribalarni qo’llash yo’llarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |