Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi


Buxoro viloyatining sayyohlik salohiyati



Download 430 Kb.
bet5/6
Sana20.07.2022
Hajmi430 Kb.
#829824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buxoro

5.Buxoro viloyatining sayyohlik salohiyati.
Ayni damda Buxoro viloyatida hozirgi kungacha saqlanib qolgan ko’pgina tarixiy obidalar mavjud. Ushbu tarixiy obidalarga sayohat amalga oshirish uchun sayyohlar asosan, Buxoro viloyatining jami yodgorliklarning 10 foizginani tanishish, bilish va o’sha obyekt joyida bo’lishadi. Buxoro shaharidan joy olgan asosiy obyektlarning ro’yxati quyidagicha:
Buxoroning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari.
1
-jadval.

Manba: http://arkuzminorkalom.zn.uz/
Yuqoridagi asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklar ro’yxati keltirilgan bo’lib, sayyohlar esa asosan ushbu obyektlar bilan tanishishi va ko’rishiga ega bo’lishadi, ammo Buxoro viloyatida bunday tarixiy yodgorliklar esa talayginadir,jumladan:
Buxoro viloyatida umumiy yodgorliklar soni 365 ta bo’lib, shulardan 255 tasi Buxoro shahariga to’g’ri keladi. Hamda, quyidagicha tahlili keltirib o’tilgan:
1-diagramma.
B
uxoro shahrining jami yodgorliklari.

Manba: Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamentining statistik maʼlumoti.
Buxoro shahrining jami yodgorliklari 255 ta bo’lib, shulardan ba’zi asosiy tarixiy obidalar soni 14 ta, madrasalar – 30 ta, masjidlar – 48 ta, karvonsaroylar – 15 ta, tim va toqlar – 4 ta, boshqa yodgorliklar esa 145 tani tashkil etib, sayyohlikda foydalanib kelinmoqda.
Jahonga mashhur ushbu yetti pir:
Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy quddisa sirrihu – Xojai Jahon. 1103-1179-yillarda yashaganlar. Xojagon tariqatining asoschisi hazrat Abduxoliq avliyolarning sultoni va boshqa nomlar bilan sharaflangan. Abduholiq G’ijduvoniyning “Risolai Soxibiya”, “Risolai tariqat”, “Vasiyatnoma”, “Maslak al orifin”, “Maqsad as-solikin”, “Az sufar Xoja Ahmad abduhalil G’ijduvoniy”, “Maqomat Xoja Yusuf Xomadoniy” kabi asarlarida ilmu odob, inson va uning jamiyatdagi o’rni, din va dunyoviy munosabatlar to’g’risida fikr yuritilgan. Hozirda Abdulxoliq G’ijduvoniyning muborak xoklari Buxoro viloyatining G’ijduvon shahri markazida joylashgan.
Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy quddisu sirrihu Xo’ja Orif Mohi-tobon nomi bilan ham mashhur bo’lgan. Xo’ja Orif Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Revgar qishlog’ida tug’ilganlar, yuz yildan ortiq umr ko’rib, 1259-yilda vafot etganlar. U kishining “Orifnoma” kitobining muallifi. Qabrlari Shofirkon markazida obod ziyoratgohga aylantirilgan. 1996-yil Xoja Orif jomesi qurildi.
Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy quddisu sirrihu Vobkent tumanidagi Anjir Fag’ni qishlog’ida tug’ilib, o’sha yerda vafot etgan. Bu qishloqning hozirgi nomi Anjirbog’dir. Bugungi kunda Fag’naviy qabrlari Vobkent tumanida obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Xoja Ali Romitoniy quddisu sirrihu Xojai Azizon nomi bilan mashhur. Bu zoti sharif Romitonning Ko’rgon qishlog’ida tug’ilganlar. Xoja Ali Romitoniyning “Risolai Azizon” kitoblari mashhurdir. Xoja Ali Romitoniy haqlarida Alisher Navoiy oʻzining “Nasoimul muhabbat” asarlarida ham “Xoja Mahmud xulososidandur va bu silsilada alarming laqablari hazrati Azizondir va alarga oliya maqomot va zokira karamot ko’p erkandur va to’qmoq san’atiga mashg’ul bo’lur emish” deya ta’rif berib o’tganlar.Xoja Alining Romitondagi Qo’rg’on qishlog’ida tabarruk qadamjolari bor.
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy quddisa sirrihu . Bu muborak zotning qabri Buxoro viloyatining Romiton tumanidagi Simos qishlog’idaida. Sayyid Amir Kulol quddisu sirrihuning asli ismi Sayyid Amir Kalon bo’lib, Buxoro yaqinidagi Suxor qishlog’ida tug’ilgan 1287-yillarda dunyoga kelganlar. Bu zotning qabrlari bugungi kunda obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Hazrati Sayyid Muhammad Bahoul-haq val-millat vad-dunyo ud-din Naqshband ibn Sayyid Jaloliddin. Bahouddin Naqishband hazratlari 1318-yil Buxoro shahri yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlog’ida tug’ilgan. Naqshband so’zi Hazrati Xojaning laqablari bo’lib, ma’toga naqsh (gul) solishni bildiradi. “Maqomot” ning bir yerida Hazrati Xoja mato to’qiydigan do’konlari borligiga ishora qiladilar. Bu so’zning ramziy ma’nosi ham bo’lib, muridning qalbiga Alloh muhabbatining naqshlanganligini bildiradi. Ul zoti sharif sharofatidan qishloqning nomi Qasri Orifonga aylangan. Bahouddin Naqishband 1389-yilda Qasri Orifonda vafot etganlar. U kishining qabrlari bugungi kunda obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Nafaqat “Yetti pir” balki Buxoro o’zida juda ko’plab me’moriy obyetlarni o’zida jamlagan hudud sifatida ham bu yerda erkin turistik zonani shakllantirish imkoniyati mavjud. Bu yerdagi har bir me’moriy obida, arxitektura yodgorliklari butun dunyodan kelgan mehmonlarni o’ziga maftun qila oladi. Chunki viloyat hududida 660 ta madaniy meros obyektlari mavjud bo’lib, ularda 997 ta arxitektura yodgorliklari ro’yxatga olingan. Shu jumladan, Buxoro shahrida 264 ta madaniy meros obyektlari mavjud bo’lib, ularning tarkibida 350 dan ortiq arxitektura yodgorliklari bor. Yuqorida ko’rsatilgan 264 obyektdan 183 tasi jamoat, 81 tasi turar joy binolaridir. Birgina Bahouddin Naqshbandiy madaniy merso obyektida 30 dan ortiq arxitektura yodgorliklari mavjuddir.
Davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yoʻnalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etildi, uning mintaqalarda boʻlimlari va vakolatli vakillari faoliyat olib boradi. Shuni alohida qayd etib otish kerakki, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasining faoliyati eng avvalo nazorat va mamuriyatchilik vazifalarini amalga oshirishga emas, balki turizm sohasidagi tadbirkorlik faolligini kuchaytirishga butun choralar bilan koʻmaklashishga, turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan barcha gʼovlar va toʻsiqlarni bartaraf etishga, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. Mazkur Farmonni amalga oshirish iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga, tarkibiy oʼzgartirishlar va diversifikatsiya qilishga, barcha mintaqalarni va turdosh tarmoqlarni kompleks ravishda ildam rivojlantirishning yetakchi kuchi bolish imkoniyatiga ega mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmogi sifatida turizmni jadal rivojlantirishni taminlashga, Shuningdek Oʻzbekistonning jozibador turizm markazi sifatidagi ijobiy qiyofasini shakllantirishga butun choralar bilan koʻmaklashadi. Bu farmonlarning ijrosi yuzasidan joylarda, xususan Buxoroda bir qator faoliyatlar boshlab yuborildi. Buxoroning turizm sohasi mutaxassislari, mutasaddi tashkilotlari hamda turizm kafedrasi professor-o`qituvchilari hamkorligida Buxoroda turizmga ixtisoslashgan erkin iqtisodiy hudud yaratish konsepsiyasi ishlab chiqilib, konsepsiya doirasida Buxoroda TEIH yaratish asoslari, oqibatlari, faoliyat doirasi, hudud oldidagi maqsadlar, hukumat hamda ma`muriyat oldiga qo`yiladigan vazifalar, hudud obyekti, subyekti, shug`ullanadigan faoliyati kabi masalalarga atroflicha to`xtalib o`tilgan hamda vazifalari belgilangan. Konsepsiya TEIHlari mavjud hamda faoliyati samarali tashkil qilingan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan. Ilmiy asoslab berilgan mazkur konsepsiya doirasidan kelib chiqib Концепция создания свободной туристической зоны “Древней город Бухара” в городе Бухара”, 2017 yil 20 aprel, № 02- 09/1091 sonli O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi farmoni chiqarildi. Mazkur farmonga muvofiq 2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini tezkor rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, mazkur dasturda amalga oshiriladigan faoliyat, uning muddati, hisobkitob qiymati, moliyalashtirish manbalari hamda ijrochi mas`ullar belgilab qo`yilgan. Dastur doirasidagi faoliyatlar boshlanib, Buxoroni rekonstruksiya qilish masalalariga alohida e`tibor qaratilmoqda. Shaharning turistik salohiyatini yuksaltirish maqsadida bugungi kunda bir qator qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu esa dastur amaliyotining boshlanganidan yaqqol dalolat beradi. Prezidentimiz SH. M. Mirziyoyevning 2017 yil 19 maydagi 2017-2019 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahri turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi PP-2980-sonli qarori Buxoro Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri bo`lib, buyuk ipak yo`li chorrahasida joylashgan. Buxoro shahrining Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi ilk davrlardan boshlab hunarmandchilik tarmoqlari (kulolchilik, temirchilik, misgarlik, zardoʻzlik, zargarlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik va h.k.) va savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga turtki boʻldi. Buxoro O`zbekistondagi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladigan viloyatlardan biri bo`lib hisoblanadi. Buxoroning tarixiy qimmati yuqorili, butun dunyoda mashhurligining yaqqol dalili sifatida 1993 – yilda YuNESKO ro`yxatiga kiritilganligidan ham anglash qiyin emas. Buxoro qadimiy me’morchilik obidalariga boy. Ayni paytda bu yerda an’anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan bir qatorda sayyohlikning ekologik, sport, davolash-soglomlashtirish kabi qator turlarini rivojlantirish borasida katta imkoniyatlar mavjud. Bundan samarali foydalanish maqsadida Buxoro shahrida turistik erkin iqtisodiy hudud tashkil etish goyasi ilgari surilmoqda. Mazkur qarorning qabul qilinishi bu yo`nalishdagi faoliyatlarni aniq belgilab berdi.Qaror bilan tasdiqlangan Dasturga asosan, Buxoro shahrining eski shahar qismida xorijiy sayyohlarning bosh vaqtlarini tunu kun mazmunli tashkil etish uchun 12 gektarlik Qadimiy Buxoro turistik zonasi, uning hududida zamonaviy mehmonxonalar, savdo-kongilochar markazlar, 500 orinli amfiteatr barpo etiladi. Shaharning tarixiy qismida yopiq bozor va hunarmandlar mahallasi tashkil qilinadi, Buxoro Palas va Zarafshon mehmonxonalari qayta quriladi va 11 ta tort yulduzli yangi mehmonxonalar, restoranlar quriladi, turistlarning kechki vaqt dam olishlari uchun teatrlashtirilgan konsertlar va musiqali shoular tashkil etiladi. Yetti pir ziyoragohlari majmualari infratuzilmasi butkul yangilanadi. Yangi turistik yonalishlar tashkil etish maqsadida Shofirkon tumanidagi Ogutma koli atrofida turizm infratuzilmasi rivojlantiriladi. Jayron ekologiya markazining Tashrif markazi kapital tamirlanib va uning atrofida zoologiya bogi barpo etiladi. Peshku tumanidagi Qoraqir kolida ov, plyaj va sport turizmi bilan shugullanish uchun sharoitlarni yaratiladi, «Afshona» muzeyi atrofida ixtisoslashtirilgan uy-shifoxonalar quriladi.Albatta bu ishlarning barchasi viloyat turizm salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuning bilan bir qatorda 26-28 may kunlari Buxoroda an`anaviy XVI an`anaviy Ipak va ziravorlar xalqaro turizm festivali o`tkazildi. Mazkur festivalning o`tkazilishi ko`hna va navqiron shahrimizning an`anasiga aylanib bormoqda. Festivalning doirasida 27 may sanasida tashkil etilgan an`anaviy III ilmiy amaliy konferensiya yana bir marta turizm sohasining rivoji uchun xizmat qilishga turtki bo`ldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Konferensiya mavzusi Buxoroda turistik erkin iqtisodiy hududni yaratish imkoniyatlari va rivojlantirish istiqbollari bo`lib, konferensiya doirasida BTEIHning yaratilishiga alohida to`xtalib o`tildi. Bir qator chet eldan kelgan mehmonlar, soha mutaxassislari bilan fikr va mulohazalar almashildi. Konferensiya ishida xalqaro diplomatik korpus vakillari ishtirok etayotganligidan foydalanib, Buxoroda turizm sohasini rivojlantirish, xizmat korsatish tizimini yangilash hamda xalqaro tan olingan madaniy meros obektlarini saqlab qolishning bosh mezoni bolmish xorijiy sarmoyalar, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalarni jalb qilish masalalariga ham toxtalib o`tildi. Konferensiya ishida Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi axborot-tahlil boshqarmasi boshligi U.Xolbadalov, Hunarmand uyushmasi raisi orinbosari L. Mirzaeva, Buxoro va Santa Fe shaharlari birodarlik qomitasi raisi Kerol Roberson Lopez, Fransiyaning Ozbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Violen de Villemer, Turkiya xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (TIKA)ning Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari Suleyman Qiziltoprak, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi xorijiy eksperti Kvang Nam Kim, SMK (Litva) amaliy fanlar universiteti Turizm va marketing kafedrasi mudiri Yurate Sereykiene, Ozbek-Yapon markazi so-direktori Xiroxiko Takata, BuxDU professori H.Torayevlar sozga chiqib, anjumanning asosiy maqsadi Buxoroni dunyo turizm markaziga aylantirish, xalqaro hamkorlikni yanada yolga qoyish, Shuningdek, savdo-sotiq va milliy hunarmandchilikni rivojida muhim ahamiyat kasb etishini takidlashdi. Kunning ikkinchi yarmida konferensiya uch yonalishdan iborat seksiyalarga bolinib oz ishini davom ettirdi. Bu seksiyalarda moderator sifatida BuxDU professor o`qituvchilari faoliyat olib bordilar. Har bir seksiyada konferensiya ishtirokchilari tomonidan dasturga muvofiq ma`ruzalar tinglandi. 1- sho`ba bevosita Erkin turistik iqtisodiy zonalar va turizm klasterlarini yaratishning ilmiy-amaliy asoslari deb nomlanib mazkur sho`bada dissertatsiya mavzuimga tegishli masalalar aytib o`tildi. Konferensiya doirasida nashrdan chiqqan maqolalar to`plamida chop etilgan Buxoro turistik erkin iqtisodiy zonasini yaratishning ilmiy amaliy jihatlari mavzusidagi maqolam yuzasidan ma`ruzaga chiqib BTEIHini yaratish borasidagi taklif va mulohazalarimni bildirdim. Bunda jahon tajribasiga asoslangan holda faoliyatni tashkil etish, chiqarilgan qaror va farmonlar yuzasidan faoliyatni boshlash va har bir mutasaddi tashkilot o`z vazifasini sitqi dildan amalga oshirishi juda muhim hisoblanadi. Viloyatimiz investitsion salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari nihoyatda keng bolib, avvalo qulay geografik hududda, M-37, A-380 xalqaro yollari kesishmasida joylashgan. Xalqaro yuklarni tashishda Turkmaniston orqali dengiz yoliga boglangan. Jahonda oz nufuziga ega bolgan Buxoro xalqaro aeroporti, Toshkent-Buxoro yonalishida atigi 3,5 soatda manzilga etib keladigan zamonaviy tezyurar poezdlari qatnovi ham bu borada imkoniyatlarimiz anchayin kengligidan darak beradi. Albatta bu kabi qulayliklar kelgusida mamlakat, shu jumladan viloyatda turizm yonalishida xorijiy investorlarni yanada kengroq jalb etishda, har ikki tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oylaymanki, o`tkazilgan konferensiya doirasida ishlab chiqiladigan ilmiy tavsiyalar xorijiy sarmoyalar, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalarni jalb qilishning yangi yonalishlarini belgilash hamda bu orqali viloyat turistik salohiyatini oshirish, servis sifatini yuksaltirish boshqa masalalar yechimini aniqlash va amaliyotga tatbiq etishda muhim vosita bolib xizmat qiladi.


XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy Buxoro shahrida iqtisodiy infratuzilmalarning rivojlanishi ijobiy natijalarga olib keladi. Aholi bandligi bilan bog'liq muammolar hal qilinadi va xalqning iqtisodiy farovonligi ta'minlanadi. Mazkur jarayonda korxonada ishlab chiqariladigan eksport tovarlarining yillik miqdori, mahsulotlar bo'yicha tijorat takliflari, korxona omborida mavjud eksport mahsulotlarining miqdorlari, eksportni ko'paytirish, qo'shimcha xorijiy hamkorlar topish, aylanma mablag' olishda korxonalarga ko'maklashish, eksport qilingan mahsulot uchun qo'shimcha qiymat soliqlarini qaytarish, elektr energiya va gaz ta'minotini yaxshilash kabi qator masalalar hal qilinib boriladi.



Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish