§1.1. Sanoat korxonalarida energiyani tejashning asosiy tamoyillari
Korxonada nima uchun energiyani tejash kerak? Bu savolga quyidagicha javob beriladi:
1) Energiya iste’molini kamayishi korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot narxini kamayishiga olib keladi, kelajakda energiya tannarxini oshishida bardoshlilik ni oshiradi va to‘laligicha katta iqtisodga olib keladi va umuman olgan korxonanning raqobatbardorshligini oshiradi;
2) Energiya iste’molchilari energiyadan tejamli foydalanishni amalga oshirsa, unda iqtisodiy rivojlanish va ishlab chiqarilayotgan maxsulotni ko‘payishi energiyani iste’molini oshirmasdan xosil qilinadi;
3) Energiya iste’molining tejamliligi atrof - muxitni muxofaza qilishda katta axamiyatga egadir. Xozirda sanoat ishlab chiqarishini rivojlanishida atrof - muxitni muxofaza qilish asosiy masalalardan biri bo‘lib, istiqbolda bu muammoni xal qilishda energiya iste’molining tejamliligi birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
Xozirgi kunda, ishlab chiqarish korxonalari energiyadan tejamli foydalanishga ikkinchi darajali masala deb qaramoqda, bunda asosiy masala deb esa, qurilmalarning ekspluatatsiya xolatini yaxshi saqlash va istqbolda ko‘proq maxsulot ishlab chiqarish xamda sotishni rejalashtirish masalasi xisoblanmoqda.
Sanoat korxonalarida energiyani tejashning asosiy tamoyillari bo‘lib quyidagi chora-tadbirlar hisoblanadi:
Energetik audit o‘tkazish;
Energiyani tejash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Energiyani tejash kattaligini baholash;
Korxonaning energiyani tejashini jamoa boshqaruvini ishlab chiqish; -moddiy rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish;
§ 1.2. Iste’mol qilinayotgan quvvatni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar Agregatlar, texnologik liniyalar, uchastka va sex energiyani tejovchi ish rejimlarini tanlashda iste’mol qilinayotgan quvvatni kamaytirishni quyidagi tadbirlar bilan tashkillash mumkin.
agregatni salt ishlashini uni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish xisobiga kamaytirish;
agregatni o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash yoki almashtirsh;
ishlab chiqarish vaqtida salt ishlashni vaqtini kamaytirish;
agregatni quvvatni qayta ishlanayotgan yoki ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini o‘zgartirmasdan tezligini rostlash yo‘li bilan tushirish;
korxonaning talab qilinayotgan quvvatini tushirish.
Bizga ma’lumki sanoat korxonalarida buyurtma berilgan elektr energiyasi uchun ikki stavkali ta’rifda pul to‘lanadi. Buyurtma qilingan elektr energiya miqdorini kamaytirish esa o‘z – o‘zidan elektr energiya uchun to‘lanadigan pulni iqtisod qiladi va maxsulot tan narxini tushiradi.
Buyuriladigan quvvatni kamaytirish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:
Katta quvvatli agregatni ish vaqtini korxonaning yuklamasi tushgan vaqtga o‘tkazish;
Maksimum vaqtga o‘tishda agregatlarni o‘chirish yoki quvvatni kamaytirish;
Ishlayotgan vaqtda agregatlarni o‘chirish yoki quvvatni kamaytirish texnologiya bo‘yicha ruxsat berilsa, ishlab chiqarilayotgan maxsulot xajmi kamaymasa va tan narxiga ta’sir qilmasagina amalga oshirish mumkin;
Maksimum vaqtga o‘tishda agregatlarni o‘chirish yoki quvvatni
kamaytirish;
Ishlayotgan vaqtda agregatlarni o‘chirish yoki quvvatni kamaytirish
texnologiya bo‘yicha ruxsat berilsa, ishlab chiqarilayotgan maxsulot xajmi
kamaymasa va tan narxiga ta’sir qilmasagini amalga oshirish mumkin;
Elektr energiyasi uchun rostlangan xolatdan keyingi kamaygan to‘lovni quyidagi ifoda orqali amalga oshirish mumkin.:
S= (Rv+Rn) V ; (1.1)
bunda R3 – rostlangunga qadar buyurtma qilingan quvvat kattaligi; Rr– rostlangandan keyingi buyurtma qilingan quvvat kattaligi; V- ikki stavkali ratifda 1 kVt ning narxi.