О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

Farg`ona
— antik davr yunon olimlari bu viloyatdan deyarli bexabar qolganlar. 
Makadoniyalik Iskandarning Xo`jandgacha kelgani aniq. Ammo undan sharqqa, Farg`onaning 
ichiga o`ta olmagan. SHuning uchun bo`lsa kerak, yunoncha kitoblarda qadimiy Farg`onaning 
tavsifi yo`q. U tomonda «YAksart orqasida» allaqanday o`troq aholi borligigina qayd etilgan, 
xolos. Faqat ilk o`rta asr adabiyotidagina Farg`ona nomi qayd etilgan.
Farg`ona nomining ma`nosi shu choqqacha aniqlangan emas. Lekin bu haqda bir qancha 
izoh, taxmin va mulohdzalar bor: Gerodotning yozishicha, qadim zamonlarda O`rta Osiyoda 
Parikan nomli qabila bo`lgan; sanskrit tilida parkana deb kichik viloyatga aytiladi; pari xona
ya`ni «go`zallar yurti» degan ma`nosi xam bor; forscha parand (arabcha farand) — «shoyi», 
«ipak» so`zlaridan kelib chiqqan (farandxona — ipakxona degani); qadimiy fors-tojikchada 
pargona — «tog` oralig`idagi vodiy» demakdir. Bu so`zni mahalliy qabilalar o`rganib olib, o`z 
yurtlarini Farg`ona deb atay boshlaganlar; Farg`ona «har xona» so`zlaridan olingan ham 
deyiladi. Bu erning yaxshiligini bilib, har joydan turli qavmlar ko`chib kelgan, ekinzor barpo 
qilib, turg`un bo`lib qolgan. Xonadonlari har joy-har joyda, tillari ham har xil bo`lgan. Ularni 
«xar xona» deganlar. Bu so`zlar iste`molda Farg`ona bo`lib ketgan, deydi Najib Bakron (XIII asr 


103 
boshlari) o`zining «Jahonno-ma» kitobida. Buni YOqut Hamaviy boshqacharoq izohlaydi: xar 
xonadan bittadan kishi ko`chirilib keltirilgan, shundan «az har xona» (har xonadan) deyilgan
keyinchalik bu so`z Farg`ona bo`lib qolgan, deydi u; Tojikiston tog`lari (Turkiston, Zarafshon 
tizmalari) Falg`ar deb atalgan. Bu so`zning «tog` etagi» degan ma`nosi ham bor. SHundan 
Farg`ona nomi yasalgan deydi N. G. Mallitskiy; parkana — qadimgi tojik tilida «berk vodiy» 
degan so`z. Pomirdagi rushon shevasida parkana deb «har tarafi tog`, bir yonigina ochiq 
bo`lgan vodiyga aytiladi» deydi prof. M. S. Andreev.
Zahiriddin Muhammad Bobur Farg`ona viloyatini tasvirlar ekan, M. S. Andreev aytgan 
rushoncha iborani o`zbekcha bayon etgan: «Girdogirdi tog` voqe` bo`libtur. G`arbiy tarafidan. . . 
tog` yo`qtur. Ushbu jonibtin o`zga hech jonibtin qish yog`i kelaolmas» (Boburnoma). Bir 
mulohaza. Antik dunyo tarixchilarining ma`lumotiga ko`ra, «parfiyaliklar» (Janubiy 
Turkmaniston) bir zamonlar skiflar orasidan quvilgan qabila edilar, parf so`zi skifcha «quvilgan 
kishilar» demakdir ... ularning kiyimi tiniq (ipak) va burmalidir. .. Ko`pincha ot minib yuradilar 
... Parfiyaliklarning biridan-biri ko`chili — otliq askarlardir. . . Davan’ (Farg`ona) bilan An’si 
(Parfiya) shevalari o`rtasida ancha farq bo`lmasa-da, ularning tili xiyla o`xshash va ular 
gaplashganda bir-birini tushunadilar». Parf qabilasining ko`p xususiyatlari Farg`onada ham bor: 
yaxshi otlar, ipak kiyim, til o`xshashligi. «Farg`ona» nomi Parfiyona — Parfona — Farg`ona 
transformatsiyasi bo`lmaganmikan, degan fikr ham xayolga keladi.
Ammo yuqoridagi 10 ta izohning birortasini ham qat`iy deb aytolmaymiz. Faqat shunisi 
aniqki, bu viloyatning eng dastlabki nomi Farg`ona yoki Parfona bo`lganligini yirik sharqshunos 
V. A. Livshits isbotlab bergan.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish