O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


O‘ta yuqori chastotali terapiya (mikroto‘lqinli, SVCh-terapiya)



Download 0,7 Mb.
bet49/114
Sana04.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#633997
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   114
Bog'liq
Kelishildi

O‘ta yuqori chastotali terapiya (mikroto‘lqinli, SVCh-terapiya)
Davolash maqsadida o‘ta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlari qo‘llaniladi. Tebranishlarning to‘lqin uzunligi 1 metrdan 1 mmgacha, tebranish chastotasi 300 dan 30000 mGs gacha. Bunda uzunligi 1 mm – 1 sm keladigan to‘lqinlar (santimetrli - SMT) va 10 sm – 1 m keladigan to‘lqinlar (ditsemetrli - DMT) dan foydalaniladi.
Elektromagnit to‘lqinlar spektrida ular ultraqisqa to‘lqinlar va infraqizil nurlari orlig‘ida yotadi.
Mikroto‘lqin energiyasi ichkariga kirish va to‘qimalar tomonidan qabul qilish xususiyatiga ega.
SMT va DMT organizmga bo‘lgan ta'sirida turli to‘qimalarda qabul qilingan energiyaning taqsimlanishi bilan farq qiladi, masalan : SMT energiyasi 5 – 6 sm, DMT esa 7 – 8 sm ichkariga kiradi. Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi mikroto‘lqinlarni sust yutadi, lekin suvga boy to‘qimalar va muhitlar to‘lqinlarni ko‘proq yutadi.
Mikroto‘lqinlar ta'sirida suvning dipol molekulalari va ionlarning muhitdagi harakati yuz berib, u maydon kuch chiziqlari yo‘nalishiga mos tushadi, bu mikroto‘lqin energiyasining issiqlikka aylanishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa qonda, limfada, parenximatoz organlarda, mushaklarda va h.z. Mikroto‘lqin energiyasi ta'siriga va to‘qimalar tomonidan uni qabul qilishga javoban hujayralarning bioximik holatida, kolloid tuzilmalarining disperstlik darajasida, osmotik bosimda, ichkariga kirishida o‘zgarishlar yuz beradi. Issiqlik va issiqliksiz effektlarining paydo bo‘lishi ta'sirning intensivligi va to‘qimalarning qancha miqdorda energiyani qabul qilishiga bog‘liq.
Zaif intensivlikdagi mikroto‘lqinlar qo‘llanilganda, issiqlik ajratuvchi chegaradan past bo‘lganda 0,01 vt/sm2, biologik ta'sir mexanizmida isssiqsizlik effekti yuqori bo‘ladi. Katta ko‘rsatkichli oqimlar zichligi qo‘llanilganda – mikroto‘lqinlar quvvati 0,01 vt/sm2 dan katta biologik ta'sir mexanizmida issiqlik effekti yuqori turadi, bu ko‘p miqdorda suv saqlovchi to‘qimalarda issiqlikning endogen hosil bo‘lishiga bog‘liqdir.
O‘YuCh – ta'sir mexanizmi nerv – reflektor – gumoral deb qaraladi. Natijada biologik aktiv moddalar hosil bo‘ladi.
O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni ta'sirida ta'sir etilayotgan joydagi to‘qimalarning harorati oshadi (katta intensivlikda butun tana harorati oshishi mumkin). Mikroto‘lqinlarning davolash dozalari og‘riq qoldirish, yallig‘lanishga qarshi, bakteriostatik ta'sir, to‘qimalarning oziqlanishini yaxshilovchi, regenerativ jarayonlarni stimullash xususiyatiga egadir. Mikroto‘lqinlar ta'siri quyidagilarda aniqlangan, ya'ni kapillyar qon aylanish tezlashgan, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi ortgan. Kichik dozalarda MNSda asosiy jarayonlarga stimullovchi ta'sir ko‘rsatadi, buyrak usti po‘stlog‘ining gormonlar sintezini oshiradi, vegetativ nerv sistemasi funksiyasining vagotonik yo‘nalishi kuzatiladi. SMT va DMT diapozonlarining farqi quyidagicha :
-SMT – terapiyada hosil bo‘lgan energiya 5 – 6 sm chuqurlikka, DMT – terapiyada 7 – 8 sm, ba'zi holatlarda 10 – 12 smgacha chuqurlikka kiradi.
-SMT – terapiyada issiqlik to‘qimalarning yuza qismida hosil bo‘ladi, DMT – terapiyada ham yuza, ham ichki qismida hosil bo‘ladi.
-DMT – terapiya usuli yurak-qon tomir sistemasi funksiyasiga ta'sir etib, miokardning qisqarish funksiyasini yaxshilaydi, yurak mushaklarida modda almashinuvini faollashtiradi. Periferik qon tomirlari tonusini pasaytiradi, natijada mikrotsirkulyatsiya yaxshilanadi.
Muolaja o‘tkazishda quyidagi apparatlardan foydalaniladi : SMT – terapiya uchun – LUCh-58, LUCh-2, DMT – terapiya uchun – Volna-1, Volna-2, Romashka. Elektrod sifatida silindrsimon, konussimon, aylanasimon, to‘g‘ri burchak shaklidagi nurlatkichlardan foydalaniladi.
O‘ta yuqori chastotali terapiya quyidagi kasalliklarda keng qo‘llaniladi : qo‘l-oyoq va umurtqa pog‘anasi bo‘g‘imlarining degenerativ distrofik kasalliklarida (deformatsiyalangan osteoartroz va spondilez, tovon suyagining shporasi), periferik nerv kasalliklarida (neyromiozit, nevrit, pleksit, nevralgiya), revmatoid artrit, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, obleterik endoartrit, LOR va ayollar jinsiy organlarining yallig‘lanish kasalliklari, gidradenit, operatsiyadan keyingi infiltrat va h.z.
Muolajalar o‘tkazishda ma'lum talablarga javob beradigan alohida joylashgan va himoyalangan xonalardan foydalaniladi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish