O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana30.04.2022
Hajmi0,69 Mb.
#597757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
126163 (1)

Mavzuning dolzarbligi:
 
Yoshlar yurt kelajagi, millatning istiqbolini 
taminlovchi kuch hisoblanadi. Yoshlarning aql-zakovati, intilishiga qarab o`sha 
davlatning ertangi kuni haqida bashorat qilish mumkin.Yurtimiz mustaqilligiga 
erishgach eng muhim masalalardan biri yoshlar siyosatiga katta e’tibor qaratildi. 1991 
yil 20 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat 
siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning davlat mustaqilligi e'lon qilinganligiga 
endigina sakson kun to‘lgan mamalakatda qabul qilinishi, o‘z-o‘zidan o‘sha 
paytdayoq O‘zbekistonda yoshlarga oid siyosat davlat siyosatining muhim 
yo‘nalishlaridan biriga aylanishidan dalolat berar edi.Yoshlarning ijtimoiy va 
ma'naviy jihatdan yuksak darajada kamol topishiga qaratilgan davlatning muhim 



yo‘nalishlarini belgilab berdi va uni amalga oshirishning qonuniy asosini yaratib 
berdi. Qonunning mantiqiy davomi sifatida O’zbekistn Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimovning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat 
siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
Qarori qabul qilindi. 
O’
zbekiston
 
yoshlar mamlakati hisoblanadi. Aholining 64 foizdan ko’prog’ini 
yoshlar tashkil etadi. Demograflarning tadqiqot xulosasiga ko’ra, ushbu ko’rsatkich 
yaqin besh yillikda yana 25 foizga o’sishi ilmiy taxmin qilingan. Natijada mehnatga 
layoqatli aholining soni 50 foizga oshadi
1
. Bu raqamlar yurtimiz aholisining nafaqat 
son jihatdan o’sishini, balki yoshlarning katta intellectual imkoniyatlariga ega ekanini 
ham namoyon etadi. 
Istiqlol yillari yurtimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish 
maqsadida “Sog’lom avlod uchun” ordening ta`sis etilishi; “Kamolot” yoshlar 
ijtimoiy harakatining tashkil etilishi; “Oila yili”, “Sog’lom avlod yili”, “Barkamol 
avlod yili”, “Sog’lom bola yili”, “Yoshlar yili” kabi davlat dasturlarining e`lon 
qilinishi; yoshlar muammolarini o’rganuvchi institutlar va markazlar faoliyatining 
yo’lga qo’yilishi; “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari 
to’g’risidagi” Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi barkamol 
yoshlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. 
Ayniqsa, “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari 
to’g’risida”gi Qonunda yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy 
kafolatlar belgilab qo’yilgan. Qonunda: “Yoshlarga oid siyosat O’zbekiston 
Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo’nalishi bo’lib, uning maqsadi 
yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari 
yo’lida imkoni boricha to’la-to’kis ro’yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, 
1
Ubaydullayeva.R Sotsiolno-demograficheskiy protses v sovremennom Uzbekistane. //www.vrach.uz// 
demograficheskie-processy.



siyosiy-huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan 
iboratdir”
2
, deb belgilangani yuqoridagi fikrlarning yorqin dalilidir. 
O’zbekistonda shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyati, hayotimizda tobora 
muhim ahamiyat kasb etayotgan modernizatsiya jarayonlari va keng qamrovli 
islohotlarning samarasi, avvalo yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularni intellektual 
salohiyatini oshirish, moddiy va ma`naviy rag’batlantirishga qaratilgan. Globallashuv 
zamonida jamiyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida yoshlarga keng
imkoniyatlar yaratish davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Bu borada olib borilayotgan ishlarni xalqqa yetkazish va uni izchil yoritib 
borish bevosita ommaviy axborot vositalari xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat 
yuklaydi. Shu o’rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “27-
iyun matbuot va OAV xodimlari kuni”da soha vakillariga yo’llagan tabrigidagi 
murojaati fikrimizni isbotlaydi: O`zbekistonni dunyodagi taraqqiy topgan 
mamlakatlar qatoriga ko`tarishdek yuksak marralarni ko`zlagan qonunlarimiz, 
dasturlarimiz bo`ladimi – bularning barchasini amalga oshirish uchun xalqimizga 
ochiq va ravshan qilib yetkazish, el-yurtimizni safarbarlikka chorlash, ruhini ko`tarish 
yo`lida matbuot va axborot vositalarining o`rni va ahamiyati beqiyos. …Unib-o`sib 
kelayotgan yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, bizning qanday buyuk tarix va 
merosga ega ekanimizni anglab, ana shu bebaho boylikni qadrlab yashaydigan, biz 
boshlagan ulug’ ishlarning munosib davomchilari bo`lgan insonlar etib voyaga 
yetkazishda matbuot ahlining haqqoniy so`zi, uning ta`siri g`oyat muhim, aytish 
mumkinki, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini hech qachon esimizdan 
chiqarmasligimiz lozim.”
3
Har qanday islohotlarning, xususan, yosh avlod masalalari bo`yicha 
islohotlarning muvaffaqiyati ko`p jihatdan jamiyatda amalga oshirilayotgan 
islohotlarning mazmun – mohiyati va undan ko`zlangan maqsadning to`liq ijrosi 
davlat tomonidan ta`minlashga, nazorat qilinishiga, bu islohotlarning natijasini 
2
“O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonun. 1-modda // O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi // 1992 y., 2-son.
3
“Xalq so`zi” gazetasi 27-iyun, 2013yil.



yoshlar faoliyatida aks etishiga bog`liq. Shu o`rinda OAV xususan bosma nashrlarda 
yoshlarimiz o`z orzu – istaklarini, talablari-yu takliflarini erkin ifoda etish, barobarida 
ularni tergab turuvchi nazorat ko`zgusiga aylanishi kerak. Shu nuqtai nazardan 
jamiyatda yoshlar siyosati, uni amalga oshirish borasida qilinayotgan sa`y harakatlar, 
yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlarning tezkorlik va holisona yondashuv bilan 
yoritish aynan yoshlar matbuoti oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish