4.17-rasm.
Doyimiy
qo‗zg‗atishli
o‗zgarmas tok dvigatelining prinsipial
sxemasi
4.18.
Doyimiy qo‗zg‗atishli o‗zgarmas tok
dvigatelining yakor zanjiri alamshinish
sxemasi
Ushbu mashinlar elektr mashinalari nazariyasida alohida o‗rin egallagan.
1821 yil M.Faradey tomonidan birinchi induktiv elektr mashinasi - unipolyar
dvigatel yaratilgan. Bu dvigatelda o‗zgarmas tok oqib o‗tadigan o‗tkazgich,
doyimiy magnit atrofida aylanadi. Bu xolatda elektr energiyasi mexanik
energiyaga aylanadi. Tokli o‗tkazgich faqat elektr toki zanjirida sirpanuvchi
kontakt bo‗lgandagina doyimiy magnit atrofida aylana oladi. M. Faradey yaratgan
dvigatelda qo‗zg‗aluvchan va qo‗zg‗almas elektr zanjirlari orasidagi sirpanuvchi
kontakt sifatida idishga quyilgan simopdan foydalanilgan.
219
4.19-rasm.
Sirtmoqsimon chulg‗am
4.20-rasm.
To‗lqinsimon chulg‗am
4.9.
Unipolyar o‘zgarmas tok mashinalari
Unipolyar mashinalarning boshqa mashinalardan farqi shundaki, u
umumlashgan elektr mashinalari tuzilishidan farq qilgan xorlatda, stator va rotor
zanjiridan o‗zgarmas tok oqib o‗tadi. Unipolyar mashinlarning aloxida
xususitlaridan biri shundaki, elektr zanjirining qo‗zg‗aluvchi va qo‗zg‗almas
qismlari orasidagi sirpanuvchi kontaktlar soni ikki va undan yuqori bo‗lib,
unipolyar mashinani kontaktsiz qilib tayyorlashning imkoni yo‗q.
4.21-rasmda unipolyar generatorning zamonaviy sxemasi keltirilgan. Val
sifatda tayyorlangan po‗lat massiv rotor 1, podshipnik 2 da aylanadi. Qo‗zg‗atish
chulg‗ami 3 doyimiy magnit oqimi Ф ni xosil qilib, chashka 4 ni rotorning vali
orqali kesib o‗tadi. Bu mashina 4 ta xavo oralig‗iga ega (stator va rotor orasida 2 ta
hamda stator va val orasida 2 ta). Aylanuvchi rotordagi o‗zgarmas tok, rotorning
ichki va tashqi qismlarida joylashgan cho‗tka 5 orqali olinadi. Unipolyar
generatordagi cho‗tkali kontaktning ishlashi qiyin sharoitlarda kechadi, ayniqsa
rotorning tashqi tomonidagi cho‗tkadagi chiziqli tezlik 100 m/s dan oshib ketsa.
4.22-rasmda ko‗rsatilgan unipolyar mashinaning cho‗tkali kontakti ishlash sharoiti
yaxshi.
Bu mashinada cho‗tkalar mis xalqa 6 ustida sirpanadi. Yuklama toki I ning
elektr isroflarini kamaytirish uchun, rotor 1 ning pazlariga mis shinalar o‗rnatilishi
220
mumkin. 4.21-rasmda ko‗rsatilgandek 2-podshipnik, 3-qo‗zg‗atish chulg‗ami, 4-
stator, 5-cho‗tka (magnit oqimi F uzlukli chiziq bilan ko‗rsatilgan).
Unipolyar generatorlarning rotori odatda bir o‗ramli chulg‗amdan iborat
bo‗ladi. Shuning uchun bunday mashinalar past kuchlanishlidir. Ular katta
miqdordagi o‗zgarmas tokga xisoblangan. Unipolyar generatorlar birnecha voltga
va 100’150 kA tokga mo‗ljallanib ishlab chiqariladi. Ammo unipolyar
generatorlarda kuchlanishni oshirish imkoni mavjud. Buning uchun birnechta
cho‗tka va xalqalarni 4.10.2-rasmda ko‗rsatilgandek ketma-ket ulash kerak bo‗ladi.
Bunday xolatda yakorning ichiga izolyasiyalangan o‗tkazgichlar tizimi o‗rnatiladi.
Unipolyar generatorlarda elektr yurituvchi kuch xavo oralig‗idagi magnit
induksiyasiga, rotorning aktiv uzunligi l ga va uning aylanish tezligiga bog‗liq.
Shuning uchun unipolyar mashinalarni loyixalashda xavo oralig‗idagi induksiyani
va aylanish tezligini ko‗paytirishga xarakat qilinadi.
Unipolyar mashinalar, barcha elektr mashinlari singari kabi ham generator
va ham dvigatel rejimida ishlay oladi. Ammo ko‗pincha unipolyar mashinlar
generator rejimida ishlatiladi. Unipolyar generatorlar kuchlanishi kichik bo‗lgan
o‗zgarmas tok talab qilinadigan joylarda ishlatiladi, masalan, elektrolizn vannalarni
va elektr pechlarini o‗zgarmas tok bilan ta‘minlashda ishlatiladi.
Xozirgi kunda quyidagi turdagi unipolyar mashinalar ishlab chiqarilmoqda.
Quyida 4.10.3-rasmda ko‗rsatilgan diskni ko‗p o‗tkazgichli sektor S shaklida
tasavvur qilsak bo‗ladi. Ulardan barchasi aylanish paytida bitta qutb ta‘sirida
bo‗ladi va ularda xosil bo‗lgan EYK ham bir tomonga yo‗nalgan bo‗ladi. Magnit
maydoni va aylanish yo‗nalishining barcha yo‗nalishida EYK ning yo‗nalishi xar
doyim diskning markazidan periferiyasiga qarab yo‗nalgan bo‗ladi.
Ushbu diskli unipolyar mashina namunasida prof. B. I. Ugrimov aylanish
tezligi 10000 ayl/min, kuchlanishi 10 V, toki 10000 A bo‗lgan unipolyar
generatorni loyixalagan. Ammo ushbu generator qoniqarsiz ishlagan, chunki
diskning periferiyasidagi tezlik 170 m/sek gacha oshganligi uchun cho‗tka-kontakt
tizimi yaxshi ishlamagan.
221
Do'stlaringiz bilan baham: |