O r q a n i n g y u q o r i t i s h l i m u s k u l i pastki ikkita bo'yin va
yuqori ikkita ko'krak umurtqasining qirrali o'siqlaridan boshlanib, II—V
qovurg'alarning orqa tomoniga yopishadi.
Funksiyasi.
Qovurg'alarni ko'taradi.
O r q a n i n g p a s t k i t i s h l i m u s к u 1 i . Pastki ikkita ko'krak va
yuqoridagi ikkita bel umurtqalari ro'parasida
fassiyadan boshlanib, IX—
XII qovurg'alarga yopishadi.
Funksiyasi.
Pastki qovurg'alarni pastga tortadi.
Orqaning chuqur muskullari
O r q a n i n g c h u q u r m u s k u l l a r i umurtqa pog'onasining ikki
yonboshida umurtqalarning qirrali o'siqlari bilan qovurg'alar burchagi-
ning o'rtasida hosil bo'lgan egatchalarda joylashgan. Ular lateral va me
dial tutamlardan tuzilgan uzun va chuqurda joylashgan mayda-kalta
muskullardan iborat.
Lateral tutam bir necha muskullardan tuzilgan.
U m u r t q a
p o g ' o n a s i n i
t i k l o v c h i
m u s k u l l a r .
Dumg'azaning
orqa sathidan, bel umurtqalarining ko'ndalang o'siqlari
dan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va kurak-bel fassiyasidan bosh
lanib, yuqoriga ko'tariladi va ensa suyagigacha yetib boradi. Bu muskul
yopishadigan joyiga qarab uch qismga bo'linadi.
1) Y o n b o s h q o v u r g ' a m u s k u l i asosan qovurg'alarga yopi
shadi.
2 ) Uz u n m u s k u l medial joylashgan bo'lib, umurtqalarning ko'nda
lang o'siqlariga yopishadi.
3) Q i r r a l i m u s k u l qirrali o'siqlar ustida medial joylashgan bo'lib,
umurtqalarning qirrali o'siqlariga yopishadi.
Funksiyasi.
Muskul ikki tomondan baravar qisqarsa, gavdani tik
saqlaydi.
Bir tomondagi muskul qisqarsa, umurtqa pog'onasini, boshni
qisqargan tomonga bukadi.
M e d i a l t r a k t m u s k u l bir qancha mayda muskullardan tuzil
gan bo'lib, umurtqa pog'onasini tiklovchi muskulning ostida joylashgan.
K o ' n d a l a n g q i r r a l i m u s k u l umurtqalarning ko'ndalang
o'siqlaridan boshlanib, yuqoriga yo'naladi va umurtqalarning qirrali o'siq
lariga yopishadi.
Q i r r a l a r a r o m u s k u l ikkita yonma-yon joylashgan umurtqa-
laming qirrali o'siqlari orasida joylashgan.
B o s h n i n g o r q a k a t t a va k i c h i k t o ' g ' r i m u s k u l l a
ri I va II bo'yin
umurtqalaridan boshlanib, ensa suyagiga borib yopishadi.
Bulardan tashqari, I va II bo'yin umurtqasi o'rtasida boshning pastki
qiyshiq muskuli joylashgan. Bu muskullar boshni vertikal ushlashda, orqaga
va yonboshga burishda qatnashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
B o ' y i n v a b o s h n i n g t a s m a m u s k u l l a r i
pastki beshta
bo'yin va yuqoridagi oltita ko'krak umurtqalarining qirrali o'siqlaridan
boshlanib, ensa suyagiga va chakka suyagining so'rg'ichsimon o'sig'iga
yopishadi.
Funksiyasi.
Ikki tomonlama qisqarib, boshni orqaga bukishga yordam
bersa, bir tomonlama qisqarib, boshni o'sha tomonga egadi.
Orqa fassiyasi.
Orqada yuza va ko'krak-bel fassiyalari tafovut etiladi.
Teri ostida yuza joylashgan orqaning yuza fassiyasi
trapetsiyasimon va
orqaning serbar muskullarini ustidan o'raydi. Ko'krak-bel fassiyasi xiyla
qalin bo'lib, ikki varaqqa bo'linadi. Yuza varag'i umurtqa pog'onasini
tiklovchi muskulni ustki tomonidan, chuqur varag'i esa shu muskulni
ostki tomonidan o'rab,
orqaning chuqu
Do'stlaringiz bilan baham: