O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Marketing mikromuhiti omillari



Download 1,2 Mb.
bet17/102
Sana05.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#530097
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102
Bog'liq
marketing 2020

5.2. Marketing mikromuhiti omillari
Marketing muhiti tashkilot doirasidagi va keng ta’sir doirasidagi belgisiga ko’ra mikromuhit va makromuhitlarga bo’linadi.
Mikromuhit tarkibiga tashkilot tomonidan o’z imkoniyatlari va mavjud salohiyati vositasida ta’sir etuvchi sub’ektlar va kuchlar kiradi. Jumladan, ta’minotchilar, raqobatchilar, mijozlar va xaridorlar, marketing bo’yicha vositachilar (agar ular tashkilotga bevosita maslahatlar berayotgan bo’lsa), muloqotdagi jamoa – mikromuhit elementlari hisoblanadi. Makromuhit omillariga mikromuhitga ta’sir etuvchi katta ijtimoiy ta’sirga ega omillar – demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnologik, siyosiy va madaniy omillar kiradi.8



5.1-rasm. Mikromuhit omillari9

Marketing faoliyatini amalga oshirishda tashkilotning barcha funksional bo’linmalari (buxgalteriya, moliya, ishlab chiqarish, sotish, marketing, ilmiy-tadqiqot va hokazo) etakchi ahamiyat kasb etadi. Bo’linmalarning tashkiliy tuzilishi, bo’ysunishi esa tashkilotning boshqarish tuzilishidan kelib chiqadi. SHuni ta’kidlab o’tish joizki, marketing maqsadlari va vazifalari bevosita boshqarish tizimining shakllanishini belgilashi lozim, aksincha emas.


SHu nuqtai nazardan, marketing faoliyatining shakllanishi va mikromuhitda ta’sir etuvchi kuchlar ta’sirini e’tiborga olish zarur hisoblanadi.
Tashkilot mikromuhitini o’rganish ta’minotchilardan boshlanadi. Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig’indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari bilan ta’minlaydi, muayyan tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun sezilarli ta’sir o’tkazadi. Ta’minotchilarni o’rganish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Tashkilot uchun ta’minotchi bo’lgan firma, uning raqobatchisi uchun ham ta’minotchidir. Ta’minotchi ham o’z faoliyatida erkin bo’lib, uning talablar va ehtiyojlarini tabiiyki, nazarda tutish lozim.
Masalan, A – firmaning ta’minotchisiga nisbatan munosabatini olaylik. Etkazib berilgan tovar uchun pul to’lovlarining kechiktirilish, shartnoma kelishuvlarining tez-tez buzib turilishi, nafaqat undan mahrum bo’lish xavfini, balki barcha ta’minotchilar o’rtasida ushbu A – firmasiga nibatan salbiy mulohazalar vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Eng ko’ngilsiz oqibat sifatida esa, qayd etilgan ta’minotchini A – firmaning Raqobatchisi manfaatlarida xizmat qilishi va uning doimiy ta’minotchisiga aylanishini misol qilish mumkin.
Marketing bo’yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlariga etkazish, sotish, aloqa o’rnatish bo’yicha yordam ko’rsatuvchilardir. Ular jumlasiga savdo vositachilari (dilerlar, distribyuterlar, savdo markazlari va hokazo), tovar etkazib berish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar (transport xizmati ko’rsatuvchi tashkilotlar, portlar, aeroportlar, omborlarga ega bo’lgan tashkilotlar va shu kabi tovar harakatini ta’minlovchilar, vositachilar), kredit-moliya muassasalari (banklar, kredit kompaniyalari, sug’urta kompaniyalari va hokazo) kiradi.10
Mijozlar va xaridorlarni o’rganish odatda ularni «mijozli bozor» turkumiga bo’lib o’rganish keng tarqalgan.
Tashkilot o’z mahsulotlarini quyidagi mijozlar bozorida sotishi mumkin:

  1. iste’mol bozorida, ya’ni bevosita uy xo’jaliklari ehtiyojlarin qondirish uchun;

  2. ishlab chiqaruvchilar bozorida, ya’ni tashkilot mahsulotidan foydalanib, boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar ehtiyojlarini qondirish uchun tashkil etiladigan bozorda;

  3. davlat muassasalari bozorida,ya’ni davlat buyurtmalari asosida bajariladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlar bozorida;

  4. ulgurji bozorda;

  5. xalqaro bozorda.

Har bir bozor o’z xususiyatiga va mijozlarining turli-tuman ehtiyojlariga ega. SHu jihatdan, tashkilot mijozlar ko’lamini va tarkibini o’zgartirishi natijasida tovarni ishlab chiqarish hajmi, quvvati, sotish intensivligi, foyda me’yori turlicha bo’ladi. Demak, tashkilot o’z oldiga keng imkoniyatli mijozlar bozorini shakllantirish vazifasini qo’ymog’i lozim.
Raqobatchilar alohida o’rganishni talab qiladi. Ular o’z navbatida, istak bo’yicha, safdosh tovar bo’yicha, tovar turi bo’yicha va tovar markasi bo’yicha turkumlanadi.



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish