O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Tovar raqobatbardoshligi tushunchasi



Download 1,2 Mb.
bet58/102
Sana05.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#530097
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102
Bog'liq
marketing 2020

12.2.Tovar raqobatbardoshligi tushunchasi.
Bozordagi raqobatning asosiy dastagi tovar bo’lib, u iste’molchining ehtiyojlarini qondirish vositasidir. SHuning uchun ham ishlab chiqaruvchining o’rni tovarining raqobatbardoshligi bilan belgilanadi. Marketing tadqiqotlarida tovarni o’rganish uning raqobatbardoshligini tahlil qilish bilan ham bog’liqdir.
Tovarning raqobatbardoshligi deganda uning xaridor uchun jozibadorligi tushuniladi. Tovarning raqobatbardoshiligi bu tovarning o’ziga o’xshagan raqobatchi-tovarlar orasidan iste’mol xossalari va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan ajralib turishidir.59 Tovarning raqobatbardoshligi uning nisbiy va umumlashgan tavsifini o’z ichiga oladi. Ular ehtiyojlarni qondirish va ushbu qondirishga ketgan xarajatlar darajasiga qarab tovarning raqobatchi-tovardan ustunlik farqlarini ifodalaydi. Lekin bu farqlargina raqobatbardoshlikni belgilab bermaydi. Raqobatbardoshlikda aynan tovarning iste’molchi uchun jozibadorligi muhimdir. Xaridor ob’ektiv ravishda nohaq bo’lganda ham u yoki bu tovarni tanlash - uning qaroridir. Biznes sohasida bunga anchagina misol keltirish mumkin: ekspertlar tomonidan yuqori baholangan tovar negadir iste’molchilar tomonidan qabul qilinmaydi. Bunga kino olamidan yaqqol misol keltirish mumkin, masalan, turli festival va tanlovlarda g’olib chiqqan filmlar ko’p hollarda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’lmaydi. Lekin sotuv hajmlari va tovar raqobatbardoshligi o’rtasida tenglik belgisini qo’yishga shoshilmaslik kerak:
Birinchidan, mijozlarni qoniqtirmaydigan mahsulotlar tanlov cheklangan yoki tanqislik davrida yaxshi sotilishi mumkin. Bu holat bozorga yaxshiroq tovarlar chiqqunga qadar davom etadi.
Ikkinchidan, raqobatbardosh tovarlar tor doiradagi iste’molchilarga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Ular yaxshi, ammo hamma uchun mo’ljallanmagan va shu sababli hech qachon ommaviy talabga ega bo’lmaydi. Masalan: invalidlarga mo’ljallangan avtomobillar.
Tovar bozorda ijtimoiy ehtiyojlar darajasini qanoatlantirishi bo’yicha tekshirishdan o’tadi, chunki har bir xaridor uning ehtiyojini qondiruvchi tovarni xarid qiladi. Hayotimizda o’rtoqlarimiz yoki qarindoshlarimiz tomonidan nimanidir juda qulay narxda sotib olganliklarini so’zlab berishayotganlariga guvoh bo’lganmiz. Bunda to’langan puldan rozilik va hattoki, agar tovar qimmatroq bo’lsa xaridor baribir sotib olgan bo’lishini ta’kidlaydi. Bu nima degani? Gap shundaki, tovarning narxi uning iste’mol qiymatidan ancha past hamda shuning uchun ham xaridor katta qoniqish hosil qilyapti. Demak, tovar raqobatbardoshligi iste’molchi olgan bepul foyda, naf orqali baholanadi va 2 ko’rsatkichni birlashtiradi:

  • Tovarning narxi

  • Tovarning iste’mol qiymati

Xulosa qilib aytganda, tovar raqobatbardoshligi - bu tovarning iste’molchining aniq bir ehtiyojini qondira oladigan hamda raqib tovarlaridan ajratib turuvchi xususiyatlari yig’indisidir.60

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish