120
Ahmad ibn Umar al-Xevaqiy(Najmiddin al-Kubro) (1145-1221 yy.) ham faol
qatnashdi.
Buyuk alloma -76 yoshli Najmiddin Kubro Chingizxon qo‗shinlari Urganch
sha
h
rini qamal qilganda sha
h
ar mudofaasini yaxshi tashkil etib, xalqqa bosh bo‗ldi.
Kubroning «Yo Vatan yo sharafli o‗lim» deb qilgan xitobi ostida urganchliklar
qariyib 5 oy mo‗g‗ullarga qarshilik ko‗rsatdilar. Biroq yordamchi kuchlar
bo‗lmaganligi sababli mag‗lub bo‗lishdi. Najmiddin Kubro mo‗g‗ul bosqinchilariga
qarshi jangda sha
h
id bo‗lgan. Qabri ko‗xna Urganchda. Keksa shayx va donishmand
insonning bu jangdagi qa
h
ramonligi, jasorati avlodlarga ibrat bo‗lib qoldi.
Shahar mudofaasi cho‗zilib, hatto Chingizhon o‗g‗illari Jo‗ji va Chig‗atoy
o‗rtasida ham ixtilof chiqib shaharni egallash boshqa bir og‗il O‘qtoyga topshirldi.
Behisob qon daryo bo‗lib oqib, bundan so‗nggi himoya befoydaligini sezgan
shaharliklar qolganlarni jonini saqlab qolish maqsadida taslim bo‗lishdan o‗zga
choralari qolmaydi . 100000 dan ko‗proq hunarmandlar ajratib olinib Mo‗g‗ulistonga
jo‗natiladi. Shahar ahli dashtga haydab chiqarilib, bolalar va ayollar bo‗lib olinadi .
Ortiqcha askarlar haqoratli o‗limga mubtalo etiladi. Shahar qo‗lga olingandan uning
asosiy qismi buzilgan honavayron bo‗lgan edi.Shundan keyin ham mo‗g‗ullar
Amudaryo to‗g‗onini buzib, shaharni suvga bostiradilar.
Urganch qamali bilan bir vaqtda Chingizxon 1221 yilning bahorida o‗zining
e‘tiborini Amudaryodan janubdagi yirik savdo yo‗llari ustida joylashgan boy
madaniyat markazlari bo‗lmish Balx, Hirot, G‗azna, Qandahor, Nishopur va
boshqalarga qaratdi. Chingizxon shaxsan Balx yurishiga boshchilik qilib, shaharni
zabt etdi.Balx aholisini esa qirib tashladi. Ba‘zi bir janublik Xorazmshoh noiblari,
jumladan Amin-al mulk ham mo‗g‗ullar tomoniga xiyonatkorona oldirildi.
Jaloliddinga qarshi kurash vaqtida qator qal‘a, shaharlar qattiq janglar ila ishg‗ol
qilindi (Bamiyon, G‗azna, Qandahor Gardiz, Valiyon va boshqalar.) Ularning
janubdagi oxirgi egallagan shahri Hindistonning shimoliy g‗arbidagi Mo‗lton bo‗lib
qoldi.
Manbalarda Buxoro, Samarqand, Balx, Marv; Nishopur va ko‗plab ma‘lum
va mashhur shaharlar talon-taroj etilib vayron qilindi. Mo‗g‗ullarning kuchli
zarbasiga uchragan ba'zi shaharlar, masalan, O‗tror, Sig‗noq, boshqalar umuman
uzoq vaqtgacha dasht-biyobonlarga aylanib qoldi. Mogillar hech qaysi shaharlarni
omon qoldirmadilar, ketayotib hamma yerni vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan
o‗tgan bo‗lsalar o‗zlariga yoqmagan barcha narsalarga o‗t qo‗ydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: