O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


IV.2. Turk hoqonligining vujudga kelishi. Turk hoqonligi davrida ijtimoiy



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

IV.2. Turk hoqonligining vujudga kelishi. Turk hoqonligi davrida ijtimoiy, 
iqtisodiy va madaniy hayot. 
Eftaliylar davlati 563-567 yillarda Turk hokoni Silsivul bilan bo‗lgan kurashlarda 
mag‗lubiyatga uchrab, inqirozga yuz tutdi va o‗z o‗rnini yangi siyosiy kuch – 
Turk 
hoqonligiga
(551-744) bo‗shatib berdi. 
 
Turkiy xalqlar tarixi masalasida I.Bichurin, N.Gumilov va boshqa turkshunos 
olimlar turkiy urug‗lar haqidagi dastlabki ma‘lumotlar xitoy solnomalarida m.a. 1756 
yilga oidligini yozganlar. Xitoy manbalarida turkiylar «
Tu-kyu
»

«
Xunlar
» nomi 
ostida 92 yil- da Oltoy tog‗ etaklarida joylashganliklari haqida ma‘lumotlar bor. 
Xitoylar ularni Ashin nomi bilan ham ataganlar. P.Pelo «
Turk-yut
» so‗zini turkiylar 
deb izohlagan. «
Turk
» atamasi kuchli, baquvvat degan ma‘noni anglatib, avval 
qabilalar birlashmasining, keyinchalik siyosiy jihatdan birlashgan xalqlarning 
umumiy nomini bildirgan. 
Arab tarixchilari at-Tabariy, Denovariy (IX-X asr), buyuk ajdodlarimiz Abu 
Rayhon Beruniy, Narshaxiy, Mahmud Qoshg‗ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos 
Hojib (XI asr) asarlarida ham turkiy xalqlar tarixiga oid qimmatli ma‘lumotlar 
keltirilgan. Masalan, Yusuf Xos Hojib «
Qutadg‘u bilig
» (Saodatga yullovchi bilim) 


76 
asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp Er Tunga to‗g‗risida: «
U bilimdon, zakovatli, 
katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uning shon-shuhratini dunyoga taratgan. U turk 
beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi. Uning tengi topilmas edi. 
Forslar uni Afrosiyob deb atashgan
»

deb yozadi. Turkiy xalklar tarixiga oid 
ma‘lumotlar «
Alpomish
»

«
 
Go‘ro‘g‘li
»

«
Manas
»

«
Dala qurqut
» kabi dostonlarda 
ham ma‘lum darajada o‗z aksini topgan.
VI asrning ikkinchi yarmida Ashin urug‗idan bo‗lgan Asan va Tuu (460-545) 
turkiy qabilalar ittifoqiga asos soldilar. Tuuning o‗g‗li Bumin Tele qabilasini 
bo‗ysundirgach, 551 yilda Markaziy Osiyoda ancha kuchli bo‗lgan Jujanlar (juan-
juanlar – mo‗g‗ullar,juan-juanlar g‗arbga siljib, keyinchalik avarlar degan nom 
oldilar.) xonligini tor-mor etdi va Turk hoqonligi (551-744) ga asos soldi. U Ili 
daryosi bo‗yida hukmdor deb e‘lon qilingach «
Ilixon
» - Ili qag‗an nomini oldi va 
o‗z yurtini hoqon nomi bilan boshqara boshladi. Oltoydagi Utukan shahri yangi Turk 
hoqonligining poytaxti qilib belgilandi. Bumin o‗z ukasi Istamiga birinchi sarkarda 
va davlatning bosh amaldori darajasini bildiruvchi - «
Yabg‘u
» (
bahodir
) unvonini 
berdi. Aka-ukalar birgalikda davlat chegaralarini kengaytirishga kirishdilar. Turk 
hoqonlari janubi-g‗arbiy Manjuriyada kidanlar, Enisey bo‗yida qirg‗izlar va boshqa 
qabilalarni bo‗ysundirdilar. Shimoliy Xitoy davlatlari Turk hoqonligiga o‗lpon to‗lab 
turdilar. 
Bumin sharqiy erlarni, ukasi Istami g‗arbiy 
hududlarni birlashtira boshladi. Buminning 
o‗g‗li Mug‗anxon(553-576)563-567 yillarda 
Eftaliylar davlatini engib, O‗rta Osiyoda o‗z 
hukmronligini o‗rnatdi. Eftaliylar tor-mor 
etilganidan keyin Amudaryoning shimolidagi 
hududlar Turk hoqonligi, janubidagi erlar Eron 
davlati ixtiyoriga o‗tdi.
Arab tarixchilarining ma‘lumotlariga ko‗ra, 
588 
yilda 
Turk 
hoqonligi 
qo‗shinlari 
Amudaryodan o‗tib dastlab Toharistonni,
so‗ng g‗arbga yurib Hirotni egalladilar. Garchi 
eronliklar keyinchalik turkiylarni engib ortga 
qaytargan bo‗lsalarda, bu hududlar Eronga 
bo‗ysunmay qo‗ydilar. Oradan ko‗p o‗tmay, turkiylar Toharistondan eroniylarni
haydab chiqarib, bu erda mustahkamlanib oldilar.
Turk hoqonlari va amaldorlari ilgari o‗zlari yashagan xududlarda qolib, bosib 
olingan erlardan olingan to‗lovlar, o‗lponlar, sovg‗a-salomlar olib turishni afzal 
ko‗rdilar. Mahalliy zodagonlar mamlakatning ichki iqtisodiy va siyosiy hayotini 
o‗zlari boshqardilar. Faqat jiddiy ichki ziddiyatlar, kelishmovchiliklar kelib 
chiqqandagina turk hoqonlari ularning ishiga aralashar edilar. Turk hoqonligining 
ulkan hududda tinchlikni ta‘minlanganligi, bo‗ysundirilgan xalqlarning ichki 
ishlariga aralashmaslik va ularning o‗zlari tanlagan sohalari bo‗yicha erkin faoliyat 
yuritishlari uchun sharoit yaratib berilishi barcha sohalarning rivojiga turtki bo‗ldi. 
Hoqonlikda feodal munosabatlar ancha rivojlangan bo‗lib, oqsuyaklarning asosiy 


77 
qismini hukmron xonadonlarning vakillari va yirik er egalari bo‗lgan dehqonlar 
tashkil qilgan.
Turk hoqonligida ichki vaziyat notinch edi. Bir-biriga qarama-qarshi bo‗lgan 
turli ijtimoiy va siyosiy kuchlar o‗rtasidagi ziddiyatlar hokimiyatni zimdan emirib, 
xoqonlik bilan mahalliy hukmron tabaqalar o‗rtasida ziddiyatning kuchayishi 
hoqonlikni zaiflashtirdi. 585-586 yillarda Obro‗y qo‗zg‗oloni bo‗lib o‗tdi. 
Turk hoqonligi tasarrufida birlashgan xalqlarning asosiy qismi dehqonchilik va 
chorvachilik bilan shug‗ullangan. Dehqonlar mavjud suv manbalari hamda lalmikor 
erlardan samarali foydalanganlar. Ular asosan don, poliz ekinlari, meva, uzum, paxta, 
ipak, beda etishtirganlar. Bu davrga kelib, ko‗plab shahar-qo‗rg‗onlar, sug‗orish 
inshootlari paydo bo‗ldi. Varaxshada qazilgan 12 ta kanal shular jumlasidandir. 
Dehqonchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik, qurilish, savdo-sotiqning
ravnaqi aholining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun katta turtki bo‗lgan. 
Hunarmandchilikda temirchilik, zargarlik, kulolchilik, duradgorlik, qurolsozlik, 
to‗qimachilik, shishasozlik, ko‗nchilik keng rivojlangan. Panjikent hukmdori 
Divashtichning devoni ro‗yxatida ko‗rsatilishicha maxsus ustaxonalarda sovutlar, 
jibalar, dubulg‗alar, oyoq kiyimlari va boshqalar tayyorlangan. 
Bu davrda Samarqand asosiy savdo va hunarmandchilik markazi bo‗lsa, Buxoro 
zargarlik buyumlari bilan mashhur bo‗lgan. Shuningdek, Poykand, Ishtixon, Vardana 
va Arbinjon shaharlarida, Tavovis va Zandana kabi qishloqlarda ham 
hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha rivojlangan. Ilk o‗rta asrlarda So‗g‗dda pul 
muomalasining rivojlanganligi bu erda savdo-sotiq va bozor munosabatlari yaxshi 
yo‗lga qo‗yilganligini bildiradi. 
Hunarmandchilik va savdo-sotiqdan davlat xazinasiga katta daromad tushgani 
tufayli hoqonlar Ipak yo‗lini rivojlantirish va tinchligini ta‘minlashga katta e‘tibor 
berdilar. Shaharlar kengaydi, shaharlar va yirik qishloqlarda karvonsaroylar qurildi. 
Ayniqsa, o‗troq va chorvador aholi o‗rtasida savdo-sotiq ishlari rivojlanib, Buyuk 
Ipak yo‗lining ahamiyati oshib bordi. O‗lkadan Eron, Xitoy, Hindiston, Vizantiya 
kabi mamlakatlarga to‗qimachilik, ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlardan 
yasalgan taqinchoqlar, dorivorlar, nasldor arg‗umoqlar, tuz, sharob, bog‗dorchilik 
mahsulotlari, qazilma boyliklari va hokazolar olib borilgan. 
Eron bilan olib borilgan urushlar Turk hoqonligi mavqeini yanada pasaytirdi. 588 
yilda hoqonlik qo‗shinlarining qattiq zarbaga uchrashi, uning parchalanishiga olib 
keldi. 581-603 yillarda hoqonlik ikkiga: Sharqiy va G‗arbiy qismlarga bo‗linib ketdi.
630-632 yillarda zaiflashib qolgan Sharqiy turk hoqonligi Xitoy tomonidan 
mag‗lubiyatga uchragach tugatildi. Bu vaqtda G‗arbiy turk hoqonligi Tardushxon 
boshchiligida ancha yuksalib, O‗rta Osiyoda o‗z mavqeini mustahkamlab oldi. 627 
yilda hoqonlik qo‗shinlari Kavkazortida, Vizantiya va Eron o‗rtasidagi urushda 
Vizantiyaga yordam berdilar. 630-651 yillarda G‗arbiy turk hoqonligida o‗zaro 
ichki nizolar kuchaydi. Buning oqibatida kuchsizlangan hoqonlik
651 
yilda Xitoy 
qo‗shinlaridan mag‗lubiyatga uchradi va parchalanib ketdi.
Xitoy hukmronligiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida asosan Gobi 
cho‗lining shimoliy qismlarida Ikkinchi Turk hoqonligi tashkil topdi. Hoqonlik 
qo‗shinlari Qapag‗on hoqon boshchiligida O‗rta Osiyoga ham yurishlar qildi. U 711 
yili Ettisuvda turgashlarni tor-mor qilib, 712 yili arablar tomonidan qamal qilingan 


78 
Samarqandga yordamga keldi. Biroq mag‗lubiyatga uchrab, qaytib ketishga majbur 
bo‗ldi. Bu O‗rta Osiyoda arablar hukmronligining o‗rnatilishiga qulay zamin 
yaratdi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish