O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/179
Sana25.03.2022
Hajmi2,06 Mb.
#509636
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   179
Bog'liq
X S Muxitdinova, Z I Salisheva, X Po’latova Ozbek tili Darslik

 
 
Grammatik

Matn ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, ko`rinish, 
narsa-buyumni izchil tasvirlash yoki tavsiflash maqsadida tuzilgan 
gaplardan iborat bo`ladi. Matn biron-bir voqea-hodisa, narsa-buyum 
yoki shaxs haqida oddiy axborot bayonidan yoki ularga nisbatan o`z 
munosabatini ham bildiradigan ijodiy-tasviriylikdan iborat bo`lishi 
mumkin. Shunga ko`ra, avvalo, matnlar bayoniy matn va tasviriy 
matnlarga bo`linadi. Bayoniy matnda voqea yoki buyum haqidagi 
axborot izchil bayon qilinadi. Tasviriy matnda esa muallif ijodiy 
yondashib, ya’ni voqea, buyum yoki qiyofani badiiy vositalar 
yordamida o`z munosabatini bildirgan holda tasvirlaydi
.
Shuningdek, mulohaza yuritishni talab qiluvchi alohida matn turi ham 
mavjud bo`lib, bunday matnlar muhokama matnlari deb ataladi. 
Bunda asosiy fikr turli dalillar bilan isbot qilinishi va oxirida xulosa 
qismi berilishi kerak bo`ladi. 


 
266-mashq.
Quyida bеrilgan matnlarni qiyoslang. Bayoniy va tasviriy matnga xos lisoniy 
xususiyatlarni ko`rsating.
Yomg`ir 
(bayoniy matn) 
Yomg’ir – suyuq tomchi holidagi atmosfera yog`ini. Tomchining diametri 
0,5-0,6 mm bo`ladi. Yomg`ir bulutdagi mayda suv zarralarining qo`shilib 
yiriklashuvidan hosil bo`ladi. Yomg`ir ikki xildir: jala yomg`ir, shivalama yomg`ir. 
Jala yomg`ir to`p-to`p bulutlardan yog`adi, ko`p vaqt o`tmay to`xtaydi, tomchilari 
yirik bo`ladi. Shivalama yomg`ir esa qat-qat bulutlardan surunkasiga uzoq muddat 
shivalab yog`adi, uning tomchilari mayda. 
Shivalama yomg`irning yog`ish miqdori – intensivligi soatiga 0,25 mm 
gacha, jala yomg`irniki esa 100 mm gacha bo`lishi mumkin. 
Yomg`ir 
(tasviriy matn) 
Bir necha kundan beri goh yig`ilib, goh yozilib ketgan bulutlar erinibgina 
yomg`ir boshladi. Erinchoq bulutlardan tomayotgan ba’zi tomchilar yergacha yetib 
kelmay daraxt barglari, uy tomlari, peshtoqlarida qolib ketmoqda. 
Shunday bo`lsa-da, hovli va ko`cha yuzlariga bir tekis suv sepilgan. 
Yomg`ir endi o`saman deb turgan maysalarga, ochilaman deb turgan 
gullarga turtki bo`ladi. Ular uchun yomg`ir jazirama kundagi obi hayotdir. Uning 
shildirab yog`ishi bir ohangga o`xshaydi. Odam ko`nglini yorug` qilib yuboradi.
267-mashq.
Ushbu matnlarni o`qing va turlarga ajrating. Har bir matnga xos 
xususiyatlarni tushuntirib bеring. Matnlardagi abzaslarda ifodalanayotgan asosiy fikrni ayting va 
ularni ixchamlashtiring.
1. Bozor o`z mohiyati jihatidan tovar almashish doirasidir. Agar bozorning 
kеlib chiqishi qadimgi ibtidoiy iqtisodiyotga borib taqalsa, uning shakllanishi uzoq 
tarixiy jarayonni tashkil etadi. Klassik kapitalizm erkin va ishlab chiqaruvchilar 
uchun notanish bozorni shakllantirdi. U ijtimoiy mеhnat taqsimotining 
chuqurlashuviga va shuningdеk, korxonalarning mustaqilligi bilan ham 
bеlgilanadi. Ijtimoiy mеhnat taqsimotining bo`linganligi ichki bozorning 
darajasini bеlgilaydi. 
2. Gavjum sharq bozori … Unda alohida bir fayz, ayricha bir xislat bor. 
Xalqimizda “Otang bozor, onang bozor” dеb bеjiz aytishmagan. Turfa xil noz-
nе’matlari-yu antiqa mollari bilan ko`zni qamashtiruvchi qator-qator rastalari, 
“Kеlib qoling-u”, “olib qoling”lar, ajabtovur, kishi dilini allaqanday tushunarsiz 
bir quvonch, bеsabab bir shodlik to`ldiruvchi, g`am-qayg`uni, kundalik 
tashvishlarni unutishga majbur qiluvchi rang-barang, g`ala-g`ovur, ko`tarinkilik 
bularning hammasi gavjum sharq bozori…



Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish