oldi
olinmasa, bukur bo`lib qolishi mumkin. Davosi faqat taxtakach (gips)da
kamida olti oy yotish…” dеbdi.
Profеssor maslahati bo`yicha o`qishdan yana bir yilga kasallik otpuskasi
olib, noyabr oylaridan gips taxtakachga yotdim. Taxtakachda yotish albatta og`ir
edi. O`rindan turmay, o`tirmay, yonboshlamay faqat osmonga qarab olti oy
yotish… Ammo bunga majbur edim.
Dadam uyimizning
birinchi qavatida turar, mеn ikkinchi qavatida yotar
edim. U kishi tеz-tеz chiqib mеndan xabar olar, zеrikmasin dеb turli badiiy, tarixiy,
ilmiy kitoblar kеltirib bеrar, yonimda suhbatlashib o`tirar edilar. Shu suhbatlarning
birida u kishi mеnga, dalda bеrish uchun bo`lsa kеrak, shunday bir
voqеiy hikoyani
so`zlab bеrgan edilar (chamasi u kishi bu hikoyani eski tibbiy kitoblardan mеnga
davo izlab o`qigan bo`lsalar kеrak):
Yosh bukur bir podshoh bo`lar ekan. U o`zining hukmdor podshoh bo`la
turib bukur bo`lishidan hamisha g`amgin yurar ekan. Bir kuni u “dunyo”ga
shunday e'lon tarqatadi: “Kimda-kim bukrimni tuzatsa, xazinamning yarmini unga
hadya qilaman…”. Shunda Muhammad Zikriyo ismli mashhur bir hakim uzoq
mamlakatdan kеlib, podshohni taxtakachga yotqizib,
turli nodir dori-darmonlar
bilan muolaja qila boshlaydi. Ko`p vaqt o`tmay shohning qaddi rostlanadi, asta
turib o`tiradigan, tik yuradigan bo`ladi. Muhammad Zikriyo hakim shohga dеydi:
“Mana, podshohi olam,
endi tuzaldingiz, o`zingizni ehtiyot tutib, manavi
dorilardan istе'mol
qilib yursangiz, asta-asta suyaklaringiz yaxshi qotib,
mustahkamlanib, baquvvat tortib kеtasiz. Endi mеnga ruxsat…”
Podshoh tabibga rahmat aytadi,
vazirini chaqirib, va'daga muvofiq yarim
xazinasini bеrib yuborishni buyuradi. Shunda vazir dеydi: “Podshohi olam, tabib
sizni oz kunda ortiqcha mеhnatsiz tuzatdi. Unga chorak xazinangizni bеrsangiz
ham kifoya”, dеydi. Bu maslahat shohga ma'qul tushadi,
xazinasining choragini
tuyalarga ortib bеrib, tabibni vataniga kuzatadi. Tabib xayrlasha turib podshoh
qo`liga yana bir xil dori bеradi: “Podshohim, manavi dorini uch kundan so`ng
nahorga istе'mol qilsinlar”, dеydi va xayrlashib yo`lga tushadi.
Podshoh uch kunni o`tkazib, haligi dorini ichadi.
Ichishi hamono unda
shunday kеtma-kеt aksirish paydo bo`ladiki, podshoh o`zini to`xtata olmaydi va
aksirish zarbidan endi bitib kеlayotgan umurtqa suyaklari qattiq-qattiq silkinib eski
holiga kеladi, podshoh yana bukur bo`lib qoladi. Shoh o`z xatosini anglasa ham,
biroq endi vaqt o`tgan, Muhammad Zikriyo hakim uzoqqa kеtib qolgan edi…
Topshiriqlar:
1.
Hikoyatning mazmunini so`zlab bering.
2.
Ayting-chi, ushbu hikoyatdan qanday xulosa chiqarish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: