O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/179
Sana25.03.2022
Hajmi2,06 Mb.
#509636
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   179
Bog'liq
X S Muxitdinova, Z I Salisheva, X Po’latova Ozbek tili Darslik

ESHITISH MASHQI 
 
Matnni diqqat bilan tinglang, tayanch so`zlarni yozib boring. So`ngra matnni qayta 
tinglang. Ayting-chi, hayotni bunday rejalashtirishdan maqsad nima? 
Inson hayoti boshdan oyoq rejalashtirilgan holda o`tadi. Inson tug`ilgach, 
albatta, ism qo`yadilar, yurishga, so`zlashga o`rgatadilar, so`ngra unga ta’lim 
beradilar, biror kasb-hunar o`rgatadilar va uni mustaqil hayotga yo`llaydilar. 
Mustaqil yashash davrida ham har bir inson muayyan maqsad asosida o`zi tuzgan 
katta va kichik rejalar bilan ish ko`radi. Bu davrda kimlardir buyuk ishlarni amalga 
oshirib, ulug` siymolarga aylanadi, kimlardir o`rtamiyona, ya’ni “el qatori” 
yashaydi, kimlardir hayotda yashagani ham sezilmay o`tib ketadi. 
Bularning barchasi insonga berilgan iqtidor va uning harakati tufayli yuz 
beradi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, erkaklarda 15 yoshdan 25 yoshgacha, 
ayollarda esa 15 yoshdan 20 yoshgacha eng sog`lom davri, 18 yoshdan 25 
yoshgacha bo`lgan vaqt barcha insonlarda zehn va xotira eng kuchaygan davr, 30 
yoshdan 40 yoshgacha ijodiy iqtidorning rivojlangan davri, 40 yoshdan 50 
yoshgacha kasb mahoratining eng rivojlangan davri hisoblanar ekan. 
Hayotimizning qanday kechishi shu davrlardagi harakatlarimiz natijasidir. 
Tavsiyanoma biror shaxsni tavsiflash va o`qishga yoki biror lavozimga 
tavsiya qilish maqsadida yoziladigan rasmiy hujjatdir.
Ushbu hujjat tavsifnoma kabi aniq ma’lumotlar asosida I shaxs nomidan 
yoziladi. Unda tavsifnoma berilayotgan shaxsning tavsiya qilinayotgan 
lavozimiga loyiqligi qayd etiladi. Tavsiyanoma ko`rsatilgan joyga rasmiy 


ravishda yuboriladigan hujjat hisoblanadi. 
 
199-mashq. 
Tavsiyanoma namunasini o`qing. Hujjatning mazmuniga va ularda 
beriladigan ma’lumotlarga e’tibor qiling. 
O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, rus filologiyasi fakulteti III bosqich 
talabasi, 1994-yilda tug`ilgan, millati o`zbek Nargiza Narimonovaga 
TAVSIYANOMA 
Men O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, rus filologiyasi fakulteti 
III bosqich 310-guruh talabasi Nargiza Narimonovani 2013-yildan beri taniyman. 
Universitetda o`qish davomida u o`zini bilimli, izlanuvchan talaba sifatida 
ko`rsatdi. O`tgan 3 yil davomida barcha fanlardan a’lo baholarga o`qidi. Bugungi 
kungacha “Yosh olim”, “Izlanish va ijod” to`plamlarida, “Filologiya masalalari” 
ilmiy jurnalida 6 ta ilmiy maqolasi chop etildi. Yaqinda rus tilini o`qitish 
metodikasi bo`yicha kurs ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2015-yilda rus va 
o`zbek tillarini qiyoslab o`rganish yuzasidan o`z loyihasi bilan ishtirok etib, tanlov 
g`olibi bo`ldi. Shu yili o`qishdagi muvaffaqiyatlari uchun Toshkent shahar 
“Kamolot” ijtimoiy yoshlar kengashining maxsus sovrinini qo`lga kiritdi va 10 
kunga Moskva shahriga yuborildi. 
Nargiza Narimonova o`z guruhi va fakultet jamoat ishlarida ham faol 
ishtirok etadi. Guruhdoshlari bilan xushmuomala, odobli va intizomli talaba. 
O`tgan 3 yil davomida sababsiz dars qoldirmagan, ustozlariga hurmat-e’tiborli. O`z 
bilimlarini oshirib borish ustida tinmay izlanadi, iqtidorli talabalar guruhlari bilan 
o`tkaziladigan qo`shimcha mashg`ulotlarga muntazam qatnashadi. 
Turmushga chiqmagan. 
Nargiza Narimonova nomzodini Alisher Navoiy nomidagi stipendiyaga tavsiya 
qilish mumkin. 
O`zDJTU 
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri D.S.Sattorov 
Sana muhr 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish