4.
T irsa k su y a g i to m o n d a g i u stk i y o n a rte riy a
yelka suyagining o'rta
qismidan chiqib, tirsak arteriyasi tarm og'i bilan anastomozlashadi.
5.
T irsak s u y a g i to m o n d a g i p a s tk i y o n a rte riy a
yelka arteriyasi distal
bo'lagining medial tomonidan chiqib, tirsak arteriyasi tarm og'i bilan
qo'shiladi va tirsak arteriyasi to'rini hosil qilishda qatnashadi.
Bilak arteriyasi
Bilak arteriyasi tirsak arteriyasiga qaraganda kichik diametrli bo'lib,
bilak ariqchasida bilak venasi va nervi bilan birgalikda bilak suyagiga
parallel joylashadi. Bilakning pastki b o 'lagida bilak arteriyasi bilan
muskullar payi orasidan yuzaga chiqib qoladi, uni faqat fassiya teri osti
yog' qavati va teri qoplab turadi. Bilak arteriyasining bilak pastida yuza
joylashishi, uning pulsatsiyasini bemalol tekshirishga imkoniyat tug'diradi.
Bilak arteriyasi bilak suyagining bigizsimon o'siqchasi uchiga kelib, orqa
tomonga buriladi va I — II barmoqlar oralig'idagi muskullarni teshib
kaftning oldingi tomoniga o'tadi va kaftning chuqur arteriyalar ravog'ini
hosil qilishda qatnashadi (154-rasm).
Bilak arteriyasi tarmoqlari:
1
.
M u sk u lla rg a b o ra d ig a n m a yd a sh o xch a la r.
2. B ila k n in g q a y tu v c h i a rte riy a si
bilak arteriyasining birinchi yirik
tarmoqlaridan b o'lib, tirsak bo'g'im ida, uning lateral tomonidan chiqadi;
y u q o rig a k o 't a r i l i b , y e lk a n in g c h u q u r a rte riy a ta r m o g 'i b ila n
anastomozlashadi va qo'shni muskullarga tarqaladi.
3.
K a ft to m o n d a g i sh o x i
tirsak arteriyasining shunga o'xshash tarm og'i
bilan anastomozlashadi va kaft tomondagi arteriya to'rini hosil qiladi.
4.
K a ftn in g y u za sh o x i
bosh barmoq tomon tepaligidagi muskullar
orasidan o'tib, kaftda tirsak arteriyasining uchi bilan anastomozlashib,
kaftning yuza ravog'i hosil bo'lishida qatnashadi. Kaftning yuza shoxi
bosh barmoq tomondagi muskullarga va teriga mayda shoxchalar chiqaradi.
5.
K a ftn in g o rq a (dorzal) tom ondagi sh o xi
bilak arteriyasidan «anatomik
tamakidon» sohasida chiqib tirsak arteriyasining shunga o'xshash tolasi
bilan qo'shiladi va suyak oraliq arteriyalari bilan birgalikda kaftning dorzal
yuzasidagi arteriya to'rini hosil qiladi.
6.
K a ftn in g b irin c h i orq a a rte riy a si
bosh va ko'rsatkich barmoqni qon
bilan ta’minlaydi.
7.
Q o 'l b o sh b a rm o g 'in in g b irin ch i (a so siy) a rte riy a si
bilak arteriya
sidan kaft yuzasida chiqib, bosh barm oqning ikkala va ko 'rsatk ich
barmoqning lateral tomoniga tarqaladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: