139-rasm . Qon elementlari.
I
- eritrosit; 2 - leyk osit;
3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 -
turli xildagi lim fositlar;
1 0 -
m onosit;
1 1 -
trombositlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eritrositlar organizmni nafas, hayotiy oziq moddalar bilan ta’minlashdan
tashqari, himoya vazifasini ham bajaradi.
Eritrositlar tarkibidagi gemoglobin o'ziga kislorod va karbonat angidridni
biriktiruvchi xususiyati bilan nafas funksiyasini bajaradi, oziq moddalarni
barcha to'qimalarga yetkazadi va eritrositlar yuzasidagi maxsus modda
(antitelo)lar yordamida organizmga zararli bo'lgan moddalarni bog'lab,
himoya vazifasini bajaradi.
Gemoglobin
eritrositlar tarkibida bo'lib,
globin
oqsili va tarkibida
temir
saqlangan
gemdan
iborat. Odatda 100 mg qonda 13— 14 g
(erkaklarda ayollarga nisbatan bir oz ko'proq) gemoglobin bo'ladi.
Gemoglobin ko'm ik hujayralarida sintezlanadi. Gemoglobinning
kim yoviy tarkibi b a ’zi kasalliklarda o'zgaradi. Agar gem oglobin
eritrositlardan ajralib plazmaga qo'shilsa (gemoglobinuriya), chiqarib yubo-
riladi. Agar gemoglobin plazmada haddan tashqari ko'payib ketsa, qon
ning qovushqoqligi oshadi. To'qima suyuqligining ajralishi esa buziladi.
Gemoglobinning bufer xossalari qon kislota-ishqor muvozanatini
boshqarib turadi. Gemoglobin kislorodga boyib oksigemoglobinni
to'qimalarga beradi-da, ulardan karbonat angidrid gazini qabul qilib
(karbogemoglobin) o'pkaga uzatadi. Gemoglobin is gazi (CO) bilan ham
birikish qobiliyatiga ega bo'lib, bunga karboksigemoglobin deb ataladi.
Karboksigemoglobin o'zidan is gazini juda sekinlik bilan ajratadi. Natijada
is gazi organizmni zaharlaydi. Zaharlangan organizmda gemoglobindagi
kislorod molekulasi gemoglobinni temirga biriktirib, uni oksidlaydi. Shu
sababli qonning kislorodni to'qimaga tashish xususiyati yo'qolib, odam o'ladi.
Leykositlar
— oq qon tanachalari, yadro va proplazmaga ega bo'lgan
8—20 mkm kattalikdagi rangsiz hujayralar; 1 mm3 qonda 6000— 8000
bo'ladi. Leykositlar qonda amyobaga o'xshash harakat qiladi. Ularning
qonda oshishi —
leykositoz
, kamayishi esa
leykopeniya
deyiladi.
Qondagi leykositlar sharoitga qarab o'zgarib boradi. Nahorda kam
bo'lsa, ovqatlangandan, jismoniy mehnatdan keyin va kasallik vaqtida
ko'payadi. Aksincha, nur kasalligida keskin kamayadi. Leykositlar haddan
tashqari kamayib ketsa (1mm3 da 500 dan kam bo'lsa), odam o'ladi.
Leykositlar taxminan 8— 12 kecha-kunduz umr ko'radi. Qonda donali
(granulositlar) va donasiz leykositlar (agranulositlar) tafovut etiladi.
Granulositlar protoplazmasida turli bo'yoqlar bilan bo'yaladigan donali
kiritmalar bo'lishi bilan agranulositlardan ajralib turadi.
Qonda har xil shakldagi yadroga ega bo'lgan katta-kichik leykositlar
bo'ladi. Eng katta hujayralar (13— 25 mkm) monositlar bo'lsa, eng kichik
hujayralar (6— 14 mkm) limfositlardir. Monositlar protoplazmasi och ko'k
rangga bo'yaladi. Yadrosi esa loviya yoki oval shaklli bo'ladi.
Leykositlar bo'yoqlar bilan bo'yalishiga qarab neytrofil, eozinofil va
bazofil turlarga ajratiladi. Neytrofillar neytral bo'yoqlar bilan bo'yalib,
ulaming yadrolari segment (51—67%) va tayoqcha (3—6%) shaklda bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eozinofillar kislotali bo'yoqlar bilan, bazofillar asosiy bo'yoqlar bilan
bo'yaladi va bir-biridan ajralib ko'rinadi.
Protoplazm asida granulalar (donachalar) b o 'lgan leykositlarga
granulositlar
deyiladi. Yadrosi yaltirab turadigan leykositlar
yosh leykositlar
bo'ladi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |