HALQUM
Halqum yoki yutqin
(101-rasm) voronkaga o'xshab, pastga tomon
torayib tuzilgan. U tepadan kalla suyagining tubi (asosi)dan boshlanib,
o g'iz va burun bo'shliqlariga keng ochilib turadi. Halqumning ikki yon
tomonidan yirik qon tomirlar
va nervlar o'tadi. Halqum orqa
tomondan umurtqa pog'onasi
va undagi muskullar bilan che
garalangan, old tomondan esa
hiqildoq bilan tutashib turadi.
H alq um b o 's h li g 'i uch
qism (burun, og'iz va hiqildoq
qismlari)dan iborat.
Halqumning burun qismi
eng tepa qism bo'lib, burun
101-rasm. Burun, og'iz, halqum,
hiqildoq va kekirdak bo'shliqlari.
1 - burun bo'shlig'i; 2, 2 / , 22 -
burun chig'anoqlari; 3 - ponasimon
suyak kovagi; 4 - tanglay burmasi;
5 - eshituv nayi teshigi; 6, 7 , 9 -
halqum murtagi; 8 - tilcha; 10 - til-
ta n g la y burm asi; / / - t a n g l a y -
halqum burmasi; 12 - halqumning
o g 'i z q ism i; 13 - h iq ild o q usti
tog'ayi; 14 - halqumning hiqildoq
q is m i; 15 - q iz ilo 'n g a c h ; 1 6 -
kekirdak; / 7 - t i l osti suyagi; 1 8 -
ja g ‘-til osti muskuli; /9 - e n g a k -til
osti muskuli; 20 - engak-til muskuli.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'shlig'iga bir juft xoana (bo'shliq) orqali qo'shilib ketgan. Bu qismning
pastki chegarasi yumshoq tanglay ro'parasida. Halqumning bu qismidan o'rta
quloq bilan tutashuvchi eshituv (Yevstaxiy) nayi boshlanadi. Nay tog'ayi
halqum tomonga sal bo'rtib chiqqan. Uni shilliq parda o'rab, orqa tomonida
bir oz chuqurlikni vujudga keltiradi. Shu chuqurlikda eshituv nayi bilan
yumshoq tanglay o'rtasida limfa to'qimasidan tuzilgan murtak joylashgan.
Halqumning og'iz qismi old tomondan tomoq orqali og'iz b o 'sh lig 'i
ga tutashadi. Halqumning bu qismi ham havo, ham ovqat o'tadigan umumiy
yo'l bo'lganidan, bu ikki jarayonni yumshoq tanglay tartibga solib turadi.
Ovqat luqmasini yutilganda yumshoq tanglay taranglashib, ko'tarilib havo
yo'lini to'sadi va havo o'tm aydi. Halqum orqa devorining yuqori qismi
da limfa to'qim asidan tuzilgan murtak joylashgan. Halqum devoridagi
ikkita nay murtagi, bitta til murtagi va ikkita tanglay murtagi halqa
shaklida joylashgan. Bular oralig'ida juda ko'p mayda limfa to'qim alari-
ni ham uchratish mumkin. Bu murtaklar halqasi organizm da himoya
vazifasini bajaradi. Halqumning hiqildoq qismi bir oz kalta bo 'lib,
hiqildoqning orqa tomonida joylashgan. Bu qism pastda qizilo'ngachga
qo'shilib ketadi. Halqumning hiqildoqqa kirish teshigi bo'lib, uni yon
tomondan burmalar chegaralab turadi. Ovqat luqmasi o'tayotgan paytda
hiqildoqqa o'tish teshigini hiqildoq usti tog'ayi (hiqildoq qopqog'i) yopib
turadi. Suyuqliklar esa hiqildoq teshigining ikki yonboshidagi egatchalar
orqali qizilo'ngach tomonga o'tadi. Halqumning devori uch qavat bo'lib,
ichki — shilliq parda, o'rta — muskul qavati va tashqi — biriktiruvchi
to'qim a pardasidan iborat.
Shilliq parda og'iz, burun bo'shlig'idagi shilliq pardaning davomi
bo'lib, ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Burun qismi esa kiprikli
epiteliydan tuzilgan. Shilliq parda ostida, asosan, shilliq bezlar joylash
gan. Halqumda shilliq osti qavati rivojlanmagan. Shilliq parda muskul
qavati bilan fibroz to'qim a orqali qo'shilib turadi.
M uskul qavati k o 'n d a la n g -ta rg 'il m uskullardan tuzilgan b o 'lib ,
cherepitsaga o 'xshab, ustm a-ust joylashgan. Halqumning uchta (yuqori,
o 'rta va pastki) siquvchi m uskullari tafovut qilinadi. Yuqori siquvchi
muskul kalla suyagining tubi (asosi)dan, o 'rta siquvchi m uskul til osti
suyagidan va pastki siquvchi muskul hiqildoq tog'ay larid an boshla
nib, halqum ni ikki tom onidan o 'rab , o 'rta chiziqda o 'z a ro tutashadi.
Bundan tashqari, halqumni ko 'taruvchi ikki juft muskul ham bor:
1. Bigizsimon o'siq — halqum muskuli chakka suyagining bigizsi
mon o 'sig 'idan boshlanib, halqum devoriga yopishadi.
2. Halqum-tanglay muskuli yumshoq tanlaydan boshlanib, halqum
devoriga va qisman hiqildoqqa yopishadi.
Halqum ning siquvchi va ko'taruvchi muskullari navbatm a-navbat
tepadan pastga qarab qisqarishi tufayli ovqat asta-sekin yuqoridan pastga,
qizilo'ngach tomon yo'naladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Halqumning tashqi biriktiruvchi to ‘qima pardasi muskul qavatini
tashqaridan o 'rab turadi. Bu pardaning tashqi yuzasini kletchatka (yog'
o'ram i) o'rab, halqumni qo'shni a’zolardan ajratib turadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |