O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet243/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   299
Orqa miya fiziologiyasi. 
Orqa miya moddasidagi nervlar yordamida 
barcha a’zolar va skelet muskullari bosh miya bilan bog'lanadi. Sezgi 
impulslari markazga intiluvchi (afferent) tolalar orqali bosh miya po'stloq 
qavatida joylashgan analizatorlarga boradi. U yerdan impulslami markazdan 
qochuvchi (efferent) tolalar orqali ishchi a’zolarga olib keladi (orqa miya 
va bosh miya o'tkazuvchi yo'llariga qaralsin). Jumladan, qo'l yoki oyoqqa 
to'satdan kirgan zirapcha, gugurt chaqqandagi uchqun ta’siri yoki to'satdan 
qo'rqish alomati (bosh miya ishtirokisiz) orqa miya segmentar reflektor 
yo'li vositasida bajarilib, beixtiyor to'satdan qo'lni tortish yoki oyoqni 
ko'tarish kabi harakatlar vujudga keladi. Bunda qo'ldan yoki oyoqdan 
impulslar sezgi nervlari orqali orqa miya kulrang moddasining orqa shox- 
chasida joylashgan nerv hujayralariga (qo'l, oyoqqa bog'liq segmentlarga) 
boradi. Impuls bu yerdan qo'shuvchi nervlar orqali oldingi shoxchadagi 
harakatlantiruvchi (motor) hujayralarga o'tadi. Motor hujayralar esa 
impulsni efferent tolalar orqali zudlik bilan kerakli skelet muskullariga 
yetkazadi. Natijada, qo'l yoki oyoq harakatga keladi. Bunday harakatlar 
bosh miyaning ishtirokisiz bo'ladi.
Orqa miya ko'krak bo'limining yon shoxchalarida va bel qismining 
ustki segmentlarida simpatik nerv sistemasining markazlari joylashgan. 
Bu markazlar ichki a’zolar silliq muskullarini innervatsiya qiladi. Ko'krak 
segmentlarida joylashgan simpatik markazlar yurak, qon tomirlar, ter 
bezlari, ovqat hazm qilish a’zolari va ko'z qorachig'ining faoliyatini 
boshqaradi. Orqa miyaning dumg'aza bo'limida joylashgan parasimpatik 
markaz chanoq bo'shlig'ida joylashgan a’zolar (qovuq, to'g'ri ichak, jinsiy 
a’zolar) funksiyalarini boshqaradi (vegetativ nerv sistemasiga qaralsin).
Orqa miya segment markazlari organizmning ayrim qismlari va a’zo­
lari bilan bog'langan. Masalan, tizza refleksi orqa miyaning II— V bel 
segmentida, axill payi va oyoq kaft reflekslari, V bel va I—II dumg'aza 
segmentlarida, qorin devori muskullarining markazi VIII—XII ko'krak 
segmentlarida, diafragmaning markazi III— IV bo'yin segmentlarida 
joylashgan. Orqa miya jarohatlanganda (shikastlangan joydan pastki qis­
mida) faoliyati keskin pasayib, spinal shok bo'ladi. Bunda skelet mus­
kullari harakati yo'qoladi (falaj), qon bosimi pasayadi. Siydik chiqarish,
www.ziyouz.com kutubxonasi


hojatga borish refleksi bo'lmaydi. Jarohatning bitib, yo'qolgan reflekslari- 
ning tiklanish muddati orqa miyaning jarohatlanish darajasiga bog'liq. Bu 
muddat odamda o'rtacha 
4
— 6 oy davom etadi. Ammo orqa miyaning jarohat­
langan qismidan yuqorisidagi markazlar o'z vazifasini normal bajaradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish