O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


/ - tikka (vertikal) o'q; 2 - k o ‘ndalang o'q


bet22/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   299
/ - tikka (vertikal) o'q; 2 - k o ‘ndalang o'q;
3
 - frontal (peshona) sath; 
4
 - frontal, gori­
zontal va sagittal sathlar bo'ylab o'tkazilgan
o'qlar; 5 - frontal sathdagi chiziq; 6 - sagittal
o'q chiziq; 7 - sagittal sathdagi chiziq.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Organizmning tashqi muhit ta’siriga javob berib moslashishi shu orga­
nizmning reaktivligi bo'lib, moddalar almashinuvi va ko‘payishlar hayotning 
asosiy xususiyatidir.
Tirik organizm rivojlanib, takomillasha borgan sari o'zaro bog'liq 
holda reaktivligi ham murakkablashib boradi.
Organizm tuzilishining yuqori pog'onaga ko'tarila borishi tashqi 
muhitning har xil ta’sirlarga javob berish qobiliyati o'sib, moslashib 
borishi bilan ifodalanadi.
Odamning reaktivligi uchun ikkinchi signal sistemasi va oliy nerv 
faoliyatining mohiyati nihoyatda muhim. Binobarin, organizmning reak­
tivligi, uni tashqi muhitning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilish xususiyati 
bo'lib, ular turlicha.
1. Individual reaktivlik organizmning harorat va kislorod miqdorining 
ko'p-ozligi, yashash muhiti, ovqatlanish rejimi hamda yoshga, irsiyatga 
bo'lgan munosabati bilan aniqlanadi.
2. Fiziologik reaktivlik — sog'lom organizm reaksiyasi; har xil odamda 
turlicha bo'ladi, jumladan, ba’zi kasalliklar (gripp, difteriya va h.k.) ayrim 
bolalarda og'ir, boshqalarida esa yengil o'tadi.
Muhofaza reaksiyalari normal fiziologik funksiyalar bilan chambar- 
chas bog'liq. Masalan, ishlash davrida moddalar almashinuvi oshib, yurak 
urishi, nafas olish tezlashadi.
3. Patologik reaktivlik kasallik davrida (kasallikda organizmning 
zaiflashishi) yuzaga keladi. Jumladan, kasallikda harsillash, terlash va 
organizm haroratining ko'tarilishi antitelolar ishlab chiqarishni oshirib, 
organizmni holsizlantiradi.
Regeneratsiyaning — jarohatlangan yoki o'lgan to'qimalarning qayta 
tiklanishi.
Regeneratsiyaning ikki: fiziologik va tiklanuvchi turi tafovut qilinadi.
Fiziologik regeneratsiya kundalik normal hayotda halok 
bo'lgan 
hujayralar o'rniga yangi hujayralar paydo bo'lishidir. Jumladan, epiteliyning 
chuqur qavatida joylashgan hujayralar va ko'mikdagi o'lgan qon hujayra­
lari o'mini yangi hujayralar to'ldiradi. Odamning qon hujayralari o 'rta­
cha bir oy davomida yangilanadi.
Tiklanuvchi regeneratsiya jarohatlangan to'qimalarda, sog'lom qolgan 
hujayralaming ko'payishi hisobiga yuz beradi. Bunda nuqsonga yaqin 
sog'lom to'qimalarda kompensator gipertrofik jarayon (regeneratsion gi- 
pertrofiya) rivojlanadi.
Ko'pchilik a’zolarda regeneratsiya markazi bo'ladi. Masalan, suyak 
singanda suyak ust pardasi regeneratsiya markazi vazifasini o'taydi. Bunday 
markaz qon uchun ko'mik hisoblanadi va h.k. Odatda, to'liq va chala
www.ziyouz.com kutubxonasi


regeneratsiya tafovut qilinadi. To'liq regeneratsiya — nuqson o'midagi 
to'qima ham, tuzilishi ham funksiyasi jihatidan yo'qolgan to'qimaga 
batamom o'xshash bo'ladi. Chala regeneratsiyada esa nuqson o'm i bi­
riktiruvchi to'qimadan rivojlangan chandiq bilan qoplanadi.
Regeneratsiya muddati organizmning umumiy holatiga, neyro-gumo- 
ral omilga, tashqi va ichki muhitga, yoshga va endokrin bezlar funksiyasiga 
qarab davom etadi. Regeneratsiya yoshlarda tezroq, keksalarda, aksincha, 
sekinroq bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish