Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar
Filtrlash deb mayda zarrachali bo‘tana va aralashmalar tarkibidagi qattiq zarrachalarni g‘ovak to‘siq orqali bosim ostida filtrlab suvni ajratib olishga aytiladi. Filtrlash natijasida to‘siqda ushlanib qolgan mahsulot cho‘kma, to‘siqdan o‘tgan suv filtrat deyiladi.
Suvni filtrlash boshlangandan so‘ng hosil bo‘lgan cho‘kmaning o‘zi filtrlovchi to‘siq vazifasini bajara boshlaydi.
Filtrlovchi to‘siq sifatida ip–gazlama va sherst materiallar, sintetik tolali material (kapron, neylon va x.k.)lar ishlatiladi.
Filtrlanish sodir bo‘lishi uchun filtrlovchi to‘siqning tomonlari orasida bosimdagi farqni hosil qilish kerak. Filtrlovchi yuzalar orasida bosimdagi farqni hosil qilish usuliga qarab filtrlar vakuum ostida ishlovchi vakuum – filtrlar va ortiqcha bosim ostida ishlovchi filtr – presslarga bo‘linadi.
Majburiy filtrlash jarayoni filtrlash tezligi bilan xarakterlanib, u asosan filtrlovchi to‘siqlar tomonlari orasidagi bosim farqiga, to‘siqning g‘ovakligiga, rudaning granulometrik tarkibi va fizik xususiyatlariga bog‘liq.
Bo‘tana yoki suspenziyani filtrlashda suvning filtrlanish tezligi quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
Filtrlanuvchi suvning hajmi:
bu erda: Kf – filtrlanish koeffitsienti, m/sek
G‘ – filtrlovchi yuzaning umumiy maydoni, m2
- filtrlovchi yuzaning ikki tomoni orasidagi bosimdagi farq, kg/m2
- cuyuqlikning (suv) solishtirma og‘irligi, kg/m3
h – filtrlovchi yuzada hosil bo‘lgan cho‘kmaning qalinligi, m.
Kf - koeffitsienti laboratoriya sharoitida filtrlashda tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
CHo‘kmaning, filtrlovchi matoning solishtirma qarshiligini hamda filtrlashning boshqa parametrlarining aniqlash uchun:
bu erda: - suvning qovushqoqligi, pz.
- cho‘kmaning solishtirma qarshiligi.
- filtrlovchi yuzaning yuza birligiga to‘g‘ri keluvchi qarshiligi
s – filtratning xajm birligiga to‘g‘ri keluvchi cho‘kmaning xajmi.
Vakuum – filtrlovchi moslamaning tuzilishi va uning ishlash prinsipi.
Vakuum – filtrlovchi moslama (9.1- rasm) bo‘tanani filtrlash uchun vanna (1), filtrlovchi mato bilan qoplangan voronka (2), filtrat uchun idish (3), vakuum – nasos (4) va simobli manometr (5), hamda resiver va cho‘kmani puflash uchun havo puflagichdan iborat.
9.1-rasm. Vakuum-filtrlovchi moslama
Variantlar
Filtrlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Bo‘tananing zichligi: s: 15= 10:1; 15:1; 20:1.
Filtrlovchiyuzaning holati
|
Gorizontal-vertikal
(pastga yoki yuqoriga)
|
Voronkani bo‘tanada bo‘lish vaqti, min.
|
3
|
5
|
10
|
Quritish vaqti, min.
|
2
|
4
|
6
|
Tajriba davomida vaqt birligi ichida hosil bo‘layotgan filtratning hajmi, cho‘kma yig‘ilayotgan va quritilayotgan davrdagi hosil bo‘lgan filtratning umumiy hajmi, cho‘kmaning og‘irligi va qalinligi o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |