Annibale Karrachi
(1560-1604) о‘z iste’dodi bilan ajralib
turgan. U novator san’atkor sifatida san’at tarixida iz qoldirgan. Uning ijodi Yevropa san’ati tarixida
о‘ziga xos о‘rin tutadi. Annibale Karrachining manzara janridagi ijodi ham salmoqli. Mumtoz manzara
san’ati uning nomi bilan chambarchas bog‘liq. U bu san’atning asoschilaridan biri sanaladi. Aka-uka
Karrachilar ijodi, ularning izlanishlari yosh ijodkorlarni о‘ziga ergashtirdi. Ular oraisda Gvido (1575-
1642) ijodi alohida ajralib turadi. Karrachi asarlaridagi mumtoz manzaralarga xos hayotiylik va
bevositalilik uning ijodidi tashqi ta’sir va obrazlarning shartliligi bilan uyg‘unlashadi. Shuni aytish
kerakki, Italiyada XVII asrda rasmiy uslub qanchalik yetakchilik qilmasin, kо‘pgina rassomlar hayotiy,
realistik asarlar yaratishga harakat qildilar. Ularning bu intilishlari keyinchalik Yevropa realistik
san’ati, jumladan, rangtasvirning rivojlanishida muhim rol о‘ynadi. Bunda, shubhasiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |