O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/77
Sana11.02.2022
Hajmi0,79 Mb.
#442631
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Bog'liq
pdffox.com ozbkistn-rspubliksi-liy-v-ort-mxsus-tlim-vzirligi

Mikelanjelo 
Merizi da Karavajo
(1573-1610) ijodi alohida о‘rin tutadi. “Karavajizm” deb nomlangan badiiy 
yо‘nalishga asos solgan bu san’atkor qisqa umr kо‘rganiga qaramay, yangi davr, realistik san’ati 
yetakchi tamoyillarini rivojlantirib, Yevropa realistik san’at taraqqiyotiga kuchli ta’sir о‘tkazadi. 
Italiya va boshqa mamlakatlarning kо‘pgina san’atkorlari ham uning izidan ergashdilar va 
“karavajistlar” degan nom oldilar. Barcha davrlar rassomlari ijodiga Karavajo asarlari samarali ta’sir 
kо‘rsatdi. Karavajizm Yevropa realistik san’ati taraqqiyotida muhim bosqich bо‘ldi. Lombardiyaning 
kichik karavajo shaharchasida me’mor oilasida dunyoga kelgan bu san’atkor, tasviriy san’at asoslarini 
dastlab Milanda о‘rgandi. U Shimoliy Italiya rassomlari ijodidan ta’sirlandi. Taxminan 1590 yillarda 
Rimga kо‘chib keldi. Bu yerda rassomlarga yordamchi bо‘lib, ishlab kun kо‘rdi. Sо‘ng о‘z asarlarini 
sotishga ham muvaffaq bо‘lib, yirik asarlar ishlay boshladi. U о‘z ijodida xalq hayotiga murojaat qildi, 
yoshlar, masharaboz va lо‘lilar hayotidan kompozitsiyalar yaratdi. Yevropa san’atida birinchi bо‘lib 
natyurmort (“Mevali savat”, 1596) janrida mustaqil asar yaratdi. Karavajoning dastlabki yirik 
asarlaridan biri “Lyutna chaluvchi” (1595) bо‘lib, u rassom ijodining о‘ziga xos jihatlarini, uning 
rangtasvir san’atidagi islohotlarini namoyon etadi. Bu islohotning mohiyati, avvalo, rassomning real 
borliqni haqiqiy san’at manbai deb bilish bilan bog‘liqdir. Lekin musavvir borliqni aynan 
kо‘chirmaydi, balki eng muhim harakterli tomonlarini bо‘rttirish, kuchaytirish hisobiga xodisalarni 
ta’sirli san’at shakli darajasiga kо‘taradi. Musavvirning har bir buyum xususiyati va fakturasini 
ishonarli tasvirlashi esa asarning ta’sirchanligini oshirib, uning mazmunini chuqurlashtiradi. Obrazdagi 
ruhiy xolat, chiziqlar plastikasining gо‘zalligi, nur-soya о‘yinining birmuncha keskinligi asarni oddiy 
hayotdan kо‘chirma emasligini bildirib turadi. Rassom о‘z asarlarida nur-soya qarama-qarshiligiga 
ham e’tibor beradi. Asosiy obrazlarni yorug‘lantirish hisobiga birinchi planga chiqarish, orqka 
planning kо‘pincha tо‘q-qoramtir gammada hal etilishi kompozitsiyaga о‘ziga xos fazoviy kenglik 
beradi. Rassomning bu uslubi, keyinchalik Yevropa san’atida "yertо‘la rangtasviri" deb nomlangan 
rangtasvirning rivojlanishiga zamin yaratdi. Rassom natyurmort va hayotiy-maishiy mavzularida 
qо‘llagan usullarini diniy mavzudagi kompozitsiyalar ishlashda ham qaytaradi. "Matveyning kasbi", 
"Apostol Matveyni azoblash", "Tobutga solish" kabi asarlarida ham shu xolni kо‘rish mumkin. 
Rassom diniy voqealarni hayotiy voqea va xodisalarga, avliyolarni oddiy kishilarga о‘xshatib 
kо‘rsatishga intiladi. Bu buyurtmachilar bilan kelishmovchilik kelib chiqishiga sabab bо‘ldi. Hatto, uni 
javobgarlikka tortishdi. "Apostol Matvey ixtirosi" (1559-1585), "Tobutga solish" (1601-1603) kabi 
yirik asarlari hayotiy voqea tasvirlanganday taasurot uyg‘otadi. Nur-soya qarama -qarshiligi esa 
asardagi voqeani yanada bо‘rttirib, fojiali, dramatik kо‘rinish beradi. Odamlarning xatti-harakati, ruxiy 
holatlari 
kompozitsiyaning 
yanada 
hayoti 
va 
tо‘laqonli 
bо‘lishini 
ta’minlaydi.


51 
XVII asr davomida Italiya G‘arbiy Yevropada yetakchi badiiy markaz bо‘lib keldi. Bu yerda 
paydo bо‘lgan kо‘pgina yangi jarayonlar boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Karavajo va Balonye 
akademizmi, barokko uslubi kо‘pgina ilg‘or ijodkorlarga samarali ta’sir qildi. Italiya rassomligida 
barokko uslubi 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish