38
memorlik bilan bog’liq holda rivojlandi. Binoning peshtoq, ustun va kapitellari devordagi mahsus
tokchalar haykaltaroshlik san’ati bilan bezatildi. Miniatyura va mayda haykaltaroshlk ham memorlik
ta’sirida bo’ldi. Roman memorligi uslubining grajdan qurilishiga ta’siri katta bo’ldi.
Roman memorligi karolinglar davri yutuqlariga tayangan holda rivojlangan bo’lsa ham lekin
uning ko’rinishiga Vizantiya hamda arab mamlakatlari sanatining ta’siri bo’lgan.
Roman memorligining o’ziga hos tomoni tomining egri ravoq (gumbaz)
tarzida yopilishi va
darchlarining joylashtirilishidadir. Roman san’atining rivojlangan davrida esa kapitel va ustunlar o’ziga
hos haykalataroshlik ko’rinishiga o’xshab bordi. Bu asrga kelib, feodallar turadiga o’ziga hos uy tipi –
qasr paydo bo’ldi o’sha davr shahar qurilishi ham feodal qo’rg’oniga o’hshash bo’lgan. Shahar atrofi
qalin devor bilan o’rab chiqilgan. Qurilgan binolar bezagi kam va sodda bo’lgan.
Ilk roman davrida (V-asr) haykallar memorlik formalariga qo’shib ishlandi. XII-asrga kelib u
mustaqillik kashf eta bordi, hamda memorlik ansanbili bezagining ma’lum sistemasiga aylandi.
Fransiya feodalizmning klassik vatanidir. O’rta asrning gullagan davrida uning san’ati G’arbiy
Yevropada yetakchi o’rinni egallagan. Fransuz san’atida roman uslubining o’ziga hos tomonlari yaqqol
namoyon bo’ldi o’zining dekorativ bezatilishi va konstruktiv tuzilishi jihatidan rangbarang bo’lgan
Fransuz me’morligi Yevropa qurilish san’atiga muhim o’rin egalladi. Bu yerda yaratilgan memorlik
tiplari Yevropaning ko’pgina shaharlarida taqlid uchun namuna bo’lib qoldi. Puatedagi Notr Dam la
Grant (XI-XII - asr) ibodatxonasi roman stilida hos hususiyatlarni nomoyon qiladi. Ko’rinish jihatidan
birmuncha past, tosh devorlari qalin va salobatli qilib ishlangan. Shu davrlarda qoldirilgan kichik tor
darchalar bu devorlar qalinligini tanada bo’rttirib, uning vazminligini oshiradi. Bu ibodatxona uch
nefdan iborat. O’rtadagi nef ikki yon
tomondagi nefdan bir oz baland, u yerdagi kichik darchalardan
ichkariga nur tushib turadi. Bino devorlari haykaltaroshlik asrlariturli arhitektura dekorativ elementlari
bilan bezatilgan. Binoning pastgi yarusi tepadagiga nisbatan katta bo’lib, asosan o’yma naqsh va bo’rtma
tasvirlar bilan bezatilgan. Memorlik yodgorliklari bu davrda siyosiy vaziyatni aks ettirgan bu hususiyat
ayniqsa Klyunidagi cherkovda ko’zga tashlanadi. Bu cherkov XI-asr oxirlarida bunyod etilgan o’sha
davrda Yevropadagi eng katta ibodatxonalardan biri bo’lgan.
Germaniyada qurilgan roman uslubidagi binolar o’zing qubbasimon aniq shakllari hamda
ulug’vorligi bilan harakterlanadi. Bularni barchasi Vormsdagi soborda yaqqol nomoyon bo’ladi.
Italiyaning ayrim viloyatlarida vizantiyaning ta’siri bo’lsa boshqa birida roman san’ti ananalari seziladi.
Ilg’or toskani valombardiya maktablarida mahalliy antika ananalari ta’siri ko’rinadi. Pizadagi memorlik
ansanbili bu hususida diqqatga sazovor. Ansanbildagi binolarning devorlari nafis arkadalari bilan qator
yaruslarga ajratilgan. Piza soborining elips shaklidagi gumbazi garmonik tugal ko’rinishni taminlaydi.
Roman memorligida devoriy suratlar va vitrajlar muhim o’rin egallaydi. Rangdor suratlar devor
va shipni qoplagan, ular asosan diniy mavzuga bag’ishlangan. Fransiyadagi San-Save cherkovida
ishlangan suratlarda “Mehaylning ajdaho bilan olishuvi” surati harakterlidir.
XII asrdan boshlab, feodalizm formasiyasi ichida yangi ijtimoiy kuchlarning paydo bo’lishi va
rivojlanib borishi klassik o’rta asr an`analarining inqiroziga sabab bo’ldi.
Bu yangi kuchlar shaharning
keng taraqqiy e`tishi bilan bog’liq holda o’z kuchini oshirib bordi. Shaharlarda savdogarlar
korporasiyalari va hunarmandchilik sehlari rolining ortib borishi ijtimoiy tuzum harakteriga ta`sir qila
boshladi.
Feodal hukmdorlarida ozodlikka, mustaqillikka e`rishishga intilish ortib bordi. Bu davrda din hamon
hukmronlikda, cherkov esa san`atga o’z talabini qo’yayotgan bo’lsa ham, lekin shahardagi hunarmand
va savdogarlarning bilimga, hayotning yangi qirralarini ochishga intilishi orta bordi. Evropa
shaharlarida dastlabki fan markazlari - universitetlarning tashkil topishi esa, bu intilish ravnaqiga zamin
yarata bordi.
San`at va madaniyat mazmuni, harakterida ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Hayotiy
mavzudagi asarlar yuzaga kela boshladi. Shahar hayotining kundalik turmushi, ishq-muhabbat
mavzusidagi asarlar paydo bo’la boshladi. Bunday asarlarda ijodkorning missiy kechinmalari, voqelikka
bo’lgan munosabatlari o’z ifodasini topa boshladi. Ruhoniylarning ikki yuzlamachiligini fosh e`tuvchi
teatr
janrlari, maskaradlar yuzaga keldi.
Bu davrda tasviriy san`at va me`morlikda ham jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Farbiy Evropa
madaniyatidan Vizantiya san`ati an`analari uzil-kesil chiqarib tashlandi. Davr ruhini uzida ifodalovchi
39
realistik shakl va mazmundagi asarlar, funksional tomoni orta boshlagan me`morlchilikning
rivojlanmasligiga sabab bo’ldi. Uning o’rnini vitraj san`ati egalladi.
Gotika binolarining katta-katta derazalarini vitraj kompozisiyalari egalladi. Diniy va hayotiy
mavzudagi suratlar rangli shishalardan tuzib chikildi. Gotika rassomligi miniatyura san`ati sifatida ham
ko’zga ko’rinadi. Bu san`at ravnaqi XIII asrdan boshlanib, XV asrgacha davom etdi. Shu san`atda
gotika tasviriy san`atidagi o’ziga hos tomonlar -mavzuning kengayishi, dunyoviy mavzuda ko’plab
asarlar yaratilishi bilan realistik tendensiyalarning kuchayishi seziladi. Bu davr miniatyuralarida
devdonlar hayotidan olingan voqealar, zodagonlarning ko’ngil ochish paytlarini tasrvirlovchi rasmlar
paydo bo’ldi.
Real tabiat manzaralarini aks ettiruvchi suratlar ayniqsa, oy va yil fasllariga bag’ishlangan allegorik
miniatyuralar yaratildi. Bu davrda haykaltaroshlik hamon etakchi san`at bo’lib qoldi va me`morlik bilan
uzviy bog’liq holda mustakil san`at sifatida yuzaga chuqa. boshladi, ko’p hollarda esa dumaloq haykal
sifatida namoyon bo’ldi.
Bunday haykallar juda ko’p uchraydi. Masalan, Reymsdagi soborda 2000 dan ortik dumaloq haykal
ishlatilgan.
Bu davrga kelib, haykaltaroshlik mavzusi ham kengaydi. Iso, Bibi Maryam, apostollar
hayotiga bag’ishlangan kompozisiyalar bilan bir qatorda, hayotiy mavzularda, hatto mehnat mavzusida
ham asarlar yaratila boshlandi. Diniy mavzularda yaratilgan asarlarda ham insoniylik, olijanoblik,
hamdardlik kayfiyatlari o’z ifodasini topa bordi. Donatorlar (ibodathonalar uchun ko’p mablag’
sarflagan, unga zakot bergan shahslar )ga atab yodgorliklar o’rnatish, haykallar qo’yish (masalan,
Ekkegart va uning qaylig’i Uta, Germaniya, XIII asr)odati paydo bo’lganligi ham san`atning
targ’ibotchilik roli ortib borayotganligini ko’rsatadi .
Gotika amaliy-dekorativ san`ati ham bevosita davr ruhi va mazmuni bilan bog’iq. Jozibador, serjilva
va nafis uy-anjom buyumlari, qurol-aslaha va mebellarda davr harakteri, kishilarning estetik qarashlari
o’zining badiiy ifodasini topdi.
XII-XVIII asrlarda gotika uslubining deyarli hamma mamlakatlar o’z boshidan kechirdi. Lekin bu
uslub mahalliy sharoit
va davr talabidan kelib chiqib, o’ziga hos ko’rinish kashf etdi. Jumladan,
gotikaning vatani hisoblangan Fransiyada bu uslubda ishlangan asarlar nisbatlarining to’g’riligi,
me`yorida topilganligi, aniqligi, shakllarining nafisligi bilan harakterlanadi.
Parijdagi Bibi Maryam sobori (Notr Dam de Pari, 1163 yili boshlanib, ayrim qismlari 1314 yilda
tugallangan) ilk gotikaga mansubdir. Besh nefli, kichik transepli bazilika tipidagi bu binoning old
tomonida ikki minora mavjud. U soborniig baland va «falakka intilayotgandek» bo’lib ko’rinishiga
hizmat qiladi. Peshtoq, darcha, darvoza va eshiklar tepasiga ishlangan nayzasimon arkalar uning engil va
dinamik ko’rinishini ta`minlaydi.
Reymsdagi sobor (XIII asrda boshlanib, XIV asrda tugallangan) gotikaning eng rivojlangan davriga
mansub. Uning uzunligi 150 m, minoralarining balandligi 80 m. Bu sobor o’z vaqtida halq,
birligini
tarannum etuvchi ramziy belgi sifatida qabul qilingan. Bu binoda gotika san`ati o’zining klassik
ko’rinishini namoyon qildi. Amendagi soborda gotikaga hos nisbatlar guzalligi, umumiy ko’rinish
yahlitligi buzila boshlaydi. Dekorativ bezaklarning mulligi esa binoning konatruktiv aniqligiga salbiy
ta`sir qilgan. Germaniyada gotika uslubi fransuzlar ta`sirida rivojlandi. Lekin nemis gotikasida yahlitlik
etishmaydi va unga hos bo’lgan dramatizm e`kspressiya roman me`morligi an`analari bilan ko’shilib
ketadi. Bundan tashqari, nemis gotikasida bir minorali soborlar ham keng uchraydi. Binolarining tashki
tomoni sodda, kam bezakli Kel'ndagi sobor (1248--1880) Am'en soboriga uhshatib ko’rilgan.
Italiya me`morligida gotika uslubi XIII asrning ohirida kirib kela boshladi. Lekin dastlabki
paytlarda roman me`morligi principlariga ta`sir qilmadi. XIV asrda gotika uslubi prinsiplari tuliq ko’rina
boshladi. Ispaniya gotikasi musulmon me`morligi prinsiplari bilan boyigan bo’lsa, Angliya gotikasi
og’ir, kompozisiyada haddan ortiq detallar ko’payib ketganligi va arxitektura bezagining mo’lligi bilan
xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: