O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
Boshlang’ich ta’lim fakulteti
Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi yo’nalishi
3v-guruh talabasi Bo’ranova Mashhuraning
“Ona tili va bolalar adabiyoti” fanidan
Mustaqil ishi
Sharl Perro
(1628-1703)
Reja:
1. Sharl Perroning hayoti va ijodi;
2. Sharl Perroning asarlari;
3. Sharl Perro ertaklari;
Sharl Perro— fransuz shoiri va tanqidchisi. Fransiya akademiyasi aʼzosi . XIX asr fransuz adabiyotida avj olgan "Qadimgilar va yangilar bahsi"da ishtirok etib, zamondosh yozuvchilarning qadimiy yozuvchilardan afzalligini yoqlab chiqqan va shu bilan shuhrat qozongan. Ilk parodiyali dostoni — "Troya devori " (1653). Shundan keyin uning "Buyuk Lyudovik asri" (1687) dostoni hamda 4 jildli "Sanʼat va fan masalasida qadimgilar bilan yangilar oʻrtasidagi qiyoslar" (1688— 89) dialog shaklida yozilgan asari, "Ayollarning taʼrifu tavsifi" (1694) satirik sheʼri eʼlon qilingan. Sharl Perro soʻnggi 2 asarida Bualo singari zamondoshlari bilan bahs-munozara yuritgan. Perroning adabiyotning maʼrifiy ahamiyati hamda adabiy taraqqiyotning fan va tamaddunga bogʻliqligi masalasidagi qarashlari fransuz maʼrifatparvarlari tomonidan rivojlantirilgan. Ammo Perroning fransuz adabiyotidagi katta oʻrni "Onaginam Gusina bonuning ertaklari yoki Oʻtgan zamonlarning ibratli voqea va ertaklari" toʻplami bilan belgilanadi. Mazkur toʻplam Perro ning oʻgʻli Darmankur nomidan eʼlon qilingan. U dastlab 8 ta er-takdan tashkil topgan boʻlib, keyinchalik yana 3 ta sheʼriy ertak hisobiga boyigan. Fransuz adabiyotidagi antik madaniyat anʼanalariga qarshi kurashgan Perro xalq ertaklariga xos "qissadan hissa" chiqarish tamoy-ilini samarali, deb hisoblagan. U ertakka hazil-mutoyibalar yordamida chinakam xalq ijodiga xos latofat va jozibani olib kirdi. Perro "Er-taklar"i fransuz adabiyotida xalq-chillikning oshishi va ertakning adabiy janr sifatida rivojlani-shiga katta taʼsir koʻrsatgan. Perroning ertaknavislik anʼanalari aka uka Grimmlar, L.Tik, X.K.Andersen singari yozuvchilar tomonidan davom ettirildi. Perroning "Zolushka", "Etik kiygan mushuk", "Koʻk soqol" singari ertaklari asosida opera va balet spektakllari, multfilmlar yaratilgan. Perroning ayrim ertaklari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq ogʻzaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur oʻrgandi. Shuning uchun ham u oʻz ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari oʻz mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. Gʻarazgoʻylik, maqtanchoqlik, qizgʻanchiqlik oʻrnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda. Sharl Perrodan bor-yoʻgʻi oʻn ikki ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” ertagini oʻqimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topagʻonlik bosh masala qilib qoʻyiladi. Boshqa asarlarida boʻlgani kabi Sh. Perro bu ertakda ham folklor anʼanalariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni – tegirmonchining kenja oʻgʻli Karabs fahm-farosat, aql bilan ish koʻrib, oʻz murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor boʻladi.Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning koʻpchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, eʼzozlaydigan boʻladilar. Zolushkani (“Zolushka”) olaylik. Uni oʻgay ona-yu qizlar xush koʻrmaydilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi koʻradi. Uning oʻz baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinsoʻz, kamtarin, odamlarga, jonivor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda oʻz oʻrnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli boʻlishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi.Sh. Perro ijodida “Qizil Qalpoqcha” alohida oʻrinda turadi. Ertakning taʼsirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Qalpoqchaning tabiiy holda ijobiy tomoniga koʻp sayqal beradi, bolalar koʻz oʻngida u dunyodagi tengi yoʻq, juda yoqimtoy qizcha sifatida gavdalanadi. Boʻrining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qoʻzgʻatadi.Boshqa ertaklarda boʻlgani kabi “Qizil Qalpoqcha”da ham voqea yaxshilik bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qoʻshadi.Sharl Perroning “Havorang soqol”, “Eshak terisi”, “Uyqudagi malika” kabi ertaklari xuddi “Qizil Qalpoqcha” kabi bolalar bopdir.Mana toʻrt yuz yildirki, shoirning “Qizil Qalpoqcha” asari jahon kezib yuribdi. Ertakning oʻziga xos xususiyatlaridan biri quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi koʻradi, hamma sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mugʻambir emasligi unga pand beradi, boʻriga yem boʻlishiga oz qoladi.Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan gaplari koʻp. Eng avvalo, u barcha bolalarni xuddi Qizil Qalpoqcha kabi oddiy va quvnoq boʻlishga chaqiradi va kattalarning har bir topshirigʻini soʻzsiz bajarishga daʼvat etadi.Ikkinchidan, oʻrtadagi sirni oshkor qilmaslikka, oʻziga pishiq-puxta boʻlishga chorlaydi.Boʻri ochkoʻz, pismiq va mugʻambir. Shu sababli qizchaning soddaligidan foydalanadi. U bir oʻq bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Boʻri Qizil Qalpoqchadan osongina safari haqidagi maʼlumotni bilib olgach, endilikda qizchaning oʻziga qoʻshib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil Qalpoqchaning baxtiga oʻtinchilar kelib qolishadi.Ertak tinglovchi har bir bola voqeani mana shunday ijobiy tugashini xush koʻradi, quvnoq Qizil Qalpoqchaning boʻriga yem boʻlishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va jahongashtaligi ham ana shunda!
Do'stlaringiz bilan baham: |