konstantligi
dir. Konstantlik deb, idrok qilish sharoitlarining
o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy doimiyligiga aytiladi. Perseptiv tizimning idrok
sharoitlarining o‘zgarishini to‘ldirish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab
turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. Yuqori darajadagi konstantlik jismlar
rangi, kattaligi va shaklini ko‘rish idrokida kuzatiladi.
Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga ko‘ringan rangning nisbiy
o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi yozning quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi
bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 marta yorqinroq ko‘rinadi. Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning
tusi esa, kechqurun bo‘lsa ham, biz uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik hodisasi qator sabablar, shu
jumladan, ko‘rish maydoni yorqinligi umumiy darajasining yorqin ranglarning keskin o‘zgarishiga
moslashishi, shuningdek, yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasavvurlarning
ta’siri bilan belgilanadi.
Jismlar kattaligi idroki konstantligi jismlarning turlicha uzoqlashganlik masofalaridagi jismlarning
ko‘zga ko‘ringan kattaligining nisbiy doimiyligida ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo‘y
o‘lchami 3,5 va 10 metr masofadan, ko‘z to‘r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga
ko‘ra turlicha bo‘lsada, o‘zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning uncha katta bo‘lmagan
uzoqlashish masofasida ularni idrok qilish kattaligi faqatgina ko‘z to‘r pardasidagi obrazning kattaligi
bilan emas, balki, qator omillar ta’siri bilan ham tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo‘lgan
omillardan jismni turli masofalarda qayd etishga moslashayotgan ko‘z mushaklarining zo‘riqishidir.
1
[3]
Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi chizig‘iga nisbatan
o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir
o‘zgarishida uning to‘r pardadagi tasvirining shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa
tomondan qarash mumkin va h.k.). Lekin ko‘zlarning, bizga avvalgi tajribadan ma’lum bo‘lgan jismlar
shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha harakatlari tufayli idrok etilayotgan
jism shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi.
Idrok konstantligi manbai bo‘lib perseptiv tizimning faol harakatlari xizmat qiladi. Aynan o‘sha
jismlarning turli sharoitlarda ko‘p martalab idrok etilishi perseptiv obrazlarning o‘zgaruvchan
sharoitlarga nisbatan doimiyligi (invariantlik, o‘zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining
harakatlarini ta’minlaydi.
Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy tajribasi bilan belgilanadi,
chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. Idrok seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas,
balki, sub’ektga ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. Idrokning
psixik hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi
Do'stlaringiz bilan baham: |