O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi


III MAVZU: Sodda psixik jarayonlar



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

III MAVZU: Sodda psixik jarayonlar. 
DIQQAT, SEZGI, IDROK, XAYOL. 
 
REJA: 
3.1. Diqqatning mohiyati. 
3.2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari. 
3.3. Diqqatning vazifalari va turlari. 
3.4. Diqqatning xossalari. Diqqatning rivojlanishi.
3.5. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. 


37 
 
1. Diqqatning mohiyati 
3.6. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi soxasidagi qonuniyatlari. 
3.7.Sezgi sezuvchanlik psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. 
3.8.Idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari.
3.9.Idrokning asosiy xossalari va turlari. 
3.10. Idrokda predmet va fon, yaxlit va xususiy o‘zaro munosabatlar 
3.11. Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha. 
3.12. Xayol turlari va jarayonlari. 
3.13. Xayol va ijodkorlik. 
3.14. Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi 
Diqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha 
ruhshunoslar u haqda yagona fikrga ega emaslar. Ba’zi bir 
mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik 
jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, 
mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas. Boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida 
mustaqilligini yoqlaydilar.
Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar 
mavjud. Ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir 
faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab 
etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‘laydilar.[1] 
Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda uchramasligidan iborat. 
Diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat 
ko‘rsatadi. SHuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat
psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. Diqqat o‘zi nima? 
Diqqat
– bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. Bu 
hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. Insonga nisbatan 
diqqat
ni ma’lum 
ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va 
jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning 
yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi. 
Psixik faoliyatning 
yo‘nalganligi
ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli 
bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. Yo‘nalganlik tushunchasiga, 
shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1] 
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib 
beruvchi 
jamlanganligi
dir. Vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi 
shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. Ikkinchi 
tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. Aks holda, yot narsalardan 
chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi. 
Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. Diqqatingizni biror-bir narsaga 
yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. Va aksincha, biror-
bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. Diqqatning yo‘nalganligi
bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq. 
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni biror-bir jismlar 
guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. Ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar 
aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. SHunga o‘xshash hodisani 
ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan bo‘ladi; 
ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. Lekin boshqacha ham bo‘lishi 
mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. Bunda 
ongingizning «markaziy maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi. 
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana 
ko‘rinishida chizish zarur. Katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, – aniq ong yoki diqqat 
deb ataladi.[2]

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish