5. Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari
Keksalik davridagi insonlarga emotsional sohada ham
maxsus o‘zgarishlar xos. Bu affektiv reaksiyalarning kuchayishi (kuchli asab qo‘zg‘alishi), sababsiz xafa
bo‘lish, yig‘lash va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Qariyalarda o‘tmish qadriyat hisoblanadi. Kaliforniya
universiteti olimlarining 40 yillik longityud tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshda
emotsional va psixologik barqaror faol shaxslar 70 yoshda ham o‘z faolliklarini saqlab qoladi.
Qariyalarning ijtimoiy va psixologik mavqesini belgilaydigan muhim omillardan biri jismoniy sog‘liq,
jismoniy faollikdir. Jismoniy noxushliklar – keksalik davrida hayotdan qoniqmaslikning muhim
sababidir. Buning xususiy oqibatlari atrofdagilarga qiziqishning pasayishi, yaqinlar bilan
munosabatlarning o‘zgarishi, o‘z-o‘zini baholashning pasayishida ko‘rinadi. Biroq shaxsiy keksayishga
munosabat – keksalar psixik hayotining faol elementidir. Jismoniy va psixik o‘zgarishlarni anglash,
o‘zining jismonan nosog‘lomligini his qilish keksalik davrida o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini
tashkil etadi. Keksalarning jismoniy kuch va imkoniyatlarining chegaralanganligiga chidamliligi yoki
chidamsizligi shaxsiy qartayishiga munosabatini bildiradi. K.Roshakning ta’kidlashicha, ehtiyojlar
ierarxiyasi, tuzilishi o‘zgaradi: qiynalishdan qochish, xavfsizlik ehtiyoji, avtonomiya va mustaqillik
ehtiyoji. Shu bilan birga keksalik davrida vaqtinchalik hayotiy rejalarning umumiy o‘zgarishi ro‘y beradi.
Hozirgi hayot va o‘tgan umr haqida tasavvurlar kelajak hayotga nisbatan muhim ahamiyatga ega.
Keksalarning o‘tmish xotiralarga qaratilganligi fenomeni ular psixik hayotining muhim qismidir.
V.V.Boltenko psixologik qarishning bir neshta bosqichlarini ajratib ko‘rsatgan: Shuningdek, bu davrda
hayotdan qoniqish hamda o‘z-o‘zini baholashning susayishi kuzatiladi. Amerika psixologlari
tadqiqotlarida nafaqaga chiqqan erkaklar o‘rganilib, 5 xil shaxs tiplari o‘rganilgan. 1. Konstruktiv tip –
ichki muvozanat, ijobiy emotsional kayfiyat, o‘ziga nisbatan tanqidiylik va boshqalarga nisbatan
chidamlilik bilan tavsiflanadi. Kasbiy faoliyatni to‘xtatgandan so‘ng ham hayotga nisbatan optimistik
ustanovka saqlanib qoladi. Bunday keksalarning o‘z-o‘zini baholashi yuqori bo‘lib, atrofdagilarning
yordamiga tayangan holda kelajak uchun reja tuzadi. 2. Bog‘liq tip – ijtimoiy qabul qilingan va yaxshi
moslashgan tip. Yuksak hayotiy va kasbiy intilishlar bo‘lmaganida turmush o‘rtog‘iga yoki farzandiga
bo‘ysunadi. Oilaviy vaziyat tufayli hissiy muvozanat saqlab turiladi. 3. Himoyalanuvchi tip – zo‘r berib
doimiy faollik orqali o‘z-o‘zini ta’minlashga • Insonni nafaqaga chiqishga qadar yetakchi 1 hisoblangan
faoliyat turi bilan shugʼullanishi -bosqich • Kasbiy bogʼliqlikni bajarish hisobiga 2 qiziqishlar doirasini
torayishi -bosqich • Shaxsiy sogʼliq haqida qaygʼurishining ustun 3-bosqich boʼlishi 4-bosqich • Oʼz
hayotini saqlab qolish haqida oʼylash • Sof hayotiy ehtiyojlar kamayadi (ovqat, uyqu, 5 xotirjamlik).
Hissiyot va muloqotning yoʼqligi. Nevrotik tip sifatida baholanadi. 4. Agressiv-ayblovchi tip – bunday
keksalar shaxsiy muvaffaqiyatsizliklari uchun aybni boshqalarga to‘nkaydi, shubhalanuvchan va birdan
tutoqib ketadi. Ular o‘zlarining keksaligi, nafaqaga chiqqanligi haqidagi fikrni qabul qilishni istamaydi,
kuchi tugayotgani va o‘lim haqida o‘ylab, yoshlarga nisbatan dushmanlarcha munosabatda bo‘ladi. 5.
O‘z-o‘zini ayblovchi tip – passivlik, depressiyaga beriluvchanlik, tashabbussizlik, yolg‘izlik, hayotga
pessimistik munosabat, o‘lim baxtsizlikdan qutulish yo‘li sifatida qabul qilinadi. I.S.Kon keksalikdagi
ijtimoiy-psixologik tiplarni ajratishda mezon sifatida faoliyatning yo‘nalganligidan foydalanadi. Ijobiy
psixologik qulay tiplar: 1) Nafaqaga chiqqandan so‘ng jamoat ishlarini davom ettirish, faol va ijodiy
munosabatda bo‘lish; 2) shaxsiy hayoti bilan shug‘ullanish – moddiy ta’minlanganlik, xobbi, qiziqishlar,
mustaqil ta’lim olish, yaxshi ijtimoiy va psixologik ta’minlanganlik; 3) oilaning boshqa a’zolariga qulay
bo‘lish uchun ularga yordamlashish, bular ko‘proq ayollardir. Zerikish yo‘q, lekin birinchi va ikkinchi
guruhdagilarga nisbatan hayotdan qoniqqanlik quyiroq; 4) hayotning mazmuni sog‘liqni mustahkamlash
bilan bog‘lanadi, bu ko‘proq erkaklarga xos. Hayotni bunday tashkil etish ma’lum ma’noda axloqiy
qoniqish hosil qiladi, ba’zan sog‘liqqa nisbatan xavotirlanish kuzatiladi. Keksalarning salbiy tiplari: 1)
agressiv, maxmadonalar; 2) o‘z hayotidan norozi, baxtsiz, muvaffaqiyatsiz keksalar. Keksalik davrida
paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilma – bu hayotiy donishmandlik, hamda ruhning chuqur qatlamlari
bilan yashash qobiliyatidir. 6. Keksayish davrida bilish jarayonlari Kundalik hayotda ko‘pchilik
qariyalarning aqli ham susayadi, deb hisoblaydi. Masalan, yosh yigit qo‘ygan narsasini eslay olmasa,
hech kim bunda hech qanday qo‘rqinchli narsani ko‘rmaydi, lekin bunday e’tiborsizlik qariyalar
tomonidan amalga oshirilsa, bunday o‘zgarishlarni qarilik o‘zgarishlarining namoyon bo‘lishi deb,
219
skleroz deb baholaydi. So‘nggi vaqtlarda ilmiy adabiyotlarda normal qarilikda intellektual faoliyatning
susayishi haqidagi qarama-qarshi fikrlar uchraydi.
Qarilik davrida kognitiv jarayonlarning o‘zgarishi muammosini o‘rgangan tadqiqotchilarning
ta’kidlashicha, ko‘pchilik aqliy ko‘nikmalar nisbatan saqlanib qoladi. Bu yosh davrida xotirani keng
doirada o‘rganish natijalariga ko‘ra (Perlmutter, Adams, Barry, Kaplan, Person & Verdonik, 1987)
xotiraning susayishi nafaqat qarilik oqibati emas, balki boshqa omillar, depressiya, faol faoliyatning
to‘xtatilishi va dorilarning salbiy ta’siri natijasidir. Qarilik davrida kognitiv rivojlanish darajasida ma’lum
susayish ro‘y beradi. Masalan, bilish jarayonida ma’lumotlarni qayta ishlash, mexanik eslab qolish
tezligining pasayishi kuzatiladi. Lekin bunga mos ravishda kompensatsiyalar ham ro‘y beradi. Natijada
ma’lum kognitiv xarakteristikalarning yo‘qotilishi kundalik hayotga ta’sir qilmaydi. (Perlmutter et al.,
1987; Salthouse, 1985). Qarilik davridagi inson bilish qobiliyatidagi muhim o‘zgarishlardan biri – bu
jismoniy va aqliy operatsiyalar bajarish tezligining susayishida namoyon bo‘ladi. Bu yoshga yetgan
insonlarda reaksiya vaqti ortadi, perseptiv ma’lumotlarni qayta ishlash sekinlashadi, kognitiv jarayonlar
tezligi susayadi. Qariyalarda kognitiv qobiliyatlarning susayishi muammosi xotira funksiyalarining
o‘zgarishi doirasida ko‘proq o‘rganilgan. Informatsion nuqtai nazardan yondashuvchi xorij psixologlari
sensor, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xotira mavjudligini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, sensor
xotira – juda qisqa muddatli ko‘rish yoki eshitish xotirasidir, bunda informatsiya qayta ishlanguncha 250
millisekund vaqt oralig‘ida xotirada saqlab turiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha,
qariyalar yoshlarga qarganada kamroq ma’lumotni xotirada saqlab qoladi. Birlamchi xotira xorijlik
tadqiqotchilar tomonidan cheklangan ma’lumotlar hajmini saqlash sifatida tavsiflanadi. Masalan, sotib
olinayotgan tovarning narxini eslab qolishni misol sifatida keltirish mumkin. Bu xotira turini ishchi
xotira, yoki operativ xotira ham deb atash mumkin. Tadqiotlarda yoshlar keksalarning birlamchi
xotirasida farqlar aniqlanmagan. Ikkilamchi xotira uzoq muddatli xotira turi bo‘lib, unda yosh
xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Yodlash va qayta esga tushirishni o‘rganishga bag‘ishlangan
tadqiqotlarda qariyalar berilgan ro‘yxatdagi kam so‘zlarni, rasm detallarining oz qismini eslab qolishi
aniqlandi. Uchlamchi xotira bu ilgari bo‘lib o‘tgan voqeani eslashdir. Xotiraning bu turi keksalarda to‘liq
eslab qolinadi. Keksalar ilgari bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealarni batafsil eslab qoladi, agar bu voqeada o‘zi
ishtirok etgan bo‘lsa, yanada yaxshiroq xotirada saqlanadi. Shu bilan birga keksalik davridagi insonlarda
xotira saqlanishida individual farqlar kuzatiladi. Masalan, oliy ma’lumotli keksalar o‘rta ma’lumotli
tengdoshlariga nisbatan xotira testlarini yaxshiroq eslab qoladi. Intellektual faoliyat bilan faol
shuhullanadiganlar bu testlarda yaxshi natija ko‘rsatishadi. Rus psixologlari tomonidan xotiraning yosh
funksiyalari o‘zgarishini kuzatilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, yosh o‘tishi bilan mexanik esda olib
qolish yomonlashadi, mantiqiy xotira esa saqlanib qoladi. Obrazli xotira so‘z-mantiq xotiraga nisbatan
kamroq esda qoladi. Shunday qilib, keksalik davrida xotira asosida mantiqiy bog‘lanish yotadi, mantiqiy
xotira tafakkur bilan chambarchas bog‘langani uchun keksalarda tafakkur yaxshi rivojlangan deyish
mumkin. Yoshlar xotira jihatdan keksalardan ustun bo‘lsalar-da donolik jihatidan ustun emas. Donolik –
bu inson bilimlarining ekspert tizimi bo‘lib, hayotning amaliy jihatlariga yo‘naltirilgan, hayotiy muhim
muammolar bo‘yicha foydali maslahatlar berishdir. Pol B. Bal hamkasblari bilan birga donolikni
o‘rganib, uning bir necha kognitiv xususiyatlarini aniqlagan. Birinchidan donolik, insonlarning hayot
mazmuniga aloqador muhim va murakkab muammolarni yechish bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan, donolik
bilimlar, fikrlar va maslahatlarning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. Uchinchidan, donolik bilan
bog‘liq bilimlar shunchalik keng va chuqurki, ularni maxsus vaziyatlarda qo‘llash mumkin.
To‘rtinchidan, donolik shunday aqlni o‘z ichiga oladiki, undan shaxsiy foydaga hamda insoniyat
foydasiga foydalanish mumkin. Beshinchidan, donolikka erishish qiyin, lekin ko‘pchilik insonlar uni
osongina anglaydi. Intellektual funksiyalar pasayishining sabablari. Keksalarda intellektual
funksiyalarning pasayishiga turli sabablar: bevosita va bavosita sabablar bo‘lishi mumkin. Intellektual
funksiyalar pasayishining bevosita sabablariga miya kasalligi, masalan Altsgeymer kasalligi va miya qon-
tomirlarining kasallanishini keltirish mumkin. Bavosita sabablariga esa bosh miya funksiyalari bilan
bog‘liq emas, lekin intellektual funksiyalarni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatadigan sabablar kiradi.
Ularga: inson sog‘lig‘ining umumiy yomonlashuvi, ma’lumot darajasining quyiligi, bilish faoliyati
motivatsiyasining mavjud emasligi va boshqalar kiradi. Demensiya – keksalik boshlanishi bilan bog‘liq
shaxs o‘zgarishlari, amneziya, bilish nuqsonlarini o‘z ichiga olgan buzilishlarning bir butun kompleksidir.
Senil demensiya – inson tafakkurining adekvatligida namoyon bo‘ladigan miyaning organik kasalligidir.
220
Amerikalik olimlar tadqiqotlarida aniqlanishicha, qariyalar uyida yashovchi 75-84 yoshli keksalarning
20% demensiya kasalligining bir turi hisoblangan Alsgeymer kasalligiga chalinishgan. 85 yoshdan keyin
qariyalar uyida yashovchi keksalarning 47 % ida senil demensiya kuzatilgan (Evans et al., 1989). O‘z
oilalarida va faol hayot tarzini olib borayotgan keksalarda demensiya kamroq kuzatilgan. Atsgeymer
kasalligi. Ushbu kasallikda keksalarda bosh miya po‘stlog‘i hujayralarining buzilishi kuzatiladi.
Kasallikning dastlabki belgilari maydachuydalarni esdan chiqarib qo‘yishda namoyon bo‘ladi.
Keyinchalik qaerda bo‘lganligini, kundalik ishlarni ham esdan chiqarib qo‘yadi, o‘ziga ovqat ham
tayyorlay olmaydi, yaqin kishilarini ham tanimaydi. Demensiyaning boshqa bevosita sababi
mikroinsul’tdir. Mikroinsul’t – miya qon bilan ta’minlanishining o‘tkir buzilishidir.
Gerontofobiya sabablari Go‘zaligini yo‘qotmaslik istagi Hech kimga kerak emaslik hissi, yolg‘izlik
Ijtimoiy statusni o‘zgarishidan qo‘rqish Qarindoshlariga ortiqcha yuk bo‘lishdan qo‘rqish O‘limdan
qo‘rqish Keksalarda intellektual funksiyalarning buzilishi barchada bir xil emas. Ayrim olimlar 70
yoshdan keyin ham ishchanlik qobiliyatlarini saqlab qolgan: P. La-mark, M. Eyler, K. Laplas, Im. Kant, I.
P. Pavlov «Yigirma yillik tajriba» asarini73 yoshda yaratgan. E.G‘ozievning shogirdi A.B.Sabirova
ontogenezning kechki bosqichlarida insondagi sub’ektlilik va emotsional sohaning o‘ziga xos
xususiyatlarini tadqiq etgan bo‘lib, bu davrda o‘z-o‘zining emotsional holatini quyi baholash shaxsiy
xavotirlanishning oshishiga sabab bo‘lishini, shuningdek, o‘z-o‘zining emotsiyalari quyi baholanganda
esa vaziyat bilan bog‘liq xavotirlanish darajasi ortishini ta’kidlab o‘tadi. Bu qonuniyat emotsional nazorat
hissiy o‘z-o‘zini boshqarishning ob’ektiv indikatori ekanidan dalolat beradi. A.B.Sabirova o‘z tadqiqoti
natijasida qarilik va keksalik davrida shaxsiy xavotirlanish o‘rtasida ahamiyatli darajadagi farq namoyon
bo‘lganini ko‘rsatib, bu holatni quyidagicha izohlaydi: qarilik davrida insonlar kuchli emotsional
zo‘riqishni boshdan kechiradilar va bu holat ulardagi normal hayotiy tuzilmalarning buzilishiga olib
keladi. Keksalik davrida esa shaxs bilan bog‘liq xavotirlanishning susayishi qarilik davriga nisbatan xulq-
atvor strategiyasining ishlab chiqilganligiga asoslanadi va bu holat ulardagi emotsional hayajon
reaksiyasini susaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |