39
A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra, miyada doimo ma’lum
vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum
yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning vaqtincha hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi. Dominantlik
xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‘planadi va jamlanadi, shu vaqtning
o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‘zg‘alish kuchaytiriladi. Bu xossalarga
binoan, dominantlik qo‘zg‘alishning barqaror o‘chog‘i hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat
jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.[1]
SHunday bo‘lsada, na nerv jarayonlari induksiyasi qonuni, na dominantlik ta’limoti diqqatning,
ayniqsa, ixtiyoriy diqqatning mexanizmlarini to‘laligicha ochib bera olmaydi. SHuning uchun, hozirgi
zamon fanining taraqqiyoti diqqatning fizilogik mexanizmlarini tushuntirib berishga urinayotgan qator
konsepsiyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari neyrofiziologik jarayonlarga
ko‘proq e’tibor ajratadilar. Sog‘lom odamlarda diqqatning zo‘riqishi sharoitlarida miyaning istalgan
sohasida biolektrik faollikning o‘zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. Bu faollikni peshona sohasida
joylashgan neyronlarning alohida turi faoliyati bilan bog‘laydilar. Neyronlarning birinchi turi – «yangilik
detektorlari» yangi rag‘batlar ta’sirida faollashadilar va ularga o‘rganib qolish darajasiga ko‘ra faollikni
kamaytiradilar. Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish
qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo‘zg‘aladilar.
Shunday qilib, diqqat bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan miya tuzilmalarining yaxlit tizimi faolligi
bilan ta’minlanadi. Diqqat fiziologik mexanizmlarining o‘ta murakkab tuzilishi va uning tabiatiga
nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar diqqatning bir qator psixologik nazariyalarining paydo bo‘lishiga
olib keldi.
Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya hisoblanadi, uning
fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga
ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional
holatning jadalligi va davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat
o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi.[2]
Bundan tashqari, T. Ribo diqqat doimo organizmning jismoniy va fiziologik holatlarining
o‘zgarishlari bilan birgalikda kechishini uqtiradi. Bunda diqqat tabiatini tushuntirishda Ribo harakatlarga
alohida o‘rin ajratadi. Uning fikricha, diqqatning jamlanganlik holati organik reaksiyalar bilan birga
diqqatni ma’lum darajada tutib turishning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan tana, yuz, gavda,
oyoq-qo‘llar qismlarining harakatlari bilan birgalikda kechadi. Biror-bir ob’ektda diqqatni jamlash va
ushlab qolishga ketkaziladigan urinish har doim fiziologik asosga ega bo‘ladi. Bu holatga, Riboning fikri
bo‘yicha, mushak zo‘riqishi mos keladi, diqqatning chalg‘ishi esa, mushak charchog‘i bilan bog‘liq
bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, ixtiyoriy diqqat siri, Ribo nuqtai nazariga ko‘ra, harakatlarni boshqarish
qobiliyatidan iborat. SHuning uchun ushbu nazariya
Do'stlaringiz bilan baham: