89
Intellektning yuqori bo‘lishi miya yarim sharlariga bog‘liqmi? Bu masalani tadqiq etishganda
shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Bayron, Betxovenlarning miyasining og‘irligi normal odamning miyasidan
anchagina og‘iriligini aniqlashgan. Miyasi og‘ir bo‘lgan shaxslar yuqori intellektga ega bo‘lishadi degan
qarashlar ham mavjud bo‘lgan. Lekin afsus ba’zi bir olim daxolarning miyasi normal insonlarnikidan
ancha pastligini ham aniqlashgan. Aksincha ba’zi bir jinoyatchilarning miyasining og‘irligi xuddi
Bayroninkiday ekanligi aniqlangan. Baribir keyinchalik MRT asob bilan miyani tahlil qilishda ishtellekt
bilan miyani bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Intellektning yuqori bo‘lishi nafaqat uning og‘irligiga balki
miyannig frontal va parietal manglay bo‘lagidagi aktivlik jarayoniga bog‘liqligini aniqlashgan.
1
Eynshteyn bilan bir kanadalikning miyasi tadqiq etilganda ularning og‘iriligi o‘rtasida
deyarli
hech qanday farq yo‘qligini aniqlashgan. Lekin Eynshteyning miyasining kuyi qismi kanadalikning
miyasidan 15 foizga yuqoriroqligi namoyon bo‘lgan. Aynan miyaning quyi qismi matematik va fazoviy
ma’lumotlarga javob beradi. Aksincha Eynshteyning miyasining faollika javob beruvchi qismlari pastroq
joylashganinin aniqlashgan. SHuning uchun ham Enshteyn va boshqa fiziklarning gapirish va
o‘rganishida sekinlikni ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan.
Intellektni o‘lchash tarixida dastlabki qadamni ingliz olimi Frensis Galton tomonidan amalga
oshirilgan. Galtoninng fikricha xarakter irsiyat yo‘li bilan avlodddan-avlodga o‘tar ekan. U bunga bog‘liq
ravishda aqliy qobiliyatlarni irsiyat yo‘li bilan tushuntirmoqchi bo‘lgan. Galtonning tadqiqotlari unchalik
yaxshi natijalarni ko‘rsatmadi va erkak kishilarning natijali ayollarninkiga qaraganda yuqori chiqanini
ko‘rishimiz mukin. Galtonning tadqiqotlari o‘z samarasini bermagan bo‘lsa ham biz uni aqliy
qobiliyatlarni aniqlagan dastlabki tadqiqotchi sifatada tan olamiz. Intellektni teslar yordamida aniqlash
yana bir qadamni fransuz olimi Alfred Bine tomonidan amalga oshirilgan.
Unga fransuz maktablarida yaxshi o‘zlantirmayotgan yoki aksincha juda yaxshi o‘zlashtirib
maxsus ta’lim programmasiga ehtiyoj sezgan bolalarni tadqiq etish topshirilgan. Bunning sababi ularning
qobiliyatlaridagi farqlar bo‘lishi mumkin deb qaralgan. 1904 yil A.Bine o‘z xodimi Tedor Simon bilan
birga maktabda o‘zlashtirishda ma’lum muammolarga duch keluvchi o‘quvchilarni aniqlovchi ob’ektiv
testlarni yaratishgan. Bine va Simon aqliy yosh va xronalogik yosh degan hodisani o‘rgantishni
boshlashgan. Uning aqliy yoshi xronologik yoshiga mos kelishi kerak edi.
Agar kimda bu mutanosib
kemasa, uni maxsus ta’lim metodi orqali moslashitirish mumkin deb hisoblagan. Bine va Simon
Galtondan farqli o‘laroq aqliy qobiliyatni muhitga bog‘liq deb bilgan.[416]
Binedan so‘ng Stanford universitetining professori Lyuis Terman Bine va Simonning intellekt
testlari Stanford universitettining talabalariga mos kelmayotganini aniqlab, unga ma’lum o‘zgartirish
kiritdi. Endilikda unga Stenford- Bine testi deb nomladi. Keyinchalik nemis olimi Vilyam SHtern aqliy
qobiliyat koeffitsenti hisoblangan o‘sha mashhur IQ atamasini fanga kiritdi.
Aqliy yosh
IQ ------------------------------------------------ x100
Xronologik yosh
Demak, dastlab angliyalik olim F.Galton individual- aqliy qobiliyatlarni tadqiq etgan. Lekin unda
buni qanday qilib o‘lchash kerakligini aniqlay olmagan bo‘lsa ham. A.Bine esa uning g‘oyasini
rivojlantirib, fransuz ta’lim tizimida o‘quvchilarning kelajakda o‘zlanshtirira olishini aytib bera olgan.
Xuddi Galton dek L.Terman aqliy qobiliyatlar irsiyatning mevasi deb bilgan. Ctenford- Bine testi bu
ko‘rinmayotgan qobiliyatni uyg‘otishga yordam beradi deb aytib o‘tgan. [417]
Intellektning rivojlanishi irsiyatsiyatmi yoki ijtimoiy muhitning roli kuchlimi? F.Galtonning
fikricha, intellekning rivojlanishiga irsiyatninng rolini yuqori qo‘ygan. Lekin ijtimoiy muhitnig rolini
yuqori qo‘ysak, unda yaxshi ta’lim-tarbiya olmagan nosog‘lom muhitda o‘sgan
bola qobiliyatsiz bola
deb hisoblashga tg‘ri keladi.
Haqiqatda ham bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarda intellekt koefiitsenti deyarli bir xil natijani
ko‘rsatgan. Agar bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarni boshqa boshqa oilalarda tarbiya qilib ularning
intellekt koeffitsenti tekshirilganda, baribir natijani bir xiligini ko‘rishimiz mumkin.[427]
Yana bir tadqiqot asrab olingan bolalarda o‘tkazilgan. Bir muhitda katta bo‘lgan bolalarning
intellekt koeffitsenti yoshligida bir xil natijani ko‘rsatgan. Lekin ular ulg‘aygan sari bu o‘xshashlik
1
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 413р
90
kamayib borishini kuzatishgan. Aynan aqliy qobiliyatlar yillar o‘tib o‘z o‘xshashligini yo‘qotishini
tadqiqotlar isbotlab bergan. Bundan tashqari mehribonlik uylardan asrab olingan bolalar o‘gay ota-
onalariga qaraganda o‘zlarining biologik ota-onalariga o‘xshashligi kuzatilgan. Irsiyat va ijtimoiy
muhitning bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Matematik qobiliyatga ega bo‘lgan bolani maxsus matematikaga
yo‘naltirilgan gimnaziyada o‘qitib, yillar o‘tib uning itellekti tekshirilganda, yuqori natijalarni ko‘rsatgan.
Buning sababi ham irsiyat ham ijtimoiy omilda ko‘ramiz (qobiliyat+ta’lim). Demak, genlarimiz bizning
muhitimizni, muhit esa o‘z navbatida bizning o‘zimizni shakllantirar ekan. [427]
Dj. Mak-Viker Tegerandagi kam ta’minlangan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini
tadqiq
etdi. Ko‘pchilik 2 yoshli bolalar mustaqil o‘tira olmasligini, 4 yoshli bolalar esa yura olmasligini
kuzatgan. Tarbilovchilar bolalarning yig‘lashiga, qaysarliklariga umuman e’tibor qaratmas edilar.
Natijada bunday bolalar “passiv”, tashqi muhit ta’siriga nisbatan hech qanday ehtiyoji yo‘q qoloq bolalar
bo‘lib ulgayishgani aniqlangan. Deprivatsiya sharoiti tug‘ma qobiliyatlarni so‘ndirmoqda edi.
Xant “inson qobiliyatlarini shakllantirishga o‘rgatish” nomli dasturni yaratdi. Dastur davomida
Xant tarbiyalovchilarni bolalar bilan tovushli o‘yinlar orqali ishlashga o‘rgatdi. Tadqiqotda 11 ta bola
saralab olingan edi. Ular 1 yosh 11 oylik davriga kelib 50 tagacha so‘zni talaffuz qila boshlashgani
aniqlandi. Natijada o‘sha saralab olingan bolalar juda rivojlangan bolalar bo‘lib ulg‘ayishdi. [430]
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning shakllanitishida
ham irsiyatning
ham atrof muhitning roli muhim. Insonning dastlabki rivojlaninsh bosqichida irsiy omillar etakchiroq
bo‘lib ko‘rinadi. Lekin yillar davomida ayniqsa aqliy qobiliyatlarning rivolanishiga atrof- muhit o‘z
ta’sirini ko‘rsatib boradi. Uning keyingi rivojlanishi yoki so‘nib borilishi atrof-muhitga bog‘liq bo‘lib
qoladi. [430]
Aqliy qobiliyatning jinsiy farqlari mavjud bo‘lib, ayollarning xotirasi erkaklarnikiga qaraganda
kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Erkaklarda esa matematik va fazofiy qobiliyatlar yaxshi
rivojlanganligi aniqlangan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, biz intellekt so‘zini talaffuz qilishimiz bilan uni testlar
orqali o‘lchashni ko‘z oldimizga keltiramiz. Lekin mana shu teslar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz ularga
qay darajada ishonishimiz mukin. Bu ko‘rinishdagi testlarning savollari barcha qatlam vakillarining
turmush sharitini hisobga olmaganligini kuzatishimiz mumkin. Hattoki, Alfred Bine ham o‘zi kashf etkan
intellekt testlarini tahlili ustida ishlash kerakligini aytib o‘tgan. Sababi, bu teslarning natijasi haqiqatdan
uzoq bo‘lishini aniqlagan. Bundan tashqari bunday testlar intellektning faqat bir tomonini tadqiq etishga
qaratilgan. Emotsional va amaliy intelekti yuqori rivojlangan shaxslarning natijalari bu testlarda yaxshi
natija ko‘rsatmayotganligi kuzatishgan. Baribir, hozirgi kunda IQ koeffitsenti o‘z ahamiyatini zararcha
ham yo‘qotmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: