Mikroiqlim kattaliklarining kishi organizmiga ta’siri.
Ma’lumki, kishi organizmi uzluksiz ravishda issiqlik ajratib chiqaradi, bu issiqlikning miqdori ma’lum mikroiqlim sharoitida mushaklar ishining jadalligiga bog’liq. Tinch xolatda turganda kishi organizmi o’rta hisobda 70 kkal/soat issiqlik chiqaradi. Organizmga tushadigan yukning ortishi bilan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori ham ortadi. Odam bajaradigan barcha ishlar og’irlik darajasi bo’yicha uch kategoriyaga bo’linadi:
I. Yengil ishlar: Bularga asosan, o’tirib bajariladigan, turib yoki yurib bajariladigan, lekin muntazam ravishda zo’riqish talab qilmaydigan yoki yuk ko’tarishni talab qilmaydigan ishlar kiradi. (energiya sarfi 172 Dj/sek yoki 150 kkal/soatgacha).
IIa. O’rtacha og’irlikdagi ishlar: ularga doimo yurib bajariladigan, tik turgan holda bajariladigan va yuklarni tashish bilan bog’liq bo’lmagan ishlar kiradi (energiya sarfi 172-232 Dj/sek 150-200 kkal/soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |