Rasm (ko‘rinish) |
Ish bajarishda qo‘yiladigan talablar.
|
Tormoz pedalining ishchi yo‘lini tekshirish va rostlash.
|
Chizg‘ich.
|
1
2
A – me’yoriy o‘lcham.
1-gayka; 2-shtok.
|
Pedal yo‘li 60 mm dan ortsa, kolodka yeyilgan. Tizimda havo borligi aniqlansa, gayka 1 bo‘shatilib, shtok 2 «A» o‘lchamga burab keltirilsin.
|
Tormoz suyuqligi sathini tekshirish.
|
Ko‘z bilan nazorat qilinadi.
|
|
Tormoz suyuqligining sathi «max» va «min» oralig‘ida bo‘lsin.
|
Tormoz tizimidan havoni chiqarish.
|
Kalit, shlang, idish, tormoz, suyuqligi.
|
1-kalit; 2-idish; 3-shlang;
|
1. Agar bosh silindrda havo borligi aniq bo‘lsa, oldingi g‘ildirak tormoz shlanglari bosh silindridan ajratib olinadi.
2. Bachok tormoz suyuqligi bilan to‘ldirilib, ish jarayonida suyuqlik sathi me’yoriy normaning yarmidan pastga tushmasligi nazorat qilib turiladi.
3. Bosh silindrning tormoz suyuqligi bilan to‘lishi kutib turiladi. Bosh silindr suyuqlik bilan to‘lgach, shtutserdan oqib chiqa boshlaydi.
4. Tormoz trubkalari bosh silindrga ulab qotiriladi.
5. Tormoz tepkisi bir necha marta sekin bosiladi va shu holatda ushlab turiladi.
6. Shlangning bir uchi ish silindrining shtutseriga kiygiziladi. ikkinchi uchi esa tormoz suyuqligi solingan idishga tushiriladi.
7. Oldin orqa g‘ildirakdan so‘ngra oldi g‘ildirakdan havo chiqariladi. Oldingi g‘ildirak tormoz shlangi bosh silindr bilan birikkan joyidan shtutser bo‘shatilib, havo chiqarib yuboriladi. Shtutser qotirilib tormoz pedali sekin qo‘yib yuboriladi. 15 soniya kutib turiladi. Bosh silindrdan havo chiqib ketguncha bu amal bir necha bor qaytariladi.
8. Bosh silindrdan havo oldingi g‘ildirak shlang shtutserlari orqali chiqarilgach, ushbu holat old g‘ildirak shlang shtutserlari orqali ham qaytariladi.
9. Oldin orqa g‘ildirakdan so‘ngra oldi g‘ildirakdan havo chiqariladi. Orqa va old g‘idirak silindrlaridan havoni chiqarish faqat bosh silindrdan havo chiqarib bo‘lingach amalga oshiriladi.
10. Tizimdan havoni chiqarish ketma-ketligi. (diagonal gidravlik yuritmali tormoz tizimi uchun).
A) orqa o‘ng g‘ildirak silindri;
B) old chap g‘ildirak silindri;
C) orqa chap g‘ildirak silindri;
G) old o‘ng g‘ildirak silindri.
|
Vakuum kuchaytirgich shtoki uzunligini tekshirish va rostlash.
|
Kalitlar to‘plami.
|
A – 278,5 mm; B-ayri; 10-shtok; 6-vakuum korpusi; 7-gayka.
|
Gayka 7 buralib «a» o‘lchamga keltirilsin. (moslashtirilsin).
|
Tormoz pedali erkin yo‘lini tekshirish va rostlash.
|
Lineyka.
|
B – me’yoriy o‘lcham.
|
Me’yoriy o‘lcham 6-10 mm.
|