16-mavzu: Sinxronizatorlarning tuzilishi va ishlash uslubi
Reja
1. Sinxronizatorlarning vazifasi
2. Sinxronizatorlarning tuzilishi
3. Sinxronizatorlarning ishlash uslubi
Uzatmalar qutisida sinxronizatorlarning ishlatilishi avtomobilni boshqarishniyengillashtiradi va uzatmalarni olishda qo’shiluvchi tishli g’ildirak va shesternyalarning ishlash muddatini oshiradi. Ma’lumki, avtomobil harakatlanganda uzatmalar qutisidagi qo’shiladigan tishli g’ildirak yoki shesternyalar har xil burchak tezligida aylanadi. Demak, ular qo’shilganda tishli g’ildiraklarni yoki shesternyalarning tishlari bir-biriga zarb bilan urilib,yeyilishi juda ham tezlashadi. Undan tashqari, shesternyalar tishlarining shiddat bilan zarbli urilishi shovqin chiqaradi. Bu kamchiliklarni batafsil bartaraf qilish uchun avvalo ularning burchak tezliklarini tenglashtirish lozim. Bu vazifani sinxronizator deb ataluvchi maxsus tuzilma bajaradi. Zamonaviy avtomobillarda oldingi burchak tezligini birmuncha saqlash xususiyatiga ega bo’lgan inertsion sinxronizatorlar ishlatiladi. Bunday sinxronizatorlarqo’shilayotgan shesternyalarning burchak tezliklari barobarlashganda to’liq ilashishga yo’l qo’yadi.
GAZ-53-12 avtomobilining sinxronizatori (28-rasm)yetaklanuvchi valning shlitsalariga gupchak 8 orqali o’rnatilgan. Gupchakning sirtqi yuzasida ponalagichlar (suharlar) 7 uchun uchta o’yiqcha (paz) 9 va surilma mufta 3 uchun tishlar yasalgan. Ponalagichlar o’zlarining tashqi do’ng chiqig’i bilan muftaning ichki aylanma o’yiqchasiga ikkita xalqasimon prujina 5 yordamida siqilib turadi.
Sinxronizator gupchagining ikki tomoniga ichki yuzasi konus shaklida yasalgan bikrlovchi latunli xalqalar 2 biriktirilgan. Bu xalqalarning sirtida tishli gardish yasalgan bo’lib, yon tomonida esa tirgagichlar yotadigan o’yiqcha kesilgan.yetakchi valning shesternyasi 1 ning orqa uchi, shuningdek, ikkilamchi valga o’tkazilgan, uchinchi uzatma shesternyasi 6 ning sinxronizatorna qaragan tomoni konus shaklida ishlangan.
Sinxronizator yordamida uzatmalarga solish uslubini uchinchi uzatmaga qo’shish misolida ko’rib chiqamiz. Bunda vilka 4 bilan mufta 3 shesternya 6 tomon o’ngga suriladi. Avval mufta ponalagichlar orqali bikr qiluvchi xalqaning uchinchi uzatma shesternyasining konus yuzasiga tirmashishgunicha suriladi. SHunda konus yuzalarida hosil bo’lgan ishqalanish hisobiga bikrlatuvchi xalqa 2 muftaga nisbatan juda kichik tirqish hosil qilib buriladi. Bunday xalqa tishlarining bir-biriga uchma-uch tiralib tirmashishiga olib keladi, shu sababli xalqa yuqori kuch bilan shesternyani konus yuzasiga to’liq siqiladi. SHundagina qo’shadigan shesternya 6 bilan xalqaning, shuningdek,yetaklanuvchi valning burchak tezliklari tenglashadi, shu tufayli mufta yana ham ildam ilgari siljiydi va uningtishlarioldin xalqa tishlariga, so’ngra shesternya 6 ning tishli gardishiga to’liq surilib, ular bilan osongina shovqinsiz ilashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |