O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


II-ish o‘rni: Yig‘ish ishlari



Download 26,42 Mb.
bet112/170
Sana27.01.2022
Hajmi26,42 Mb.
#413958
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   170
Bog'liq
Avto TSXK va T Nafisa

II-ish o‘rni: Yig‘ish ishlari:

    1. Sharnir qismlarini yig‘ish.

Chorbarmoq, podshipnik, salniklar, press, vtulka.



Chorbarmoqga zichlagich o‘rnatilib ayriga joylashtirilsin.
Podshipniklarni siqib, joyiga o‘rnatilib, qo‘zg‘almas halqalar o‘rnatilsin.
Ikkinchi vilkada ham shu ishlar bajarilsin.

    1. Kardanli uzatmani o‘rnatish.

Grafitli surkov moyi.




Shlitsalarga moy surtilsin. Sirpanuvchi vilkani uzatmalar qutisining ikkilamchi valiga kiritilsin. Uzatmaning ikkinchi uchidagi yetaklanuvchi ayrining flanetsini asosiy uzatmaning flanetsiga jipslab, bolt va gaykalarni o‘rnatib, qo‘lda mahkamlansin.

    1. Biriktiruvchi bolt va gaykalarni mahkamlash.

Kalit, otvertka.



Gaykalar 1,82,8 kg.m. moment bilan mahkamlansin.

    1. Uzatmalar qutisi tiqinini mahkamlab, karterga moy quyish.

1,11,2 litr transmissiya moyi (shell, XBR75W85), kalit.



Tiqin 1,82,8 kg.m. moment bilan mahkamlansin. Moy sathini nazorat qiluvchi tiqin yechib olinsin. Me’yorgacha moy quyilganidan so‘ng tiqin 1,82,8 kg.m moment bilan mahkamlansin.

    1. Avtomobilni yerga tushirish.

Ikki ustunli ko‘targich yoki domkrat.



1-tirgak; 2-garaj domkrati.

Avtomobil tagida odam bo‘lmasin. Vertikal va asta-sekin tushirish ta’minlansin. Domkratda ko‘tarilgan bo‘lsa, oldin tirgak olinsin.

TASDIQLAYMAN”


ICHBDO`: ________

Guruh














































Sana






















2.1.O`quv-amaliy mashg`ulot texnologiyasi modeli

Vaqt: 6 soat

Talabalar soni: __ta

Uquv mashg`ulotining shakli va turi

Amaliy- o`quv amaliyoti

O`quv-amaliy mashg`ulotining rejasi

1G’ildiraklarning vazifasi
2G’ildiraklarning umumiy tuzilishi
3G’ildiraklarni qismlarga ajratish va yig’ish
4Baxolash va baholarni e’lon qilish

O`quv-amaliyot mashg`uloti maqsadi: o`quvchilarga g’ildiraklarning vazifasi vaumumiy tuzilishi to`g`risida ma’lumot berib ularda bilim va ko`nikmalarni shakllantirish. Ularni kasbga qiziqishini oshirish, Vatanga Muhabbat tuyg`usini shakllantirish, Milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalash

O’qitish natijalari

Amaliy mashg’ulot bo’yicha o’quvchilarni egallagan bilim ko’nikmalari hosil bo’lgan yangi ma’lumotlari va kompetensiyalari.

Pedagogik vazifalar:
G’ildiraklarning ish jarayonlari tushuntirish va amaliyotga tayyorgarlik ishlarini o`rgatish

  • Amaliyotda ishlatiladigan asboblar va moslamalarini ko`rsatishva to`g`ri foydalanishni o`rgatish

  • G’ildiraklarni qismlarga ajratish usullarini o`rgatish va texnika xavfsizligi qoidalarini aytish

  • Qismlarga ajratish va yig`ish ishlariga yo`riqnoma berish va jarayonni nazorat qilish

  • Bajarilgan ishlarni baxolash, qo`yilgan hatolarni qo`rsatib berish

O`quv faoliyati natijalari:
G’ildiraklarning ish jarayonlari aytib beradilar

  • G’ildiraklarni tushunadilar va amaliyotga tayyorgarlik ishlarini o`rganadilar

  • Qismlarga ajratish va yig`ish ishlarida ishlatiladigan asboblar va moslamalarni tushunadilar va ulardan to`g`ri foydalanadilar

  • Qismlarga ajratish va yig`ish ishlari o`rganadilar va texnika xavfiszlik qoidalarga amal qiladilar

  • Yo`riqnomadan foydalanib Qismlarga ajratish va yig`ish ishlari ishlarini bajaradilar

  • Bajargan ishlar bahosini biladilar, hatolar ustida ishlaydilar.




O`qitish usullari

Maruza, tushuntirish, ko`rsatish, yo`riqnoma berish, plakatlar bilan ishlash

O`quv faoliyatini tashkil etish shakli

Jamoaviy , guruxlarda ishlash va yakka tartib

O`qitish vositalari

Stendlar, ko`rgazmali qo`rollar. plakatlar, Grafik organayzerlar: “ T” jadvali, “Insert” jadvali

O`qitish shart-sharoiti

Jihozlangan Avtomobil tuzilishi ustaxonasi.

Qaytar aloqa usul va vositalari

Og`zaki savol-javob, test savollari



2.2. O`quv amaliyotini texnologik xaritasi



Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

o`qituvchi

o`quvchilar

1-bosqich.

O`quv-amaliyotiga kirish


(15minut)

1.1. Tashkiliy boshlanish. O`quvchilarni amaliyotga tayyorgarligini, sanitariya-gigiyena holatini, tashqi ko`rinishi tekshiradi. Yo`qlama qiladi, texnika xavfsizligi jurnaliga imzo qo`ydiradi.
1.2. Mavzuga kirish O`quvchilarni mashg`ulot nomi va maqsadi bilan tanishtiradi. Uyga berilgan vazifani tekshiradi. Mashg`ulot tartibini tushuntiradi. Baholash mezonlarini e’lon qiladi ( 1Ilova) .

Amaliyotga texnika havfsizligi, sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan xolda mahsus kiyimda keladi, texnika xavfsizligi jurnaliga imzo qo`yadilar


Tinglaydilar,

2- bosqich
Asosiy qism
(210 min)

Kirish yo`riqnomasi (60 min) O`quvchilar bilimini faollashtirish.
2.1. O`quvchilarni faol ishtiroq etishlari uchun egallagan bilimlari yetarligini og`zaki savol – javob shaklida aniqlaydi (2-Ilova) va “BBB” jadvalining 2ta ustunini (3-Ilova) to`ldirishni taklif qiladi. Aniqlangan bilimlar va fanlararo bog`likligi asosida g’ildiraklarning moxiyatini tushuntiradi.
2.2. Qismlarga ajratish va yig`ish ishlari turlarini, ularni farqini, qo`llanishini, Qismlarga ajratish va yig`ish ishlariga joy tayyorlashni, kalitlardan foydalanishni tushuntiradi.
2.4 Ish vaqtida asbobdan to`g`ri foydalanish, to`g`ri ushlash qoidalarini tushuntiradi
2.6. O`quvchilarni mavzu bo`yicha berilgan materialni o`zlashtirgani savol-javob qilib aniqlaydi (4-Ilova).
Joriy yo`riqnoma (130 min)
YAngi o`quv material bo`yicha amaliy mashq bajarish
2.7. O`quvchilarni ish joylariga tahsimlab Qismlarga ajratish va yig`ish ishlari jarayoniga yo`riqnoma (texnologik xarita) beradi va o`quvchilar ishlarini nazorat qiladi.
2.8. Ishlash jarayonida o`quvchilar tomonidan ko`ygan xatolarni ko`rsatadi.
Yakuniy yo`riqnoma (20 min)
2.9. Mashg`ulot tugaganidan so`ng ish joylarini talab darajasiga keltiradi ishni va asboblarni qabul qiladi.
2.10. Faollik mashqlaridaqatnashadilar (6-ilova)

Savollarga javob beradi ,”BBB” jadvalini to`ldiradi.
Tiglaydilar, yozib oladilar.
Tomosha qiladilar, o`rganadilar
Savollarga javob beradi
Tasniflaydilar (5-ilova)
Tiglaydilar, asboblarni tanlaydilar
Tiglaydilar, yozib oladilar
O`quvchilar o`z ish joylariga turadilar va mashg`ulot raxbari ko`rsatmalariga rioya qilgan xolda ishlarini bajaradilar.
Bajargan ishlarini va asboblarni mashg`ulot rahbariga topshiradilar
Ish joyini tozalaydilar

3-bosqich
Yakuniy
(15 min)

Yakunlash.
3.1.O`quvchilarni amaliy mashg`ulot bo`yicha baxolarni elon qiladi (1a-Ilova).
3.2 Kelgusi kasbiy faoliyatlarida bu ishlarni puxta o`rganish axamiyati muhumligiga o`quvchilar etiborini qaratadi
3.3 Kelgusi mashg`ulot bilan tanishtiradi va mustaqil ish tariqasida mavzuni o`qib ”Raqamni aniqla” jadvalini (Ilova-6) to`ldiradi vazifa beradi

Tinglaydilar
Topshiriqni yozib oladilar

18-mavzu: G’ildirakning vazifasi va tuzilishi


Reja

1. G’ildirakning vazifasi


2. G’ildirakning tuzilishi
3. G’ildirakning ishlash uslubi
G’ildirak avtomobilning o’qi bilan yo’lini uzviy bog’lovchi qismlar majmuasi bo’lib, aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantirib beradi. Undan tashqari notekis yo’lda yurganda hosil bo’lgan turtkilarni yumshatadi. Avtomobil g’ildiraklari vazifasiga ko’rayetaklovchi, boshqariluvchi, aralashgan bo’ladi. SHunga ko’rayetakchi g’ildiraklar dvigateldan kuch uzatmasi orqali kelayotgan burovchi momentni aylanma harakatga va aylanma harakatni avtomobilning ilgarilama harakatiga aylantirib beradi.
Yuk avtomobillarida va avtobuslarda diskli yoki disksiz,yengil avtomobillarda esa asosan diskli g’ildiraklar ishlatiladi. g’ildirakni bikr qilib birlashtiruvchi qism disk orqali gupchakka maxkamlansa, bunday g’ildiraklar diskli g’ildiraklar deb yuritiladi. Agarda g’ildirakni bikr qilib birlashtiruvchi qismi bevosita gupchakka maxkamlansa, bunday g’ildirak disksiz g’ildirak deb ataladi.

Rasmda avtombillarda keng ko’lamda qo’llaniladigan g’ildirakning umumiy ko’rinishi va to’g’inlarning ikki xil konstruktsiyasi keltirilgan.
G’ildirak disk 2, to’g’in 4 ko’priga va shina 3 dan iborat. g’ildirak gupchagi 1 avtomobilning har bir ko’prigi uchun yig’uv birikmasi bo’lib hisoblanadi va u disk 2 ning biriktiruvchi qismlari orqali to’g’in 4 bilan tutashadi.
Yig’ilgan g’ildirak gupchagi 1 ga shpilka yordamida diskning teshigi 6 ga maxkamlanadi, to’g’in 4 ga esa pnevmatik shina kiygiziladi. Diskli g’ildirakning to’g’ini ikki turda bo’ladi: chuqur to’g’inli - yaxlit va tekis to’g’inli - bo’laklarga ajratilgan. YAxlit to’g’inli g’ildiraklaryengil avtomobillarda ishlatilib, unda shinalar joylashtirish uchun botiqcha va bort bor. Tashqi tomonida chegarasibo’yicha mustaxkamligini oshirish uchun qobirg’a 6 ishlangan. Shuningdek, zeb beruvchi qalpoqchani o’rnatishga mo’ljallangan chiqiq 7 qilingan.
Tekis to’g’inli bo’laklarga ajratilgan xili yuk avtomobillarida ishlatilib, u shinani kiygizish qulay bo’lishi uchun bitta borti ajratiladigan qilib yasaladi. Bunda bu bortning ajratiladigan bort halqasi 8 kesilgan qulflar - halqa 9 bilan qotiriladi. To’g’in 4 va disk 2 bir-birga payvandlash yo’li bilan mahkamlangan. Ba’zi bir avtomobillarda bitta bortni batamom ajratib olish mumkin bo’lib, shina joylashtirilganch boltlar yordamida yo’g’iladi. Hozir asosan yuk avtomobillarida va avtobuslarda kengaytirilgan tokchali va disksiz g’ildiraklar ishlatilmoqda. Diskli g’ildiraklarda to’g’in bir oz konussimon qilib ishlangan bo’lib, o’z ichki sirti bilan bevosita gupchakning konussimon o’tqazish sirtiga o’rnatiladi va ayrim qismlar yordamida mahkamlanadi. Shina to’g’inda bort halqasi va qulf - halqa vositasida tutib turiladi. g’ildirak diski gupchakka bolt yoki shpilka yordamida qotiriladi.
Har bir toifadagi avtomobil uchun g’ildirakning quyidagi asosiy ko’rsatkichlari bor: diametri - D, to’g’in eni - V va bort qotirilmasining balandligi - N.
Faoliyat turlari

Asbob uskuna, moslama va ashyo.

Download 26,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish