2.2.Huquqiy ong va huquqiy tarbiya.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan bir tizimli aniq maqsadni ko’zlagan holda ta’sir ko’rsatilishidir.
Huquqiy tarbiya - bu jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va onggiga tizimli va maqsadga muvofiq ta’sir etish jarayonidir. Bu jarayonda kishilarning huquqiy bilim darajasiga ega bo’lishiga erishish11 maqsad qilib qo’yiladi. Ularda e’tiqoddan kelib chiqadigan qonun va huquqqa bo’lgan hurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o’zagini tashkil etadi. Huquqiy tarbiya va huquqni tatbiq qilish jamiyatda qonunchilik va huquq tartibotni mustahkamlashga yordam beradi. U kishilarni intizomlilikka, uyushqoqlikka, va yangi turmush tarziga o’rgatadi. Tarbiyaviy ishning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog’liqdir. Huquqiy tarbiya-huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o’ziga xos shakllari va usullarini izlab topish qo’llanishi zaruriyatini taqazo etadi.
Tarbiyalovchilar zarur xajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan bo’lishi va tarbiyalanuvchida huquqiy ongni shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish uslubiyotini egallashi lozim. Huquq haqidagi tasavurlarning shakllantirishda, shuningdek birmuncha alohida masalalarning hal etishda asos bo’ladigan qonunning ayrim umumiy qoidalarini huquqiy tamoyillarni bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni unitmaslik kerakki, voyaga yetmaganlar o’zlari kuzatib boradigan huquqiy faktlarga nafaqat ularni qo’llanish amaliyoti nuqtai nazaridan baho berishadi. Agar bunday amaliyot huquqda yozib qo’yilganiga nisbatan farq qiladigan bo’lsa, unda bu yoshlar huquqiy ko’rsatmalarning shunchaki rasmiy narsa ekanligi to’g’risidagi tassavurlarni- "ha, qonun boshqayu, hayot butunlay boshqa" degan fikrda bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, huquqiy tarbiyani faqat huquqiy tarbiya bilan cheklab qo’ymaslik kerak, tarbiyaning roli zarur bo’lganida huquqiy amaliyotni ham o’zgartira bilish uni oqilona izohlash qonun buzishning oldini olish, aniqlanishi va bartaraf etishi uchun barcha mumkin bo’lgan chora tadbirlarni qabul qilishni ham o’z ichiga olishi zarur. Aks holda hech qanday og’zaki pand nasihat va suhbatlar yoshlarga ularning ko’zi oldida jazosizlik holatida sodir etiladigan huquqbuzarliklar yetkazadigan zararni barham topdira olmaydi.
Huquqiy tarbiyani amalga oshirishda yordamni nafaqat huquq bilan tanishtirish va unga nisbatan to’g’ri munosabatni shakllantirish muhim, shu bilan birga ularda huquqiy ko’rsatmalarga so’zsiz amal qilish zarurligiga ishonchni tarbiyalash tarbiyalanuvchilar ongida demokratik qonunchilik prinsiplariga nisbatan chuqur hurmatni singdira borish lozim.
Huquqiy tarbiyani huquqiy ta’limdan yoki faqat huquqshunoslikka o’qitishdangina iborat deb bilmaslik kerak. Shuni unutmaslik kerakki huquqiy tarbiya tarbiyaviy ishlarning hamma jihatlarini qamrab olishi, maktablarda birinchi sinfdan boshlaboq amalga oshirila boshlashi, o’quv yurtlarida huquq bilan bir qatorda boshqa fanlarni (o’qish, adabiyot, tarix, jo’g’rofiya va shu kabilarni) o’qitish jarayonida sinfdan tashqari ishlarda leksiyalar, huquqshunoslar bilan uchrashuvlar og’zaki jurnallar, yosh huquqshunoslar klublari, maktablari va boshqalarni tashkil etish yo’li bilan o’tkazilishi lozim. bunda yoshlarning o’zining huquqiy ongi va 12 huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi yuridik faoliyatning rolini ham hisobga olish kerak boladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda yoshlarning jamoatchilik tartibini saqlashda, demokratik davlatda qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash ishida bevosita va amaliy ishtirok etishlari g’oyat muhimdir.
Shunday qilib ma’naviy ong, estetik qarashlar singari huquqiy ong shaxsning turmush amaliyoti jarayonida shakllanadi. Halqning xohish-irodasi va manfaatlarini ifodalaydigan ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlariga muvofiq bo’lgan yaxshi qonunlarga ega bo’lishgina emas, shu bilan birga ularga so’zsiz rioya etilishiga quyidagicha butun bir tizimli kafolatlar: iqtisodiy, siyosiy, yuridik va mafkuraviy kafolatlar mavjud bo’lganidagina real bo’ladi. Mafkuraviy kafolatlar fuqarolarni milliy ma’naviyatning qayta tiklanishi negizida tarbiyalanishi, ularning ma’rifiy madaniy onglilik darajasini o’stirishdan iborat. Rivojlanib borayotgan demokratik jamiyatning qonunlari xarakterining o’ziyoq ularga ixtiyoriy tarzda va so’zsiz rioya etilishi va ijro etilishini taqozo etadi.
Xulosa
Huquqiy ong ruhiy tarkibining boyligi, uning odamlar xulq-atvoriga, ularning huquqqa munosabatiga ta’siri unga o‘ziga xos kuch bag‘ishlaydi.
Huquqiy mafkura - har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtai nazar, tushuncha, g‘oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iboratdir. Huquqiy ongaing huquqiy mafkura qismida aksini topgan huquqiy hodisalar huquqka bag‘ishlangan maxsus nazariy izlanishlarda o‘z rivojini topib, ilmiy darajada anglab yetiladi.
Bunday ilmiy asarlarning mazmuni odamlar ma’naviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlar-ni, mulohazalarni, e’tiqod va kayfiyatni olib kiradi. Insonning ongida huquqni bilib olish jarayoni, yuqorida zikr qilganimizdek yoki shunga yaqinroq tarzda kechadi. Odamning huquqiy ong jarayonini bilib olish vazifasi tufayli huquqni ьso‘llashda, sud ishlarida, qonuniylik va qonun to‘g‘risida axborot olinadi. Shunday axborotlar asosida huquqiy madaniyat darajasi ko‘tariladi, odamning huquqiy bilimi rivojlanadi va teranlashadi. Insonning huquqiy fe’l-atvori qandayligi, pirovardida uning huquqiy madaniyati da-rajasiga, huquqiy bilimining kengligi va teranligiga boglikdir. Huquqiy mafkura - shaxsning huquqiy ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, odamning huquqqa bo‘lgan munosabatiga hal qiluvchi ta’sir qiladiBundan tashqari, umumiy muhokama jarayonida aholining jalb qilinishi fuqarolarning huquqiy ongini ko‘tarish, uning huquq ijodkorlik faoliyatidagi salmogani oshirishda ham foydalidir.
Huquqiy ong huquqni nafaqat yaratadi va takomillashtiradi, balki rivojlantiradi ham. Uni hayotga tatbiq etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, uning chegarasida bo‘lib o‘tadigan huquqiy talablarni anglab olish jarayoni unchalik oddiy bo‘lmay, ancha murakkabdir. Huquqiy talablarga ong munosabatining bir xil bo‘lmasligi shaxsning nafaqat real hayotida, balki ziddiyatli fe’l-atvorida o‘zgaradi.
Har bir davlatga uyushgan jamiyatdagi qonunbuzarlik shundan dalolat beradi. Huquqiy ong darajasida shaxsning o‘zining huquqiy bilimlari ko‘lami ham, xukuqni qabul qilish holati ham, ma’naviy o‘sganligi ham shaksiz ko‘zga tashlana-di. Huquqiy ongta faqatgina yuqorida sanab o‘tganlarimiz ta’sir etib qolmay, yana boshqa ko‘p omillar ham (jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, maishiy) o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Odamlarning bir-birlari bilan o‘zaro ta’siri va munosabati, muhiti, tarbiyasi, axloqiy darajasi ham kam ta’sir qilmaydi. Ijtimoiy-huquqiy yo‘l-yo‘riq huquqni baholash, uning talablariga munosabat, o‘ta xilma-xil omillar majmuining ta’siriga bog‘liq holda ongda shakllanadi. Shuning uchun, huquqiy talablarga bo‘lgan, salbiy yoki ijodiy holatning o‘zi ham har xilligi bilan farq qiladi. Masalan, bir odamning qonuniy fe’l-atvori uning axloqiy ongi bilan ta’riflansa, boshqasi faqat yuridik javobgarlik oldidagi qo‘rquv tufayli o‘zini to‘g‘ri tutadi. Shaxsning fe’l-atvorida qayd qilingan nozik farklar, huquqiy ong tabiatining o‘zi naqadar murakkabligini yaqqol ko‘rsatadi. Shuning uchun, shaxsning huquqiy bilimini kengaytirib va teranlashtirib qolmasdan, balki unda huquqning haq talablari izidan borishini anglab yetishida va unda ichki ishonch shakllanishiga yordam beradigan, huquqiy tarbiya bo‘yicha to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan faoliyat zarurdir. Huquqni amalga kiritishga, demak jamiyatda huquqiy tartib o‘rnatishga yordam beruvchi, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tartibga chaqirish kabi tuyg‘ular faqat shunday sharoitdagana rivojlanadi. Huquqiy talablarga rioya qilmaslik, albatta huquqiy tartibning buzilishiga olib keladi. Xuddi shuning uchun, huquqiy ongaing yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi, xuquqiy tarbiyaning muhim masalasiga aylanadi. Bu, demak, fuqarolarning huquqiy bilimlarini maqsadli rivojlantirish, huquqka zo‘r e’tibor bilan qarash, uning ijtimoiy qimmatini tushunish demakdir. Shaxsning huquqiy bilimlari ko‘lami, nafaqat uning huquqsan xabardorligi, bilish darajasiga bog‘liq, balki huquqiy talablarga munosabatiga ham bog‘liqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi hujjatlari
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston, NMIU, 2018.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida” Farmoni. 1996 yil 9 sentyabr.
Rahbariy adabiyotlar:
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O’zbekiston”, 2017.
Mirziyoev SH.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – T.: “O’zbekiston”, NMIU, 2017.
Mirziyoev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. –T.: “O’zbekiston”, NMIU, 2018.
Mirziyoev SH.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. –T.: “O’zbekiston”, NMIU, 2019.
Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev asarlari va ma’ruzalaridan olingan fikrlar. – T.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2019.
Mirziyoev SH.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T.: “O’zbekiston”, NMIU, 2018.
Mirziyoev SH.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent: “O’zbekiston”, NMIU, 2020.
III. Monografiya va risolalar:
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis. 1-4 jildlar. –T.: Qomuslar Bosh tahririyati, 1997.
Abdurahmon Jomiy. Bahoriston. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.-115 b.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq meros nashriyoti, 1993.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 176 b.
Qadimiy hikmatlar. (Tuzuvchi N.Rahmon; maxsus muharrir A.Qayumov). –Toshkent: Adabiyot va san’at, 1987. –432 b.
Qoraboyev Usmon. Milliy madaniyat masalalari. –Toshkent: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2009. - 288 b.
Quvondiqov I. Milliy-ma’naviy qadriyatlar –o’zlikni anglash omili. –T.: Nishon-noshir, 2010.-100 b.
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. -T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 1990.
IV. Ilmiy maqolalar:
Abdullayev M.E. Ta’limda innovatsion jarayonlarning shakllanishi va rivojlanishi. Zamonaviy ta’lim // № 5 (78), 2019. –B. 27
V.Internet saytlari:
1. www.e-adabiyot.uz
2. www.president.uz
3. www.e-tarix.uz
4. www.nuu.uz
5. www.natlib.uz
6. www.uza.uz
7. www.falsafa.uz.
8. www.lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |