4.4.Bargxo‟r qo‟ng‟izlar zararkunandalik va xo‟jalikdagi ahamiyati.
Zarafshon davlat qo‘riqxonasi va samarqand viloyatida asosiy zararkunanda
sifatida
; Phyleotreta atra
, Ph
.vittula, Ph.undulata, Aph.euphorbise, A.flaviceps,
Longitarsus parvulus, Ch.breviuskula, Ch.aridula, Ch.hotensis, Pb.sophial,
Haltica suvorovi
ni ko‘rsatish mumkin. Ko‘rsatilgan turlar barglar, poyalar va
lichinkalik davrida o‘simliklar ildizlari bilan oziqlanadi.
Phyllotreta arta. F
var Goeze.
Zabzavot, mexanik ekinlar, moyli ekinlar,
karamdoshlar va yopiq urug‘ ekinlari zararkunandasi.
Krestguldoshlarning qora
burgachasi, eng keng tarqalgan, karamguldoshlarga zarar yetkazadi.Qo‘ng‘izlar
barg eti bilan oziqlanadi va uni zararlaydi. Lichinkalari bu o‘simliklarning ildizi
bilan oziqlanadi. Asosiy zarari bahorda karamdoshlarning maysalari uchun yuqori
bo‘ladi. Yozda uchib chiqqan qo‘ng‘izlar poyalarning ustki to‘qimasi, to‘pgullar
va dukkaklari bilan ham oziqlanadi.Bu burgachaga qarshi quyidagi tadbirlar olib
boriladi;Almashlab ekishga moslashish, hosilni yig‘ib olish davrida dalani
o‘simliklar qollldiqlaridan tozalash, shudgorlash,begona o‘tlarni yo‘qotish,
o‘tqazilgan ko‘chatlarni issiq bo‘lgan davrlarda sug‘orish.
Kimyoviy uslublar: O‘simliklarga fosfoorganik birikmalar, piretrobitlar,
neonik tinogidlar, karbonatlar purkash, kimmyoviy preparatlar bilan qayta ishlash
ishlari bajariladi. Birinchisi-nihollarni payvandlash bilan ikkinchisi- gullashgacha,
uchunchisi–gullagandan
keyin.Tamaki
(nikotin)
asosidagi
o‘simliklar
inseksiyalarini qo‘llash.
Phyllotreta nemorum L
Sabzavot, texnik moyli, karamgul, yantoq,yulg‘un
yopiq urug‘li o‘simliklar zararkunandasi hissoblanadi.Unga qarshi kurash:
80
Almashlab ekishga amal qilish, agrotexnik qoidalarga rioya etish.Kerakli dozalarda
o‘g‘itlardan foydalanish,hosilni yig‘ish paytida o‘simliklarni qoldiqlardan tozalash,
shudgorlash. Begona o‘tlarni yo‘qotish, sug‘orish.Kimyoviy usullar;
-urug‘larni ekishdan oldin kimyoviy preparatlar bilan qayta ishlash
-o‘simliklarda fosfoorganik birikmalar, priterbidlar, nionik tingidlar, karbamatlar
purkash, kimyoviy preparatlar bilan qayta ishlash usullari. Birinchisi- nihollari
payvanndlash bilan, ikkinchisi- gullash, uchinchisi- gullashdan keyin.
-tamaki nikotin asosidagi o‘simliklar insektlarni qo‘llash.
Phyllotrete undulate Kustach Q
o‘ngizlar turli karamguldoshlarning oilasiga
mansub o‘simliklar bilan oziqlanadi. Barg etini yeb, yirik yumaloq teshiklar hosil
qiladi. Shuningdek poya, to‘pguli va qo‘zoqlariga ham zarar yetkazadi. Ayniqsa
bahor faslida zarari yuqori bo‘ladi. Natijada o‘simliklar nobud bo‘ladi yoki
rivojdan to‘xtaydi. Lichinkalari yon ildizlari bilan oziqlanadi
Chaetocnema hortensis Geoff.
Bug‘doy poyasi burgasining imagosi lavlagi
nihollarida, lichinkalari kuzgi va bahorgi bug‘doy arpa suli , javdar va boshqa
ekinlariga zarar yetkazadi.
Lichinkalik davrida katta zarar keltiradi. Imagosi lavlagi
nihollarini zararlaydi. Zararlngan paytda dastlab markaziy barg so‘liydi va
sarg‘ayadi. Keyin ustki butun poyasi nobud bo‘ladi. Poyadan chiqishdan oldin
lichinka o‘ziga xos ko‘rinishga ega poya asosida chiqish teshigi hosil qiladi.
Indov burga-phsylliodes chrysocephalus L.
Karamdoshlar oilasiga mansub
sabzavot ekinlari, indov va xantalning ikkinchi darajali zararkunandasi.
Lichinkalik davrida zarar darajasi yuqori. Zararlangan o‘simliklar o‘sishdan
to‘xtaydi va poyalari sinib ketadi. Imago zarari yosh o‘simliklarda ko‘zga
tashlanadi.. O‘simliklarning unib chiqishini tezlashtirish uchun o‘g‘itlardan keng
foydalanib, hosil yig‘ib olingan o‘simlik qoldiqlarini tozalash, shudgorlashdir.
Imago soni keskin ko‘paygandagina kimyoviy qayta ishlash amalga oshiriladi.
Luperus xothopoda Schronk.- Olma barg kemirari.
Daraxt tanasi atrofini
doimo yumshatib turish, tushgan barglarini o‘z vaqtida yig‘ishtirish bir bog‘
chegarasida zararkunanda populiyosi sonini kamaytirish imkon beradi.Daraxtlar
tagiga to‘shalgan qalin material (brizent, plyonka) ustiga qo‘ng‘izlarni daraxtdan
qoqib tushirish va ularni qirish. Daraxt poyalari atrofiga erta bahorda insektitif
81
preparatlar bilan berish, somon va boshqa materiallardan tutuvchi qatlam hosil
qilinadi.Kimyoviy uslub. Mevali daraxt tanalarini gullashdan oldin va gullashdan
keyin pirotroidlar, neonikotidiflar, fosfoorganik birikmalar bilan qayta ishlanadi.
Biogenotsenozlar fitofaglarning tasiri bevosita yoki bilvosita bo‘lishi
mumkin. Bevosita tasiri o‘simlikka tog‘ridan to‘g‘ri tasir etishi mumkin.
Bilvosita tasirda tuproqqa hashorotlarning ekstrementlari va murdalari ular
kemirgan o‘simlik qoldiqlari tushishi mumkin. Shox shabbalarning kamayishi
natijasida ma‘lum uchastkalarga quyosh nurlari tushadi va o‘t qoplami yaxshi
rivojlanadi. Bargxo‘rlar daraxt shox shabbasini o‘rta va pastki qismlariga zarar
yetkazadi. Malumki soya joylarda joylarning barglari fotosinteezda ishtirok
etmaydi. Ammo oziq moddalardan foydalanadi. Ularning biomassani zaxirasini
oshirishdagi roli deyarli kam. G‘alla ekinlari maydonlaridagi bargxo‘rlarni 2
guruhga ajratish mumkin.
1.
Fitofaglar- g‘alladoshlar bilan oziqlanuvchi va malum darajada zarar
yetkazuvchilar.
2.
Ekinlar orasida o‘sadigan begona o‘simliklar bilan o‘sadigan begona
o‘simliklar bilan oziqlanadigan fitofaglar. (krestuldoshlar, sho‘rodoshlar,
ituzumdoshlar).
G‘alla ekinlariga zarar kelturuvchi tur Phyllotreta vitulla bo‘lib, barcha
turlarning umumiy soninig ni tashkil etadi. dominant turlar Chaetocnema
tibialis , Ch. hortensis, Oulema melanopus kiradi. Lavlagiga ayrim keng tarqalgan
Chaetocnema cocinna turlari zarar keltiradi. Mayda karamdoshlar bargxo‘rlar
tomonidan jiddiy zarar keltiradi. Bularga Phyllotreta atra, Ph undulate, ph.
nemorum, Ph.erysimia va Ph, nigrepes.Ninabargli daraxtlarga Cryptocephalus,
Leperus avlodlari turlari zarar keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |