O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Melassoma  tremulae  Fabr-



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/61
Sana23.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#402412
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi

 

Melassoma  tremulae  Fabr-

Qizil  qanotli  tog‘terak  bargxo‘ri.Uzunligi  8-10 

mm  bo‘lgan  ustki  qanotlari  sarg‘ish-qizil,  va  ko‘krak  oldi  qora  rangda.  Uni 

tog‘terak,  turang‘il,tol    barglarida  uchratish  mumkin.  Qo‘ng‘izlar  tog‘terak, 

turang‘il  barglarini kemirib teshiklar xosil qiladi. Oligofag bargxo‘r hisoblanadi.  

Tuxumlari  cho‘zinchoq-ovalsimon  sariq va  to‘q-sariq 1.5mm.    Tuxumlarini to‘p-

to‘p  qilib  barglarga  qo‘yadi.  Yosh  lichinkalari    qoramtir  bo‘lib,  guruh  bo‘lib 

uchraydi. Barglar, tomirlarga tegmasdan barg eti bilan oziqlanadi.  Voyaga yetgan 

lichinkalari o‘rmalab yuradi. Bazan shu qadar  ko‘p bo‘ladiki, ularni o‘nlab sonda 

topish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Lichinkasi bezovta qilinganda keskin hidli  zaharli 

suyuqlik  ajratadi.  Issiq  havoda  bu  suyuqlik  tez  bug‘lanib  ketadi.  Lichinkali 



 

65 


 

shoxlarga  teginish  bilan  havoda  zararli  bug‘lar  paydo  bo‘ladi.Oziqlanishni 

tugatgan  lichinkalar  bargda  boshini  pastga  qilib  osiladi  va  to‘q-sariq  pillaga 

o‘raladi.    Lichinka  terisi  gumbak  qornining  uchida  burma  holda  to‘planadi    va 

yoqimsiz zararli hid tarqatishda davom etadi. Shu yo‘l bilan o‘zini dushmanlaridan 

himoya  qiladi.    Tabiatda  erta  bahorda  daraxtlar    barg  ochishi  bilan  aprel  oyida  

paydo  bo‘ladi.  Barglarda  yashaydi  va  juftlashadi.  Urug‘langan  urg‘ochi  qo‘ng‘iz 

18-34 donadan to‘p qilib barglarning osti tomoniga tuxum  qo‘yadi. Tuxumlarning 

soni    soni  200-300  taga  yetadi.  Tuxumlardan    1-2  haftadan  keyin    lichinkalar 

chiqadi  va  dastlab  bargni  qisman  yeydi,  keyin  esa  faqat  bargning  tomirlarini 

qoldiradi.  Yosh  lichinkalar  barlarni  ilma  teshik  qilib  tashlaydi.  Voyaga  yetgan 

licinkalarining  uzunligi  9mm.  Uch  hafta  o‘tgach,  bargga  osilgan  lichinkalar  may 

oyining  ikkinci  yarmida  g‘umbakka  aylanadi.  G‘umbagining  uzunligi  11mm

.

 

G‘umbaklik  davri  10  kungacha    cho‘ziladi.  Iyun  oyining  birinchi  yarmida 



g‘umbakdan  chiqqan yosh imago  tol, terak barglari bilan oziqlanadi. Bir oydan 

song    bu  yosh  qo‘ng‘izlar  yangi  avlod  uchun  barg  ostiga  to‘p-to‘p  qilib  tuxum 

qo‘yadi.  Havo  temperaturasi  25°-30°  bo‘lganda  qo‘ng‘izlar  uchun  qulay  sharoit 

hissoblanadi.  Sharoit  yaxshi  bolsa  sentyabr  oxiri  oktyabracha    rivojlanadi.  Yosh 

1chi va 2 chi avlod qo‘ngizlari yerdagi barglar ostiga tushib  qishlaydi.  

Bu  ikkala  tur  Zarafshon  qo`riqxonasining  tol,  terak,turang‘il    o‘sadigan  

asotsiyatsiyalarda,  o‘tloqlarda    ko‘p  tarqalgan  asosiy  dominant    zararkunanda 

hisoblanadi. 




Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish