110
2 - laboratoriya ishi
PO`LAT OLISH TEXNOLOGIYASINI O’RGANISH.
BESSEMER, TOMAS VA KISLOROD KONVERTORLARIDA
PO`LAT OLISH TEXNOLOGIYASINI O’RGANISH
Ishdan maqsad:
1.
Konvertorning tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishish.
2.
Bessemer, Tomas va kislorod konvertorlarida o`tadigan jarayonlar va
olinadigan maxsulotlar.
Laboratoriya
ishi
talabalarning
shu
mavzuda
olgan
ilmlarini
mustahkamlashga qaratilgan va shu maqsadda ko`rgazma, plakatlar va interfaol
usulni qo`llash yo`li bilan o`tkaziladi.
Po`lat va cho`yan bu temir bilan uglerod qotishmasi. Tarkibida 2,14%
gacha uglerod bo`lgan qotishmalar po`latlar, tarkibida 2,14÷6,67% uglerod
bo`lgan qotishmalar esa cho`yanlar deyiladi. Demak cho`yan tarkibida uglerod
va kremniy, marganets, fosfor, oltingugurt kabi boshqa elementlar ko`proq
bo`ladi. Shuning uchun cho`yandan pulat olish – bu uglerod va boshqa
elementlarni tarkibini kamaytirish.
Konvertor usuli faqat suyuq cho`yandangina po`lat olishda
qo`llaniladi.
Bessemer konvertori hajmi 10-50 va undan kata tonnaga ega bo`lgan noksimon
pechdan iborat. Konvertorni tashqi qismi temir bilan qoplangan bo`lib, ichki
qismi esa kislotaviy o`tga chidamli material – dinas g`ishtidan terilgan bo`ladi.
Konvertorni tagidagi teshiklardan 2,5 atm (0,25 Mpa) bosim bilan havo
xaydaladi.
111
2.1-rasm. Konvtrtorning sxemasi:
1-xavo qutisi; 2-konvertor og`zi; 3-ichi bo`sh tsapfa; 4-tishli g`ildirak; 5-reyka
Konvertor o`rta qismidan maxsus mexanizm orqali kerak bo`lgan
burchakga buriladi. Po`lat olishdan avval konvertor gorizontal xolatga
keltiriladi, tagidagi eshiklardan havo beriladi, cho`yan quyiladi va konvertor
vertikal xolatga keltiriladi. Cho`yan tarkibidagi uglerod va boshqa
elementlarning yonishi natijasida cho`yanning temperaturasi oshadi va shu
tufayli cho`yanni qo`shimcha qizdirishga extiyoj qolmaydi.
Cho`yandan o`tayotgan havodagi kislorod temir
bilan reaktsiyaga kirishib,
uni oksidlaydi, natijada temir (II)-oksid hosil bo`ladi. Bu jarayon Q miqdorda
issiqlik hosil bo`lishi bilan o`tadi va 1-2 min. davom etadi. Bu davrda qo`ng`ir
tutun paydo bo`lib, jarayon tugagandan so`ng uning o`rniga to`q sariq allanga
paydo bo`ladi va u kremniy bilan marganetsni oksidlana boshlaganidan darak
beradi.
Marganets va kremniy havo kislorodi va temir (II)-oksiddagi kislorod
bilan reaktsiyaga kirishishi natijasida temir tiklanadi. Bu reaktsiya natijasida
hosil bo`lgan oksidlar o`zaro ta`sir etib shlak hosil qiladi. Bu davr 2-3 min.
davom etadi va tugagach ikkinchi davr boshlanadi. Bu davrda cho`yan
tarkibidagi uglerodning ma`lum qismi oksidlanadi (yonadi). Uglerodning
oksidlanishidan xosil bo`lgan SO (uglerod oksidi) konvertor og`zidan
chiqayotganda atmosfera kislorodi hisobiga yonib, SO
2
(karbonat angidrid) hosil
qiladi. Bu reaktsiya natijasida balandligi 5 metrdan yuqori yorqin alanga hosil
bo`ladi. Bu davr 7-8 minut davom etadi. Shu davrdan so`ng cho`yan po`latga
aylanadi. Qo`ng`ir tutunning paydo bo`lishi bu davrning tugalanganligini
bildiradi.
112
Uchinchi davrda konvertor gorizontal holatga keltiriladi va olingan po`lat
oksidsizlantiriladi, ya`ni po`latdagi temir (II)-oksiddan temir qaytariladi. Buning
uchun marganets, kremniy va alyuminiy ishlatilinadi. Oksidsizlantirilgan po`lat
konvertordan olinadi. Bessemer jarayoni 15-25 minut davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: