4-§. Qoliplarni quritish
Ma’lumki, yirik qoliplar tayyorlashda ularni puxtalash maqsadida 250-
450
0
C da bir necha soat qizdiriladi. (Ba’zan qolip bo‘shlig‘iga kiritiladigan
quritkichlardan ham foydalaniladi.) Qoliplarni quritishga sarflanadigan vaqtni
qisqartirish maqsadida CO
2
gazidan ham foydalaniladi. Buning uchun 5-6%
suyuq shisha qo‘shilgan qolip (sterjen) orqali CO
2
gazi o‘tkazilganda, u suyuq
shisha bilan reaksiyaga kirishib silikat kislota (gidrogel) hosil qiladi va bu
kislota qum donalarini yupqa parda bilan qoplab, 15-20 daqiqada ularni o‘zaro
puxta bog‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |