Tinchlik toklari. Galvanometrning elektrodlari zararlangan muskulga qo’yilsa (bunda elektrodlarning birini muskulning zararlanmagan yuzasiga, ikkinchisini esa
zararlangan yuzasiga qo’yish kerak), potensiallar farqini bilish mumkin. Elektrodlar shu tariqa joylashtirilganda elektrodlar oqimi burilib, tok borligini ko’rsatadi. Muskulning yuzasida musbat elektr zaryadi borligi, kesigida esa manfiy elektr zaryadi borligi tekshirishlarda ma’lum bo’ldi. Muskulning zararlangan va zararlanmagan qismi o’rtasida kelib chiqadigan elektr tokiga tinchlik toki deb nom berildi. Bu tokning shunday nom bilan atalishiga sabab shuki, u muskul qo’zg’almagan va qisqarmagan vaqtda seziladi.
Galvaninning ikkinchi tajribasi, ya’ni nerv muskulning ustiga qo’yilganda metalsiz qisqarishi endi tushunarli bo’lib qoladi. B tajribada nerv muskulning zararlangan qismi ustiga qo’yilganda tinchlik toki nervga ta’sir etib, muskulni qisqartiradi.
Zararlanmagan nerv va muskul qo’zg’alganda bir muncha boshqacha tok topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |