Yo`g`otepa
— Samarqand viloyat Ishtixon rayonidagi qishloq. Toshkent yaqinida ham
Yo`g`ontepa degan joy bor (yo`g`on — katta, semiz, ulkan demakdir; ingichka nomli joylar ham
bor). Yo`g`ontepa — katta tepa degan ma`noni anglatadi.
Kavsar
— Samarqand viloyati Ishtixon rayonidagi qishloq nomi. Aslida biron-bir suv —
buloq yoki ko`l nomi bo`lsa kerak. Qishloq suvi shirin bo`lganligi sababli «jannat suvi» —
«jannat bulog`i» degan nom olgan.
Gumbaz
— Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. Qubbali bino
gumbaz deyilgan, shu bilan birga toza suv saqlanadigan sardobalar ham usti pishgan g`ishtdan
gumbazli qilib ishlanganligi sababli qisqagina gumbaz deb atalgan. Qishloq nomi xam o`sha
so`zdan olingan. Zarafshon vohasida yashaydigan qora qipchoqlarning bir urug`i gumbaz deb
yuritilgan va qadimdan Pastdarg`om rayonida yashab kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |