Ishtixon
— Samarqand viloyati Ishtixon rayonining markazi. Rivoyatga ko`ra,
Samarqanddan Ishtixongacha maxsus quvurda oqizilgan qimizdan podsho totib ko`rgan emish,
xalq o`shanda «Qimizni ichdi xon, xon ichdi» degan emish. SHundan buyon qishloq Ichta xon,
keyinchalik Ishtixon bo`lib qolgan emish. Ishtixon O`rta Osiyodagi eng qadimiy toponimlardan
biri. X asrdayoq Ishtixon kattagina shahar bo`lgan. O. I. Smirnovaning fikricha, Ishtixon so`zi
sug`dcha «Sakkiz ariqli», «Sakkiz kanalli» ma`nosini bildiradi. Isht — xasht — sakkiz, xon —
ariq, demak sakkiz ariq degan ma`noni bildiradi. Qishloq shu so`zdan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |