Varg`anza
— Kitob rayonidagi qishloq nomi. Maxalliy aholining ko`pchiligi anorchilik
bilan shug`ullanadi. Aytishlaricha, bu erga boshqa erlardan kelishib anor o`g`irlab ketishgan. Bu
voqea muntazam takrorlanib turgan. SHuning uchun bu qishloqqa «varg`anza», ya`ni anor
o`g`irlanadigan joy, deb nom bergan ekanlar. B. Ahmedov ta`rificha «var» so`zi so`g`diycha
bo`lib, «shamol», «g`anza» — koni, ya`ni shamol koni degan ma`noni bildiradi. Hozir hdm bu
qishloq shu nom bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |