Go`rxokasoy
— Samarqand viloyati Nurota rayonidagi soy. Go`rxona mozor, qabriston
degan ma`noni anglatadi; qabristonga o`xshagan joydan o`tganligi sababli soyga ham
Go`rxonasoy deb nom berilgan.
Davlatobod
— Samarqand viloyati Samarqand rayonidagi qishloq nomi. Temurning
Samarqand shahridagi bog`laridan biri Davlatobod nomi bilan atalgan. Buning o`rnida tashkil
topgan qishloq xam o`sha Temur bog`ining nomi bilan Davlatobod deb nomlangan.
Dahbed
— Samarqand viloyati Oqdaryo rayonidagi qishloq. Tojikcha — dah — o`n, bed
— tol, ya`ni o`ntol degan ma`noni anglatadi. Qishloq ham shu nom bilan yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |