Zanjirbog`
— Samarqand yaqinidagi qishloq. Arab jug`rofiy olimlarining asarlarida
Samarqand viloyatining 12 rustaqlaridan biri Sanjarfag`n deb atalgan. Sanjarfag`n toponimi
YAngiariq arig`ining o`ng tomonidagi Zanjirbog` qishlog`i nomida saqlanib qolgan vaqf
hujjatlarida «Sanjarfag`n degan joy Zanjirbog` nomi bilan mashxurdir», deyiladi. Sanjarfag`n
nomi qompo-nentdan iborat, sangarma — sanskritcha «budda monastiri» va fag`n (vag`i)
«ibodatxona» so`zlaridan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |